O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    May 2019    »
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
08.04.2019

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xalqaro baxshichilik sanati festivali ochilishiga bagishlangan tantanali marosimdagi nutqi

Muhtaram festival ishtirokchilari!

Qadrli do‘stlar!

Xonimlar va janoblar!

Avvalo, siz, azizlar bilan jonajon Ozbekistonimizda, gozal Surxondaryo zaminida korishib turganimdan baxtiyorman.

Barchangizni Xalqaro baxshichilik san’ati festivalining tantanali ochilishi bilan chin yurakdan muborakbod etaman.

Yurtimizda birinchi bor otkazilayotgan ushbu sanat bayramida dunyoning 74 ta davlatidan 160 dan ziyod vakillar qatnashmoqda. Ularning orasida atoqli madaniyat arboblari, folklor sanati namoyandalari, ommaviy axborot vositalari xodimlari borligi bizga katta mamnuniyat yetkazadi.

Bugungi festivalimizda ishtirok etayotgan hurmatli mehmonlarimiz: YuNESKOning Osiyo va Tinch okeani boshqarmasi boshligi Andrey Shevelevga, Islom hamkorlik tashkilotining tuzilmasi – AYSESKOning Madaniyat boyicha direktori Rxiati Salihga, Jahon hunarmandlar kengashi Osiyo va Tinch okeani mintaqasi rahbari Gada Rida Xijjaviga, Qirgiz Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Sultanbay Rayevga, Qozogiston Respublikasi madaniyat va sport vaziri Aristanbek Muxametogliga, Tojikiston Respublikasi madaniyat vaziri Shamsiddin Orumbekzodaga, Turkmaniston madaniyat vazirining orinbosari Kurbanmurat Miradaliyevga, Afgoniston Islom Respublikasining Balx viloyati hokimi Muhammad Ishoq Raxguzar va boshqa xorijiy dostlarimizga chuqur tashakkur izhor etishga ijozat bergaysiz.

Siz, muhtaram mehmonlarimizni biz xalqimiz va madaniyatimizning yaqin dostlari sifatida qabul qilamiz. Butun el-yurtimiz nomidan barchangizga samimiy hurmat va ehtiromimizni bildiramiz.

Ozbekistonga xush kelibsizlar!

Aziz dostlar!

Insoniyat yaratgan bebaho madaniyat durdonalari eng avvalo har qaysi millatning folklor sanatida mujassam topgani hammamizga yaxshi malum. Turli xalqlarning milliy ozligini, ularning tili va hayot tarzini, anana va urf-odatlarini ifoda etadigan baxshichilik sanati umumbashariy madaniyatning uzviy qismi sifatida barchamiz uchun qadrlidir.

Jahon madaniy merosining bu olmas asarlari bizga insoniyatning naslu nasabi, tarixiy ildizlari, olijanob ideallari bir ekanini, binobarin, turli millat va elat vakillarining kelajak sari intilishlari ham mushtarak ekanini anglatadi.

Ayni vaqtda hozirgi globallashuv davrida, tijorat vositasiga aylangan «ommaviy madaniyat», shou-biznesning salbiy tasiri tobora kuchayib borayotgan murakkab zamonda har qanday milliy madaniyatning bulogi bolgan folklor sanatiga etibor va qiziqish, afsuski, susayib borayotgani ham sir emas. Holbuki, folklor sanati, tabir joiz bolsa, bu — insoniyatning bolalik qoshigidir.

Mana shunday noyob va buyuk sanat bugungi kunda shunchaki madaniy yodgorlik namunasiga aylanib, kop joylarda unutilib ketayotgani, himoya va muhofazaga muhtoj bolib turgani bu ham davrimizning achchiq haqiqatidir. Bu haqiqat ushbu gozal va betakror sanatning chinakam fidoyilari sifatida siz, azizlarni hammadan kora koproq tashvishga solayotganiga ishonaman.

Shu sababli tengsiz manaviy boyligimiz bolmish mumtoz sanatni, xalq ijodining nodir namunalarini asrab-avaylash va rivojlantirish, uni kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish jahondagi ilgor fikrli olimlar va sanatkorlarning, davlat va jamoat arboblari, barcha madaniyat ahlining ezgu burchidir.

Shu manoda, biz xalq ijodiyotini, turli olkalarda baxshi, jirov, oqin, manaschi, shoir, oshiq kabi nomlar bilan ataladigan, oz timsolida ham shoirlik, ham sozandalik, ham xonandalik mahoratini mujassam etadigan insonlarning nodir istedodini har tomonlama qollab-quvvatlashimiz zarur. Bugun oz ishini boshlayotgan Xalqaro baxshichilik sanati festivali ayni shunday ulkan va muhim maqsadga qaratilganini alohida takidlamoqchiman.

Bu borada, avvalo, baxshichilik sanatining ilmiy-nazariy va amaliy asoslarini chuqur organish va mustahkamlash, uni milliy madaniyatning oziga xos tashrif qogoziga aylantirish uchun birgalikda jiddiy ish olib borishimiz kerak.

Xususan, baxshichilik sohasida shakllangan ijodiy maktablar, ustoz shogird ananalarini qayta tiklash va rivojlantirish, baxshi-shoirlar, folklorshunos olimlar, oqituvchi va mutaxassislarning ijodiy va ilmiy faoliyatini har tomonlama ragbatlantirish, madaniyat va sanat muassasalari qoshida baxshichilik togaraklari tashkil etish, baxshi-shoirlar ijodiga keng yol ochib berish, toy-tomoshalar, turli bayram va madaniy tadbirlarda ularning doimiy ishtirokini taminlash, shu yonalishda xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, ozaro tajriba almashishni yolga qoyish, baxshichilik sanatini keng targib etish uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, televideniye va Internet imkoniyatlaridan samarali foydalanish, folklor asarlarining audio va video variantlarini kopaytirish maqsadga muvofiqdir.

Agar biz bu noyob sanatni saqlab qolish uchun bugun barchamiz birgalikda harakat qilmasak, ertaga, afsuski, kech boladi, kelgusi avlodlar, tarix bizni kechirmaydi.

Bu borada Ozbekistonda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan ishlar haqida qisqacha toxtalib otishga ijozat bergaysiz.

Yurtimizda xalq ijodiyotini asrab-avaylash va yuksaltirish maqsadida mashhur Alpomish dostonining ming yilligi keng nishonlandi. Bugun biz toplanib turgan mana shu gozal maydonda bu ulug badiiy obida sharafiga muhtasham haykal ornatildi. Samarqand shahrida atoqli baxshilarimiz xotirasiga bagishlangan yodgorlik majmuasi bunyod etildi. Davlatimiz tomonidan Ozbekiston Respublikasi xalq baxshisi faxriy unvoni tasis qilindi.

Termiz shahrida yangi tashkil etilgan baxshilar maktabida, respublikamizdagi bolalar musiqa va sanat maktablarida yuzlab yoshlarimiz milliy folklor sanatini mehr qoyib organmoqdalar. Yurtimizda 100 tomlik Ozbek xalq ijodi yodgorliklari majmuasi nashr etilmoqda. Uning 59 jildi aynan xalq dostonlaridan iborat ekanini qayd etish lozim. Shuningdek, kop tomlik Qoraqalpoq folklori toplami ham chop etildi. Bularning barchasi ushbu nodir sanat manaviy hayotimizda benihoya muhim orin tutishidan dalolat beradi.

Shu bilan birga, baxshi-shoirlar tomonidan ijro etilayotgan asarlarni yozib olish, ularni ilmiy organish ishlari muntazam davom etmoqda. Sohaga oid kitob va albomlar, filmlar va telekorsatuvlar yaratilmoqda. Baxshilarimiz xalqaro korik-tanlovlarda, xorijiy davlatlarda otkazilayotgan Ozbekiston madaniyati kunlarida munosib ishtirok etib kelayotgani el-yurtimizni mamnun qiladi.

Albatta, bunday yutuqlar oz-ozidan, bom-bosh zaminda paydo bolgan emas.

Ozbek baxshichilik maktabi dunyoga Ergash Jumanbulbul ogli, Islom shoir, Fozil Yoldosh ogli, Polkan shoir, Bola baxshi, Esemurat jirov, Sherna baxshi, Mardonaqul Avliyoqul ogli, Qodir baxshi Rahimov singari mashhur namoyandalarni bergani bilan har qancha faxrlansak arziydi. Bugungi kunda ana shu ijodiy ananalar ularning izdoshlari bolmish Shomurod Togayev, Shoberdi Boltayev, Abdunazar Poyonov, Qahhor va Abdimurod Rahimovlar, Qalandar baxshi, Gulnara Allembergenova, Gayratdin Otemuratov, Shodmon Xojamberdiyev, Ilhom Norov kabi onlab istedodli ijrochilar tomonidan yanada boyitilmoqda.

Ushbu quvonchli ayyomda baxshilik sanatini ilmiy organishdek muhim ishga katta hissa qoshgan atoqli shoir Hamid Olimjon, Hodi Zarif, Muzayyana Alaviya, Mansur Afzalov, Buyuk Karimiy, Zubayda Husainova singari fan arboblarining xotirasini hurmat bilan yod etamiz. Bugun ularning ishlarini munosib davom ettirayotgan Tora Mirzayev, Jalgas Xushniyozov, Safarboy Rozimboyev, Shomirza Turdimov, Mamatqul Jorayev, Toshtemir Turdiyev, Jabbor Eshonqulov va boshqa jonkuyar olimlarimizning nomlarini minnatdorlik bilan tilga olamiz.

Ayni paytda ozbek milliy folklor sanatini chuqur organib, uni dunyo miqyosida keng targib etib kelayotgan koreyalik Ing-Yong O, germaniyalik Karl Rayxil, turkiyalik Fikrat Turkman, Selami Fidakor singari xorijiy olimlarga samimiy rahmat aytamiz.

Qadrli festival ishtirokchilari!

Biz ushbu nufuzli anjumanni aynan kohna va navqiron Surxon olkasida otkazayotganimiz bejiz emas, albatta.

Surxondaryo deganda, avvalo, ulug aziz-avliyolar, allomalarga vatan bolgan, mard va olijanob, oriyatli el yashaydigan tabarruk zamin koz ongimizda namoyon boladi.

Kohna Zarautsoy va Teshiktosh gorlari, Bobotog va Boysundagi petroglif rasmlar, Baqtriya va Kushon kabi davlatlar, Dalvarzintepa, Kampirtepa, Xolchayon singari noyob yodgorliklar bu zamindagi qadimiy sivilizatsiya va madaniyatdan guvohlik beradi.

Vohaning gozal tabiatini, Oltinsoy, Sangardak, Xonjizza, Sayrob, Darband kabi suluv goshalarini bir bora korgan, bepoyon qir-adirlarda baxshilardan doston va termalar tinglagan inson bu diyorga umrbod maftun bolib qoladi.

Surxondaryo azaldan baxshilar yurti sifatida nom qozongan. Mamlakatimizning Qoraqalpogiston Respublikasi, Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax, Xorazm viloyatlari bilan bir qatorda Surxondaryo, xususan, Sherobod dostonchilik maktabi butun mintaqamizda malum va mashhur.

Xalqimizning fidokorona mehnati bilan Surxondaryo Ozbekistonning eng obod hududlaridan biriga, zamonaviy ilm-fan, madaniyat va turizm maskaniga, mana endi xalqaro baxshichilik sanati markaziga aylanib borayotgani barchamizni quvontiradi.

Sanat va musiqani chin dildan sevadigan, ijod ahlini yuksak qadrlaydigan Surxon eli ushbu anjumanni katta shodu xurramlik bilan kutib olmoqda.

Bugungi davramizda jahonning uzoq va yaqin mamlakatlaridan tashrif buyurgan onlab mashhur baxshilar, folklor guruhlari, sohaning jonkuyar namoyandalarini korib turganimizdan goyat xursandmiz.

Kelinglar, aziz dostlar, ularni chin qalbimizdan qutlab, barchalariga ijodiy yutuqlar tilab, hurmat va olqishlarimizni izhor etaylik!

Hurmatli yurtdoshlar!

Aziz mehmonlar!

Sizlarning ishtirokingizda ochilayotgan ushbu festival dunyodagi eng nufuzli sanat anjumanlari qatoridan mustahkam orin egallaydi, deb ishonaman.

Baxshilar nafaqat xalq otmishining aks-sadosi, ayni paytda bugungi kunning ham jarangdor ovozidir.

Gozal yurtimiz hayoti bilan tanishgan siz, azizlar oz fikr va tuygularingiz haqida, bagrikeng va mehmondost xalqimiz, uning madaniyati va betakror qadriyatlari haqida yangi-yangi qoshiq va dostonlar yaratishingizga tilakdoshmiz.

Festival doirasida otkaziladigan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ishiga ham muvaffaqiyatlar tilayman.

Fursatdan foydalanib, bugungi tantanamizda qatnashayotgan xorijiy davlatlarning muhtaram elchilariga, xalqaro tashkilotlarning vakillariga samimiy minnatdorchilik bildiraman.

Aziz vatandoshlar!

Bugungi sanat va nafosat bayramini baland saviyada otkazish uchun astoydil mehnat qilgan barcha-barcha insonlarga, mehmondost va olijanob Surxondaryo ahliga chin yurakdan tashakkur bildirishga ruxsat etgaysiz.

Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, yangi yutuqlar yor bolsin!

Etiboringiz uchun rahmat.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: