O'zb  
 
05.08.2020

OZ VAQTIDA OGOHLANTIRAMIZ,QUTQARAMIZ VA YoRDAM BERAMIZ

Mamlakatimiz aholisi va hududlarini turli ko‘rinishdagi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish respublikamiz siyosatining ustuvor yonalishlaridan biridir. Bugungi fan va texnologiyalar asri, dunyo tabiati va hayotida kechayotgan tabiiy va texnogen hamda ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlardan aholi hamda hududlarni muhofaza qilish borasidagi ishlarni qayta korib chiqish va takomillashtirishni taqozo etmoqda.

Ozbekiston Respublikasini rivojlantirish boyicha qabul qilingan Harakatlar strategiyasida, shuningdek, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tizimini har tomonlama takomillashtirish muhim vazifalardan biri ekanligi korsatib otilgan. Ayni kunlarda Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida ham yangilanish va islohotlar jarayoni izchil davom ettirilmoqda.

Keyingi yillarda bu sohaga e’tibor kuchayganini quyidagi misollardan ham bilsa boladi. 2017 yil 1 iyunda Ozbekiston Respublikasi Prezidentining “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari togrisida”gi farmoni, 2 iyunda esa Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi, Ozbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish boyicha tashkiliy tadbirlar togrisidagi muhim qarorlar soha faoliyatida yangi tarixiy davrni boshlab berdi.

Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida davlat siyosatini samarali amalga oshirishni taminlash maqsadida 2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirish boyicha Harakatlar strategiyasining beshinchi ustuvor yonalishiga asosan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi, Katta va alohida muhim suv xojaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Kichik hajmli kemalar davlat inspeksiyasi, shuningdek, Fanlar akademiyasi Seysmologiya institutining Tezkor xabarlar xizmati Ozbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga otkazildi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining ushbu farmoni favqulodda vaziyatlar xavfi yuqori bolgan tumanlarda (shaharlarda) ham favqulodda vaziyatlar boyicha qoshimcha bolimlar va qutqaruv otryadlari tashkil etilgani Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimining salohiyatini mustahkamlash va quyi boginlarini kengaytirishga qaratilgani ayni muddao boldi.

Mazkur hujjatda kadrlar salohiyatini mustahkamlash, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ilm-fan va texnika yutuqlarini keng joriy etish, Favqulodda vaziyatlar vazirligining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash yuzasidan kompleks chora-tadbirlar dasturining tasdiqlanganligi mamlakatimizda favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida keng kolamli profilaktik tadbirlarni tashkil qilish va amalga oshirish uchun yangi imkoniyatlar yuzaga kelganligidan dalolat beradi.

Qabul qilingan qonuniy hujjatlar talablariga kora, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tarkibiy shtat tuzilmalariga bir qator ozgartirish va qoshimchalar kiritildi. Vazirlik markaziy apparati ayrim boshqarma va xizmatlari, hududiy va tarkibiy tuzilmalarning bazi xizmat va bolinmalari yangidan tashkil etildi. Xususan, vazirlik Inspeksiyasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va harakat qilish Davlat tizimini nazorat qilish xizmatiga aylantirildi va uning zimmasiga aholi va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish togrisidagi qonun hujjatlari talablarining bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish vazifalari yuklatildi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Favqulodda vaziyatlarning oldini olish davlat tizimi uchun Andijon transport va qurilish, Samarqand axborot texnologiyalari, Olmazor politexnika hamda Chingeldi maishiy xizmat kollejlarida qutqaruvchilik kasbi boyicha qutqaruvchi-haydovchi, qutqaruvchi-gavvos, yoriqchi-dezinfektor, dozimetrchi, gazda qutqaruvchi kabi orta maxsus malumotga ega mutaxassislar tayyorlanadigan boldi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent irrigatsiya va qishloq xojaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Namangan davlat universiteti, Andijon mashinasozlik va qurilish instituti kabi oliy talim muassasalarida Hayotiy faoliyat xavfsizligi mutaxassisligi boyicha bakalavr darajasiga ega oliy malumotli mutaxassislarni tayyorlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Ushbu yonalishlarni tamomlagan yosh mutaxassislar yoki Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Favqulodda vaziyatlarning oldini olish davlat tizimi xodimlari kelajakda soha yonalishida oz bilimlarini chuqurlashtirish, ilmiy izlanishlar olib borish imkoniyatiga ega boladilar. Yani, ular vazirlik Fuqaro muhofazasi institutida Favqulodda vaziyatlarda aholi xavfsizligi mutaxassisligi boyicha ikki yil davomida magistratura bosqichida tahsil olishlari mumkin.

Yangilanishlar faqatgina shular bilangina toxtab qolgani yoq, albatta. Otgan uch yil mobaynidagi islohotlar ozining ijobiy natijalarini korsatibgina qolmasdan, tizimni takomillashtirishda alohida ahamiyat kasb etmoqda.

2019 yil 10 aprelda Prezidentimizning Ozbekiston Respublikasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish hamda yongin xavfsizligini taminlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish togrisidagi farmoni va Favqulodda vaziyatlar tuzilmalarining faoliyatini yanada takomillashtirish boyicha tashkiliy chora-tadbirlar togrisidagi qarori elon qilindi. Mazkur hujjatlar oz mazmun-mohiyatiga kora, mamlakatimiz favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida navbatdagi tarixiy sahifalardan birini ochdi, desak, xato qilmagan bolamiz.

Soha boyicha chuqur organish va tahlillar, kuzatish va tajriba almashishlar samarasi olaroq, Ozbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tarkibidagi Davlat yongin xavfsizligi xizmati Ozbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga otkazildi.

Ushbu masala Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatida ham nazarda tutilgan bolib, Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tizimini har tomonlama takomillashtirish muhim vazifalardan biri bolishi lozimligi qayd etib otilgan edi.

Yuqorida zikr etilgan tashkilotning vazirlik tizimiga otkazilishi munosabati bilan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish, ularning yuzaga kelish xavfi va omillarini oldindan aniqlash, vujudga kelishini barvaqt profilaktika qilish, shuningdek, Respublikada yongin xavfsizligini taminlash kabi ustuvor vazifalar Ozbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining yangi asosiy vazifalari etib belgilandi.

Qayd etish kerakki, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining ushbu farmoni bilan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tizimi har tomonlama takomillashtirildi. Yani, bugungi kungacha yongin va yonginlar bilan bogliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish tadbirlari Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Davlat yongin xavfsizligi xizmatlari orasida takrorlanib kelardi. Bundan tashqari, FV yonalishlarida korxona va tashkilotlarda organish, nazorat-tekshiruv ishlarida ham bir-birini takrorlash holatlari kuzatilardi.

Favqulodda vaziyatlar sodir bolganda, kop hollarda ularning oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan chaqiruvlar ikki tizimga bir vaqtda amalga oshirilmas edi. Shu sababli hamkorlikdagi harakat zarur bolganida, ikki tizim kuch va vositalari bir-birini kutib qolar, shuningdek, vaziyat oqibatlarini bartaraf etishda guruhlar alohida-alohida boshqarilar edi. Bundan korinadiki, ikki tomonlama boshqaruv holati favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etishda kop hollarda qiyinchilik va noqulayliklarni keltirib chiqargan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy tuzilmalari asosiy kuchlari markazlarda joylashtirilgan bolib, shahar va tumanlarda sodir bolgan favqulodda vaziyatlarda zudlik bilan qutqaruv ishlariga yetib borish va oqibatlarini bartaraf etish bazida imkonsiz bolar edi.

Takidlash joizki, yuzaga kelgan muammo va kamchiliklarni oz vaqtida bartaraf etish, bu borada samarali yagona mexanizmni yolga qoyish asosiy masala bolib qoldi.

Shunga kora, Davlat yongin xavfsizligi xizmati Ozbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga otkazilishi bilan mamlakatimizning barcha tumanlari favqulodda vaziyatlarning oldini olishga ixtisoslashgan, sodir bolganda esa oz vaqtida oqibatlarini bartaraf etuvchi kuchlar bilan taminlandi.

Navbatdagi asosiy masalalardan biri – oliy malumotli kadrlarga bolgan ehtiyojni taminlashdir. Bugungi kungacha turli talim muassasalarini bitirgan mutaxassislar vazirlik tizimiga xizmatga qabul qilinar, lekin ularni qayta tayyorlash, malakasini oshirish uchun bazan bir necha yil kerak bolgan.

Yana bir jihat Favqulodda vaziyatlar vazirligi bugungi kungacha oz xodimlariga akademik malumot berish boyicha qator qiyinchiliklarga duch kelgan. Oliy talimdan keyingi tayyorlash bosqichlari asosan xorijiy mamlakatlarda ikki yillik akademik malumot berish bilan amalga oshirilgan. Xodimlarni xorijiy mamlakatlar Akademiyasida tayyorlash uchun respublikaning katta miqdordagi mablaglari sarflangan.

Prezidentimiz farmoni bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Favqulodda vaziyatlarning oldini olish Davlat tizimi uchun Yongin xavfsizligi instituti bazasida Ozbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi, uning tarkibida Fuqaro muhofazasi instituti hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ot ochiruvchi-qutqaruvchilarni boshlangich tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi qayta tashkil etildi.

Soha yonalishida nafaqat oliy va undan keyingi talim, balki oliy talimga qadar bolgan talim-tarbiya yonalishi ham nazarda tutildi. Shunga kora, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi qoshida Ixtisoslashtirilgan litsey tashkil etildi. Ushbu talim muassasasida tahsil oluvchilar, oz navbatida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, huquqni muhofaza qilish va Qurolli Kuchlar oliy talim muassasalariga oqishga kirish uchun tayyorlanadilar.

Farmonga kora, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish tizimi samaradorligini oshirish, kadrlar salohiyatini yuksaltirish, sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, ilm-fan va texnika yutuqlarini amaliyotga tatbiq etish, Favqulodda vaziyatlar vazirligining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash yuzasidan Yol xaritasi tasdiqlandi. Bu esa mamlakatimizda favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida keng kolamli profilaktik tadbirlarni tashkil qilish va amalga oshirish uchun yangi imkoniyatlar yuzaga kelganligidan dalolat beradi.

FVV tizimiga otkazilgan tuzilmalarning xodim va xizmatchi lavozimlari Favqulodda vaziyatlar vazirligining tegishli harbiy xizmatchisi va xizmatchi lavozimlariga otkaziladi, ularga Favqulodda vaziyatlar vazirligi harbiy xizmatchisi va xizmatchilariga belgilangan maosh va kiyim-kechak taminoti, ijtimoiy va pensiya kafolatlari tartibi qollaniladi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasining boshqaruv, professor-oqituvchilar tarkibi va oquv-yordamchi tarkib maqomi, oylik maoshi va ragbatlantirish sharoitlari boyicha Ozbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasining tegishli lavozimlariga tenglashtiriladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, aytish mumkinki, islohotlar jarayonida amalga oshirilayotgan tadbirlar Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi samaradorligini tubdan oshirish bilan bogliq qator dolzarb vazifalarni tolaqonli darajada bajarish imkonini beradi. Bu esa Oz vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish! degan ezgu shior ostida yurtimiz aholisi va hududlarini yongin, tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan ishonchli muhofaza qilishga xizmat qiladi.

Azamat SUYuNOV,

Ozbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Muhofaza+ jurnali va Vaziyat gazetasi birlashgan tahririyati Bosh muharriri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: