O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2020    »
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
01.01.2018

OGIR ATLETIKA:

jahon chempionatida yuqori natijaga erishgan sportchilar taqdirlandi

Og‘ir atletika boyicha 2017 yilning 28 noyabr — 6 dekabr kunlari AQShning Anaxaym shahrida bolib otgan jahon chempionatida Ozbekiston terma jamoasi 10 nafar sportchi bilan ishtirok etib, 5 medalga sazovor bolgan edi. Mazkur nufuzli musobaqada Doston Yoqubov oltin medalni qolga kiritgan bolsa, yoshlar ortasida ikki karra jahon chempioni Farhodbek Sobirov kumush, Ivan Yefremov kumush va bronza, Adhamjon Ergashev bronza medaliga sazovor bolishdi.

Natijada Ozbekiston terma jamoasi 54 mamlakat vakillari orasida uchinchi orinni egalladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev farmoyishi bilan mazkur musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etgan sportchilar bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

1995 yilda Toshkent viloyati Bostonliq tumani Soyliq qishlogida tugilganman, onam Inomova Mavluda uy bekasi, deydi ogir atletika boyicha jahon chempioni Doston Yoqubov. Men jahon chempionatidagi galabamni onamga bagishlayman. Chirchiq olimpiya zaxiralari kollejini tamomlaganman. Bugungi kunda Ozbekiston davlat jismoniy tarbiya institutining 4-kurs talabasiman. Farhod Mirzajonovning qol ostida shugullanib kelaman. Ular sportchilarning qobiliyatini kora oladi. Mening barcha erishgan yutuqlarimda ustozimning hissasi katta. 2017 yil davomida tortta yirik musobaqada ishtirok etdim. Xususan, IV «Islom birdamlik oyinlari»da bronza, Yopiq inshootlarda va jang san’atlari boyicha V Osiyo oyinlarida kumush medalni qolga kiritdim. AQShning Anaxaym shahrida otkazilgan jahon chempionati 2017 yildagi songgi yirik turnir boldi. Prezidentimizning ragbatidan song 2018 yil bolib otadigan jahon chempionatida, 2020 yil Tokioda bolib otadigan olimpiya oyinlariga yollanma olib, olimpiya chempioni bolish niyatidaman.



2017 yil men uchun omadli keldi, deydi ogir atlektika boyicha jahon chempionatining bronza medali sohibi Adhamjon Ergashev. Xususan, Malayziyaning Penang shahrida yoshlar ortasidagi jahon chempionatida hamda Yaponiyaning Tokio shahrida yoshlar ortasidagi Osiyo chempionatida oltin medalni qolga kiritdim. AQShning Anaxaym shahrida bolib otgan jahon chempionatida uchinchi orinni egalladim. 2018 yilda ham bizni koplab yirik musobaqalar kutib turibdi. Xususan, Ozbekistonda ikkita katta turnir bolib otadi. Urganchda yoshlar va osmirlar ortasida Osiyo chempionati bolsa, Toshkentda 20 yoshgacha bolgan sportchilar ortasida jahon chempionati tashkil etiladi. Shuningdek, Indoneziyada Osiyo oyinlari ham bolib otadi. 2018 yilda 2017 yilgi natijalarimdan ortiqroq yutuqlarga erishaman.

Prezidentimizning sportchilarga bolgan etibori bizga juda katta madad bolmoqda. Bunday ragbatdan song musobaqalarda bor kuchimiz bilan kurashgimiz keladi. Bu ishonchni keyingi boladigan turnirlarda, xususan, 2020 yilgi yozgi Olimpiya oyinlarida yuksak darajada oqlashga harakat qilamiz.

Shahboz SAIDOV

yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: