O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2020    »
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
02.05.2017

XALQ VAKILLARINING FAOLLIGI ZAMON TALABI

Bo‘ka tumanida Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy hamda Toshkent viloyati kengashlari tomonidan doimiy elektorat manfaatlariga aloqador ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarning hal etilishiga ta’sir korsatishda siyosiy partiyalar, ularning deputatlik birlashmalari huquq va vakolatlarini yanada oshirish masalalariga bagishlangan oquv seminari otkazildi.

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi partiya guruhi azolari, partiyaning Markaziy, viloyat va tuman kengashlari vakillari ishtirok etgan tadbirda mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish, aholining siyosiy jarayonlardagi faolligini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini taminlash masalasiga alohida etibor qaratilayotgani takidlandi.

Jamiyatdagi islohotlar samaradorligini yuksaltirishda siyosiy partiyalar, ularning quyi boginlari va deputatlik guruhlarining oz orni bor.

— Seminarda 2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, partiya mahalliy kengashlari va deputatlik guruhlari azolarining faolligini yanada yuksaltirish, huquqiy bilim va malakasini oshirish, elektorat manfaatlariga daxldor masalalar boyicha takliflar kiritish, aholini oylantirayotgan muammolarni organish, tahlil qilish, ularning monitoringini olib borish ishlarini takomillashtirish masalalariga etibor qaratildi, deydi partiya Toshkent viloyati kengashi deputatlik birlashmalari ishini muvofiqlashtirish va jamoatchilik qabulxonalari bilan ishlash bolimi mudiri Furqat Isroilov. Ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamoatchilik hamda deputatlik nazoratini amalga oshirishning samarali mexanizmlaridan foydalanish masalalari xususida ham fikr almashildi.

Seminar doirasida ishtirokchilar guruhlarga bolingan holda mavzu yuzasidan munozaralar olib bordi. Har bir guruh oz chiqishida aholining kam taminlangan va yordamga muhtoj qatlamini ijtimoiy muhofaza qilish, xususan, pensionerlar, nogironlar, yolgiz keksalar va boshqa ehtiyojmand toifalarning tolaqonli hayot faoliyatini taminlash uchun ularga tibbiy-ijtimoiy yordam korsatish tizimini yanada takomillashtirish, aholi va tibbiyot muassasalarining arzon, sifatli dori vositalari bilan taminlanishini yaxshilash, dori-darmonlar narxining asossiz osishiga yol qoymaslik kabi masalalarda mavjud muammolarga yechim va takliflar berdi.

I.AVVALBOYEV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: