O'zb  
 
05.08.2020

OZBEKISTONNING IKKI AKADEMIK LITSEYI VA IKKI MAKTAB OQUVChILARI

xalqaro olimpiada g‘oliblari safidan joy oldi

Joriy yilda 52-Xalqaro kimyo olimpiadasi Turkiyaning Istanbul shahrida otkazilishi rejalashtirilgan edi. Ammo dunyoda yuzaga kelgan epidemiologik vaziyat inobatga olinib, mazkur olimpiada 25 iyul kuni masofaviy tarzda otkazildi. Ma’lumotlarga qaraganda, kimyo fanidan eng nufuzli hisoblanadigan mazkur olimpiadada dunyoning 60 davlatidan jami 235 nafar iqtidorli oquvchi ishtirok etgan.

Ushbu nufuzli musobaqada Ozbekiston sharafini 2018/2019-oquv yilida respublika fan olimpiadasida va qoshimcha respublika olimpiadasi goliblari orasidan saralab olingan 4 nafar iqtidorli oquvchi himoya qildi va quyidagi natijalarni qayd etishdi:

Mirumid MIRAKBAROV (Toshkent pediatriya tibbiyot instituti huzuridagi akademik litsey) – kumush medal;

Dilshodaxon ISAYeVA (Toshkent pediatriya tibbiyot instituti huzuridagi akademik litsey) kumush medal;

Firdavs Sobirov (35-maktab, Buxoro shahri) bronza medal;

Akobir Narzullayev (49-maktab, Buxoro viloyati, Jondor tumani) diplom.

Goliblarning kumush va bronza medallari va diplomlari Turkiyadagi tashkiliy qomita tomonidan pochta orqali jonatiladi.

Etiborli jihati shundaki, ushbu olimpiada shartlarini oquvchilar laboratoriya kimyoviy tajribalarisiz, faqat nazariy tarzda bajarishdi. Olimpiada sinov jarayonini nazoratchilar 4 ta vebkamera yordamida kuzatib borishdi.

Masofaviy olimpiada Toshkent pediatriya tibbiyot instituti huzuridagi akademik litseyda sanitariya gigiyena hamda karantin qoidalariga qatiy rioya etgan holda tashkil etildi.

Bundan tashqari, 13-18 iyul kunlari Ozbekiston oquvchilaridan tashkil topgan Respublika terma jamoasi 54-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida ham ishtirok etdi. Butun dunyodagi epidemiologik vaziyat inobatga olinib, bu olimpiada ham onlayn (masofaviy) tarzda otkazildi.

Unda Avstriya, Saudiya Arabistoni, Ozarbayjon, Makedoniya, Armaniston, Isroil, Belorus, Vengriya, Bolgariya, Suriya, Gruziya, Latviya, Eron, Litva, Turkiya, Rossiya kabi dunyoning 20 dan ortiq mamlakati yoshlari masofadan turib ishtirok etdi. Kimyoviy tajribalarsiz ikkita nazariy bosqich tartibida otkazilgan mazkur xalqaro Mendeleyev olimpiadasida yurtimiz akademik litsey va maktab oquvchilaridan iborat Ozbekiston jamoasi ham ishtirok etib, goliblar qatoridan orin oldi.

Jumladan, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti huzuridagi akademik litseyi oquvchisi Mirumid MIRAKBAROV xalqaro olimpiadada galaba qozonib, shu kunga qadar kimyo fanidan yurtimiz jamoasi qolga kiritgan medallar qatoriga 10-oltin medalni olib keldi.

Qolaversa, ushbu TPTI akademik litsey oquvchilari Dilshodaxon ISAYeVA, Rustam TOXTABOYeV va Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi akademik litsey oquvchisi Sobirjon OMONOVlar bronza medallarini qolga kiritishdi.

Shuningdek, umumtalim maktablarining ikki nafar oquvchisi ham bronza medali bilan taqdirlandi.

Shu orinda, mana shunday nufuzli olimpiadalarda munosib ishtirok etib, oltin, kumush va bronza medallarni qolga kiritayotgan hamda yurtimiz bayrogini dunyoning koplab davlatlarida yuqoriga kotarayotgan oquvchilarning ustozi haqida ham bir ogiz toxtalib otmoqchi edik. Bu inson yuksak bilimli va intellektual salohiyatli avlodni tarbiyalash, har bir oquvchini oziga xos istedodini shakllantirish va uni royobga chiqarish borasida oz maktabini yaratgan mohir pedagog, salohiyatli olim, shu bilan birga, xalqaro fan olimpiadalarida oquvchilarining muvaffaqiyati bilan Ozbekistonning xalqaro obro-etiborini va qudratini oshirishga katta hissa qoshayotgan Toshkent pediatriya tibbiyot instituti huzuridagi akademik litsey direktori Ortiqboy Eshonqulovdir.

— Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi nizomida unda qatnashish huquqini qolga kiritish uchun talabgorlar ikki marotaba kuzatuvchi bolib ishtirok etishi mumkinligi belgilab qoyilgan edi, deydi professor Ortiqboy Eshonqulov. Shu boisdan, 2010 yil Janubiy Koreyada hamda 2011 yilda Turkiyada otkazilgan Mendeleyev olimpiadasida kuzatuvchi bolib ishtirok etdik. Shundan song, respublikamiz talim tizimi tarixida ilk bor xalqaro Mendeleyev olimpiadasida va keyinchalik jahon olimpiadalarida litseyimiz oquvchilari ishtirok etib, birinchi bor oltin medallarga sazovor bolib, Ozbekiston bayrogi balandlarga kotarildi. Keyinchalik, otgan yillar davomida, yani 2012 yil Amerika Qoshma Shtatlari, 2013 yil Rossiya, 2015 yil Ozarbayjon, 2016 yil Gruziya, 2017 yil Tailand, 2018 yil Slovakiya va Chexiya, 2019 yil Fransiyada bolib otgan kimyo fanidan jahon olimpiadalarida hamda xalqaro Mendeleyev olimpiadalarida xalqaro hakamlar hayati azosi bolish bilan birga, Ozbekiston terma jamoasiga rahbarlik qilganman.

Akademik litsey oquvchilari Rossiya, AQSh, Turkiya, Qozogiston, Janubiy Koreya, Singapur, Daniya, Indoneziya, Shveytsariya, Vetnam, Ozarbayjon, Gruziya, Tailand, Belarus, Eron, Armaniston, Slovakiya va Chexiya, Fransiya hamda Vengriya kabi koplab davlatlarda bolib otgan xalqaro va jahon fan olimpiadalarida oz yonalishlarida ilmda tengsiz ekanliklarini korsatishdi.

Buni ularning otgan yillar davomida jahon va xalqaro Mendeleyev olimpiadalarida munosib ishtirok etib, jami 70 ta, jumladan, 10 ta oltin, 20 ta kumush va 40 ta bronza medallariga sazovor bolganidan ham bilish mumkin.

Yana shuni qoshimcha qilib aytish mumkinki, litsey oquvchilarining ilm-fan sohasida erishgan yutuqlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. Xususan, ularning bir qanchasi, yani 2013 yilda «Shuhrat» medali, 2016 yilda Ozbekiston belgisi hamda 2019 yilda Mard oglon kokrak nishonlari va 2020 yilda esa Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga sazovor bolishgan.

Bu yutuqlar birinchidan, mamlakatimizda istedodlar kopligini korsatadi. Ikkinchidan, yoshlarimizning muvaffaqiyatlari zamirida Ortiqboy Eshonqulov singari fidoyi ustozlarning zahmatli mehnati mujassam.

Bundan buyon istedodli yoshlarimiz galabalari yanada yuksak bolishiga ishonchimiz komil.

Toshtemir XUDOYQULOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: