O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31 1
23.09.2020

Qattiqqollik yaxshi qachonki, unda mehr va jonkuyarlik bolsa

O‘z kasbidan faxrlanib, ishiga mas’uliyat bilan yondashadigan fidoyi oqituvchilardan biri Shohista Nurmatova 27 yildan buyon bolalarga talim-tarbiya berish bilan shugullanib keladi. Muhimi, uning izdoshlari bugun tajribali mutaxassis bolib yetishgan. Kimdir mohir rassom, kimdir malakali huquqshunos, yana kimdir ozi kabi pedagog. Umuman, bu royxatni davom ettirish mumkin. Asosiysi, Shohista Nurmatova bor mehri va zehni bilan ishlashdan toxtamadi.

Bugun u Andijon shahridagi Muhammad Yusuf nomli ona tili va adabiyoti fanini chuqurlashtirib oqitishga ixtisoslashtirilgan ijod maktabi direktori lavozimida faoliyat olib bormoqda. Yaqinda u “Soglom turmush” medali bilan taqdirlandi.

— Oqituvchilik kasbini tanlaganimdan faxrlanaman, deydi u. Chunki ustozlar hamisha ardogda. Biz oqitgan bolalar ertaga biror sohaning boshini tutsa, yutuqlarga erishsa, mehnatlarimiz rohati shunda, deb bilaman. Istiqloimizning 29 yilligi arafasida bir guruh hamyurtlarimiz taqdirlandi. Ular orasida ozimni korib, kozlarimga yosh keldi. Kamtarona mehnatlarimiz davlat darajasida mukofotlanishi tabiiyki, har bir qalbga cheksiz faxr hamda quvonch tuygularini bagishlaydi. Bir narsani ishonch bilan ayta olaman. Ushbu mukofot men uchun, avvalo, yuksak etirof hamda masuliyatdir. Bolgusi ishlarimda yangi marralar sari ruhlantiradi. Talim tizimidagi islohatlar amaliyotini ijod maktabida ommalashtirishda va yoshlarga manaviy qanot bolishdagi istiqbol rejalarimda zimmamga masuliyat yuklaydi.

Bir narsani aytishni istardim. Ayni paytda jamoamizda 27 nafar oliy malumotli, tajribali pedagog kadrlar ishlaydi. Ular 310 nafar oquvchiga talim-tarbiya berib kelmoqda. Mening ushbu mukofotga sazovor bolishimda avvalo, ustozlarim va albatta, jamoamizning munosib ulushi bor. Shuning uchun bu mukofot hammamizniki, deb bilaman. Yurtimizda faoliyat yuritayogan har bir pedagog, oqituvchi fidoyiligi bilan yuksak etiroflarga munosib, deb oylayman. Yurtimizda men va men kabi oqituvchilarga mana shunday yuksak etibor berilar ekan, biz izlanishdan, tashabbuslardan toxtamaymiz. Yanada katta kuch va gayrat bilan ishlashda davom etamiz.

Aytish kerakki, qisqa vaqt ichida ushbu dargoh hayotimning ajralmas qismiga aylanib ulgurgan. Maktabimizda iqtidorli yigit-qizlar tahsil oladi. Lekin ular orasida ham eng iqtidorlilari bor. Ana shunday oquvchilarning ijod namunalarini keng ommaga yetkazishda, OAVda yoritilishida, sheriy toplamlarini chop ettirishda amaliy yordam berilmoqda. Talimning noananaviy usullaridan foydalanib, dars mashgulotlarini tashkil etish, bahs-munozara, masalalarni mustaqil yechish va yoshlarning fikrlash qobiliyatini shakllantirishga alohida ahamiyat qaratiladi. Maqsadimiz ijodkor yoshlarni qollab-quvvatlash, istedodlari royobga chiqishini taminlashdir. Buning uchun jamoamiz bilan bor kuch-gayratimizni safarbar etish harakatidamiz.

Shu orinda yana bir gap. Rahbar qattiqqol, talabchan bolishi kerakligi haqida kop gapiriladi. Oylashimcha, rahbar, avvalo, oz jamoasi dardu tashvishi bilan yashaydigan, ularning hayoti bilan doimiy qiziqadigan, xodimlarini hamisha qollab-quvvatlaydigan sifatlarga ega bolishi lozim. Chunki jamoa bir oiladek gap. Unda ota-ona ham qattiqqol, ham mehribon boladi. Talabchanlik ortida mehr, ishonch, jonkuyarlik sezilib tursa, ana osha jamoa gullab-yashnaydi. Yutuqlari bardavom, tashabbuslari doimiy boladi.

Zilola Anvar qizi


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: