O'zb  
 
05.08.2020

DUNYo IMORATLARI IChIDA ENG ULUGI MAKTABDIR

Yoki bir maktabning ikki o‘quvchisi xorijiy davlatlarning 30 dan ortiq oliy oquv yurtiga imtihonlardan muvaffaqiyatli otgani haqida

Ulug alloma, jadid bobomiz Mahmudxoja Behbudiy tomonidan aytilgan yuqoridagi sozlar hamma zamonda ham dolzarbligini yoqotmagan. Haqiqatan ham maktabni ozgartirmasdan turib odamni, jamiyatni ozgartirib bolmaydi. Ta’lim-tarbiyaning asosi – bu maktab, maktabni maktab qiladigan kuch esa oqituvchilardir.

Prezidentimizning “Hurmatli muallimlarimiz, jonkuyar maktab direktorlarini, soha faxriylarini el-yurtimizning tayanchi va suyanchi deb bilamiz. Maktablar tizimini rivojlantirish uchun bundan buyon ham mablagni, imkoniyatni aslo ayamaymiz. Kelajak avlodimiz taqdiri, butun millatimiz taqdiri muhtaram muallimlarga bogliq, deb bejiz aytmagan edi. Bugungi kunda koplab talim muassasalarida fidoyi ustozlardan talim olgan oquvchilar jahonning iqtidorli yoshlari bilan tenglashish uchun maydonga chiqmoqdalar.

Ana shunday iqtidorli yoshlar Yunusobod tuman, 250-maktab bitiruvchilari orasida ham borligi ustozlarni quvontiradi. 2019-2020-oquv yili bitiruvchilaridan bolgan Guliruhbonu Shokirova va Abdulboris Mirkomilovlar erishgan yutuqlarni Respublikamiz yoshlariga namuna sifatida korsatish mumkin.

Ular joriy oquv yilida belgilangan qoidaga muvofiq dunyoning bir qancha eng nufuzli universitetlariga hujjat topshirib, talabalik baxtiga muyassar bolishdi. Guliruhbonu Shokirova birvarakay 33 ta universitetga talabalikka qabul qilingani, Abdulboris Mirkomilov biratola 35 ta universitet sinovlaridan muvaffaqiyatli otgani togrisida xushxabar oldilar.

Abdulboris va uning sinfdoshi Guliruhbonuni talabalikka qabul qilgan oliygohlar: Amerika Qoshma Shtatlarida joylashgan ARCADIA, ALVERNIA, ANDERSON, BRADFORD, CAPITAL, BARRY universitetlari, Manchesterda joylashgan MANChESTER universiteti, Polshadagi VISTULA universiteti, Buyuk Britaniyada joylashgan ASTON universiteti, Kanadadagi CANADA WEST universiteti, Londondagi ROYeHAMPON universiteti Toshkent shahrida joylashgan Xalqaro WEBSTER universiteti, Xalqaro ShARDA universiteti, Xalqaro TEAM universiteti, AMITY Xalqaro universiteti, YoJU Xalqaro universiteti, WESTMINSTER xalqaro universiteti, INHA xalqaro universiteti, BRITANIYa MENEJMENTI xalqaro universiteti, Singapur menejmentini rivojlantirish universiteti, yana TURIN universitetining Toshkentdagi filiali hamda Malayziya universiteti.

Guliruhbonu Shokirova ona tili va adabiyot fanlaridan otkazib kelinadigan Bilimlar bellashuvi hamda Fan olimpiadalarining tuman va shahar, Respublika bosqichida ham munosib orinlarni qolga kiritgan. U maktabni Oltin medal” bilan tamomlagan ilk qaldirgochlaridan hisoblanadi.

Abdulboris Mirkomilov matematika fanidan otkazib kelingan Bilimlar bellashuvi hamda Fan olimpiadalarining tuman va shahar bosqichlarida faxrli orinlarni egallash bilan birga matematika fani boyicha Xalqaro olimpiadaning Qoraqalpogiston Respublikasida otkazilgan saralash bosqichida ham faol ishtirok etib kelgan.

Har ikkala oquvchi xorijiy tillarga bolgan qiziqishi tufayli Xalqaro ingliz tilini olchash tizimi boyicha imtihon topshirib, Guliruhbonu Shokirova 7 ball, Abdulboris Mirkomilov 5,5 ball topladi. Endi qaysi oliy oquv yurtni tanlash ular ixtiyorida. Ularga orzulari yolida omad tilaymiz.

Mohidil MENGLIYeVA,

Yunusobod tumanidagi 250-umumiy orta talim maktab oqituvchisi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: