O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2020    »
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
03.12.2019

Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma tortinchi yalpi majlisi togrisida axborot

2019 yil 30 noyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma tortinchi yalpi majlisi bolib otdi.

Unda hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, mamlakatimiz va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Senatorlar dastlab Ozbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2019 yilgi xarajatlariga ozgartish kiritish togrisidagi masalani muhokama qildilar.

Qayd etilganidek, Ozbekiston Respublikasi Davlat byudjetini ijro etish jarayonida ayrim sohalar boyicha xarajatlar kopaydi, shu munosabat bilan qoshimcha mablaglar yonaltirildi. Bu yonalishlardagi xarajatlar 10 foizdan ortiqqa oshishi, fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlarini saqlab turish uchun xarajatlar 12,3 foizga kamayishi kutilmoqda.

Vazirlar Mahkamasining belgilangan tartibda Senat korib chiqishi uchun kiritilgan taqdimnomasiga muvofiq tegishli yonalishlar boyicha 2019 yil uchun tasdiqlangan Davlat byudjeti parametrlarini 11676,3 milliard somga oshirish va 95,2 milliard somga kamaytirish soralgan. Masala parlament azolari tomonidan maqullandi, Senatning tegishli qarori qabul qilindi.

Shundan keyin parlament azolari Samarqand viloyatining Samarqand shahri va Samarqand tumani chegaralarini ozgartirish togrisida, Surxondaryo viloyati tarkibida Bandixon tumanini tashkil etish hamda Qiziriq, Boysun va Qumqorgon tumanlari chegaralarini ozgartirish togrisidagi masalani korib chiqdilar.

Songra senatorlar Davlat bojxona xizmati organlari tomonidan qonun hujjatlarining ijro etilishi holati va Toshkent viloyatidagi chegara bojxona postlari faoliyatini organish natijasi yuzasidan Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga parlament sorovi yuborish togrisidagi masalani korib chiqdilar. Davlat bojxona xizmati organlarida qonun hujjatlari ijrosi holatini organishda qator muammoli masalalar aniqlanganligi, shu tufayli mazkur parlament sorovini yuborish zarurati yuzaga kelganligi takidlandi. Mazkur masala yuzasidan Senatning tegishli qarori qabul qilindi.

Senatorlar arzon uy-joylar qurish jarayonidagi, shuningdek, aholini tabiiy gaz va elektr energiyasi bilan taminlash jarayonidagi muammolar togrisida Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga parlament sorovlari yuborilishini maqulladilar.

Oliy Majlis Senati azolari Ozbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga ozgartirishlar kiritish togrisidagi masalani ham korib chiqdilar.

Yalpi majlisda parlament yuqori palatasining vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar ham korib chiqildi. Barcha muhokama etilgan masalalar yuzasidan Senatning tegishli qarorlari qabul qilindi.

Oliy Majlis Senatining yigirma tortinchi yalpi majlisida 19 masala, shu jumladan, 10 qonun korib chiqildi. Senatorlar tomonidan maqullangan Ozbekiston Respublikasi qonunlari davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy bazasini yanada mustahkamlashga, shuningdek, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilganligi takidlandi.

Shuning bilan Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma tortinchi yalpi majlisi oz ishini yakunladi.

Ozbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining
Axborot xizmati


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: