O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Fevral 2020    »
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 1
10.03.2020

ETIBOR, ETIROF AYOLNI RUHLANTIRADI, YANGIDAN-YANGI MARRALARGA UNDAYDI

Rostini aytsam, davlat rahbari ishtirok etgan bayramda ilk bor qatnashdim. O‘tgan yillarda bunday keng miqyosdagi tadbirlarni OAV orqali korib, qiziqib kuzatardim. Ta’kidlash kerakki, bu yilgi bayram ozgacha ruhda, ozgacha kayfiyatda otdi. Atrof gulga burkangan, ayol zotiga berilgan tariflardan diling entikadi, kongil togdek kotariladi. Oylaymanki, osha kezda bu kabi hislar faqat mening qalbimdan otmadi, balki barcha opa-singillarimiz shunday davlatda yashayotganlariga shukrona aytgan bolsalar ajab emas.

Prezidentimizning tabrik sozini chuqur mushohada bilan eshitib, hali oldimizda qilinadigan ishlar, bajarilishi lozim bolgan vazifalar ancha ekanini his etdim. Bayram ishtirokchilari ham nutqda keltirilgan fikr-mulohazalardan song oz faoliyatlariga tanqidiy qarab, kelgusi ishlarini rejalashtirganlariga aminman.

Etibor berganmisiz? Davlatimiz rahbari qay hududda, qay davrada bolmasin, yangi goya, yangi tashabbus bilan chiqadi. Bu galgi maruza ham bundan xoli bolmadi. Keyingi yilda Xalqaro xotin-qizlar bayramida har bir viloyatdan 2 nafardan xotin-qizlarga davlat mukofoti berilishi takidlab otildi. Mukofot aynan mahallalarda 10-15 nafar qizlarni har tomonlama salohiyatli qilib tarbiyalashga oz hissasini qoshgan kayvoni, tashkilotchi onaxonlarga berilishi aytildi.

Chuqur oylab korsak, davlatimiz rahbari nega aynan mana shu tashabbusni ilgari surganini anglaymiz. Sabab bitta. Xotin-qizlarni jamiyatda yanada faol bolishga undash. Shu bilan birga mahallalardagi istedodli, iqtidorli qizlarimizni oz yolini topishiga, ularning qobiliyatlarini yuzaga chiqarishga erishishdir.

Prezidentimiz oz nutqida yangi tashkil etilgan Mahalla va oilani qollab-quvvatlash vazirligidan juda katta natijalar kutayotganini qayd etdi. Men olti yilga yaqin tuman hokimi orinbosari, xotin-qizlar qomitasi raisi sifatida faoliyat olib borganman. Haqiqatni tan olish kerak, jamoat tashkilotlarining aksariyati tarqoq va ishining natijasini korsata olmasdi. Ularning boshini qovushtirib, yaxlit tizim shakliga keltirilishi, vazifalarning aniq belgilab berilishi, albatta oz natijasini korsatmasdan qolmaydi, deb ishonaman.

Prezidentimiz buyuk insonlar ortida ularning onalari va jasur rafiqalari, singillari turishini etirof etdi. Otgan yili 8-mart bayramida bu olamni tark etgan shoir va yozuvchilarimizning rafiqalariga davlat mukofoti berilgan bolsa, bu galgi bayramda aynan sportchi, sanatkor yigitlarimizning onalariga davlat mukofotini shaxsan Prezidentimiz oz qoli bilan topshirdi.

Mukofotlanganlar orasida boks boyicha surxondaryolik jahon chempioni Bahodir Jalolovning onasi ham borligidan quvondim. Buni korgan har bir ayol, ona borki, farzandlarining tarbiyasiga jiddiy etibor qaratadi. Oz kelajagiga, Vatan taqdiriga befarq bolmaydi.

Bundan tashqari, haj safariga yiqqan mablagini kam taminlangan oilalarga ulashgan ayol, uyida kutubxona ochgan sirdaryolik oqituvchining mukofotlanishi boshqalarning ham shunday mehr-oqibatli, tashabbuskor bolishiga sabab boladi.

Bayramdan qaytar ekanmiz, barcha ayollar ozida yoq xursand, yangidan shijoatga tolgan. Muhimi, davlat rahbari xotin-qizlarga ishonmoqda. Fraksiyamiz azosi Zulayho Akramovaning «Dostlik» ordeni bilan mukofotlangani ham deputat ayollarimizni ruhlantirdi.

Davlat rahbari betob bolgan Ozbekiston qahramoni Lola Murodovaning sogligini telefon orqali sorashi, Senat raisining ozi uni borib, korishi ozbekistonlik ayollarga korsatilayotgan mehribonlik va gamxorlikning amaliy ifodasi, deb bilaman.

Mavjuda HASANOVA,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: