O'zb  
 
02.07.2019

ODAM SAVDOSIGA QARSHI KURASH JAMOATCHILIK NIGOHIDA

«Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi odam savdosining sabab va oqibatlari, fuqarolarning mamlakatimizda bunday jinoyatga qarshi kurashda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar togrisidagi tasavvurlarini aniqlash maqsadida ana shu mavzuda sorov otkazdi.

Natija shuni korsatdiki, qatnashchilarning 59,6 foizi jinoyatning bu turidan xabardor, uchdan bir qismi umumiy tasavvurga ega. Mamlakatimizning barcha hududlarida istiqomat qilayotgan fuqarolar, shahar va qishloqlar aholisi, erkaklar va ayollar, yoshlar va keksa avlod vakillari davlatimiz rahbarining xorijda odam savdosi qurboniga aylangan hamyurtlarimizni qaytarish va reabilitatsiya qilish, uy-joy va ish bilan ta’minlash orqali qollab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilishni faollashtirishga qaratilgan tashabbuslarini ijobiy baholaydi.

Aksariyat uchun (90 foiz) televideniye odam savdosi bilan bogliq jinoyatlar togrisidagi malumotlarning asosiy manbai hisoblanadi. Shu bilan birga, bu borada internetni asosiy manba deb hisoblovchi respondentlar ulushi 28,4 foizga yetgan (2017 yilda 4,7 foiz). Ayniqsa, fuqarolarning odam savdosida qollaniladigan vosita va uslublardan xabardorlik darajasini oshirishda ijtimoiy tarmoqlar muhim boginga aylanib bormoqda.

Qatnashchilarning 88,7 foizi “odam savdosi xalqaro uyushgan jinoyatchilikning milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi ogir shakllaridan biri”, deb hisoblaydi. Ularning fikricha, odam savdosiga qarshi samarali kurashish, jinoyatchilarni taqib qilishni kuchaytirish va jabrlanganlarga yordam korsatish uchun davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va axborot vositalarining say-harakatlarini birlashtirish zarur.

Sorov ishtirokchilarining 65 foizi odam savdosi bilan bogliq jinoyat sodir etganlarga "nafrat va gazab, 47,5 foizi jabrlanganlarga "rahm-shafqat va achinish" hissini izhor etdi. 41,8 foizi jinoyatchilar muqarrar jazolanishi" tarafdori ekanini bildirdi.

Tadqiqot natijalariga kora, odamlarni xorijga chiqishga majbur qilayotgan asosiy omil ozi istiqomat qilayotgan joydan ish topa olmaganidir. Respondentlarning 62,3 foizi odam savdosi bilan bogliq jinoyatlar tarqalishiga asosiy sabab – bilimsizlik, 23,7 foizi yengiltaklik, irodasizlik, oziga ishonmaslik. Ishtirokchilarning qariyb yarmi tez va osonlik bilan katta pul topish istagida bolganlar shunday jinoyatdan jabr koradi, deb hisoblaydi.

Sorov qatnashchilarining fikrlari asosida bunday jinoyatdan jabrlangan odamning ijtimoiy-psixologik portreti tuzildi. Bu 21-30 yoshlardagi yaxshi malumotga ega bolmagan, yengil daromad topish istagida yurgan, huquqiy madaniyat darajasi past, hayotiy tajribasi kam, eng muhimi, kasb-hunarsiz, har qanday ishni bajarishga tayyor shaxsdir.

Kop hollarda mehnat muhojiri oz xavfsizligini oylamaydi, xorijda tegishli hujjatlarsiz ishlaganda qanday qiyinchiliklarga uchrashi mumkinligini bilmaydi.

Bugungi kunda mamlakatimiz fuqarolari majburiy mehnat qilgan asosiy sohalar qurilish va qishloq xojaligidir.

Tadqiqot xorijda ish topish maqsadida notanish shaxsga murojaat qilish oqibatida jabrlanganlar kamayganini korsatdi. Bu mamlakatimizda aholini shunday usuldagi mehnat migratsiyasining xavfli tomonlaridan xabardor qilish boyicha amalga oshirilayotgan tadbirlarning tasirchanligidan dalolat beradi. Sorov natijalariga kora, davlat bandlik xizmatiga murojaat qilgan va nodavlat tashkilotlarida royxatga olingan fuqarolar tadqiqot davri davomida odam savdosi bilan bogliq jinoyatchilarga duchor bolmagan.

Aniqlanganidek, har tortinchi holatda odam savdosi bilan bogliq jinoyatdan jabrlanganlarning yaqinlari ularni qutqarish uchun biron chora kormagan. Ular asosan huquq-tartibot organlariga, bazan inson huquqlarini himoya qilish tashkilotlariga murojaat qilgan. Aksariyat hollarda murojaat etilgan tuzilmalarning xatti-harakatlari samarali bolgan.

Respondentlar mehnat muhojiri boshqa mamlakatga ketish oldidan mahalliy til, qonunchilikni organishi muhim ahamiyatga ega, deb hisoblaydi. Ularning fikricha, odam savdosiga qarshi kurash faqat davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari, shuningdek, fuqarolarning ozlari ortasida faol hamkorlik qaror toptirilgandagina samarali boladi.

Ijtimoiy fikr Respublika jamoatchilik fikrini organish markazi materiallari asosida

OzA muxbiri O.XARCHENKO tayyorladi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: