O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2020    »
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
03.03.2020

ILMIY NATIJALAR BOR, ENDI ULARDAN FOYDALANISh KERAK

Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi tizimidagi Qishloq xojaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutida ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida media-tur bolib otdi.

Unda ilmiy muassasada faoliyat korsatayotgan olimlarning songgi yillarda yaratgan fermerbop, import ornini bosadigan, qishloq xojaligi ekinlarini yetishtirish boyicha texnologik xaritalarda belgilangan agrotexnik operatsiyalarni optimal muddatlarda va talablar darajasida bajaradigan, metall, yonilgi-moylash materiallari, mablag va mehnat sarfi kabi resurslarni tejaydigan, ish unumi yuqori traktor va qishloq xojaligi mashinalarining yangi namunalari namoyish qilindi.

– Sohani rivojlantirishga qaratilgan qonunlar, qarorlar va boshqa meyoriy-huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi, ularni amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar oz samarasini bermoqda, — dedi ilmiy muassasa rahbari texnika fanlari nomzodi Botir Xushvaqtov. Natijada 2020 yilda Qishloq xojaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutida Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida jami 18 loyiha, 2 fundamental va 10 amaliy, 5 innovatsiya hamda 1 xalqaro hamkorlikdagi loyiha boyicha ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshiriladi.

Ushbu loyihalar tuproqqa ishlov berish va ekishni mexanizatsiyalash, ekinlarni parvarish va himoya qilishni mexanizatsiyalash, ekinlar hosilini yigishtirish mashinalari, bogdorchilik va sabzavotchilikni mexanizatsiyalash, mashina-texnologiyalar tizimi va mashina-traktor parkidan foydalanish, mobil energetika vositalari, qishloq xojaligida resurslarni tejash va texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish, lalmi yerlar va chol yaylovlarni mexanizatsiyalash masalalariga qaratilgan. Hozirgi paytda respublika qishloq xojaligi mashinasozligi zavodlari bilan hamkorlikda tejamkor texnika vositalarining yangi namunalarini ishlab chiqarishni ozlashtirish tadbirlari bajarilmoqda. Institutda 400 nafarga yaqin fan doktori va nomzodlari faoliyat korsatadi. Ularning say-harakatlari bilan 850 mualliflik guvohnomalari va 100 ga yaqin patentlar olingan.

Qishloq xojaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutining faoliyati davomida 60 dan ortiq turli mashina va moslamalar ishlab chiqilgan, dedi muassasa rahbarining ilmiy ishlar boyicha orinbosari, texnika fanlari doktori, professor Muhammadjon Toshboltayev. Dunyoda birinchi vertikal-shpindelli paxta terish mashinasi, gildirakli va zanjirli paxtachilik traktorlari uchun birinchi agrotexnik talablar, qishloq xojaligini kompleks mexanizatsiyalash uchun mashinalar sistemasi, ikki yarusli shudgorlash texnologiyasi va plugi, dalalarni kop yillik begona otlar ildizlaridan tozalaydigan mashina, paxta chigitini aniq ekish texnologiyasi va seyalkasi, goza tuplarini chilpish mashinasi, paxta xomashyosini tashiydigan kop zvenoli traktor poyezdi, ingichka tolali va uruglik paxtani teradigan mashinalar, dunyoda birinchi kanop yigadigan kombayn, paxta chigitini saralaydigan va qobiqlaydigan texnologiyalar, texnika vositalari, sabzavotchilik traktori, gozapoyali maydonlarga don ekadigan agregat, dehqon xojaliklari va tomorqa egalari uchun kichik texnika vositalari yaratilgan.

Tadbirda namoyish etilgan barcha ishlanmalar jurnalistlarda katta qiziqish uygotdi. Jumladan, lalmi maydonlarda urug ekishga moslashgan kombinatsiyalashgan pnevmatik seyalkaning dunyoda boshqa muqobili yoq. Chunki bu qurilma lalmi yerlarda biryola yerni yumshatib, urugni ekib va tuproq ustini zichlab beradi. Bunday ixtirolar ilmiy muassasada koplab yaratilgan. Endigi navbat ularni sanoat usulida ishlab chiqarib, qishloq xojaligida foydalanishdir.

Anjumanda ishtirok etgan ommaviy axborot vositalari vakillari ozlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldi.

Oz muxbirimiz.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: