O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31 1 2 3 4 5 6
15.07.2020

ODAMI ERSANG DEMAGIL ODAMI...

Hamza HAMROYeV, tibbiyot fanlari nomzodi.

Xitoyning Uxan shahrida boshlangan koronavirus infeksiyasi asta-sekin butun yer yuzini egallab oldi. Bugungi globallashuv va integratsiya avj olgan shiddatli davrda bu ofat bizning mamlakatimizni ham chetlab o‘tmadi. Kasallikni yuqtirganlarga malakali tibbiy yordam korsatish uchun shifoxonalar, karantin hududlari tayyorlandi. Zarur dori-darmon, tibbiyot uskunalari, qulay sharoitlar hozirlandi. Bu ofatni bartaraf etish uchun togri yol tanlandi. Shuning natijasida bahorgi karantin nisbatan yengil otdi. Shifokorlar jangovar holatda, tunni tongga ulab bemorlarga yordam berishdi. Koronavirus yangi infeksiya bolganligi uchun unga aniq diagnoz qoyish ham birmuncha murakkab kechdi. Shunga qaramasdan, zudlik bilan infeksiyaga qarshi umumxalq kurashi boshlandi.

Mir Alisher Navoiy hazratlarining “Odami ersang demagil odami, Onikim yoq xalq gamidin gami”, degan hikmatlari bugun har qachongidan ham muhim va dolzarb bolib turibdi. Shunday ekan, xalqimizni koronavirus degan balodan himoya qilish uchun har birimiz oylashimiz kerak boladi. Men shifokor sifatida ayrim takliflarimni bildirmoqchiman.

Koronavirus – (COVID-19)ning oldini olishda eng avvalo birlamchi bogin tibbiyotida, ya’ni qishloq vrachlik punktlari, qishloq oilaviy poliklinikalari hamda kop tarmoqli poliklinikalarda malakali tibbiy yordam korsatish togri tashkil qilinishi zarur. Birlamchi tibbiyot boginida quyidagi vazifalar amalga oshirilishi shart:

1. Shoshilinch birinchi tibbiy xizmat bepul bolishi;

2. Onalik va bolalikni muhofaza qilish;

3. Sanitar-epidemiologik osoyishtalikka erishishni, birlamchi profilaktikani oz ichiga qamrab olishi kerak. Shu orinda, birlamchi profilaktika aslida nimadan iborat, degan savol tugilishi mumkin. Birlamchi profilaktika — soglom odamning sogligini muhofaza qilish, uning kasallikka chalinishining oldini olish. Tibbiy savodxonlik va madaniyat uning kun tartibiga aylanishiga erishishdan iborat.

Takidlash kerakki, mamlakatimizda koronavirus kasalligining oldini olish boyicha olib borilgan ishlar xorij davlatlarining mutaxassislari, Jahon sogliqni saqlash tashkiloti tomonidan yuqori baholangan edi. Ming afsuslar bolsinki, bizning befarqligimiz sababli, yani karantin talablarini toliq bajarmaganimiz, toy-maraka, oilaviy tadbirlarni otkazishda ozboshimchalik qilganligimiz evaziga kasallanganlar soni bir kunda 500 tagacha yetib bordi, jurnalistlar iborasi bilan aytganda, antirekord natijaga ham erishdik. Kasallik belgilari turli korinishda harorat kotarilishi, hid, tam bilmaslik, quruq yotal holatlarida namoyon bolmoqda.

Ammo, biz hech qachon unutmasligimiz kerakki, kasallik 70-80% simptomsiz, yani biror-bir belgisiz otadi. Dunyoda koronavirus yuqtirganlar soni 13 milliondan oshib ketdi, shundan 543,5 mingdan ortiq inson kasallik qurboniga aylandi.

Jahon sogliqni saqlash tashkiloti rahbari Tedroye Gebreyyesusning takidlashicha, Surat tezlashmokda va biz pandemiya choqqisiga yetib kelganimiz yoq . Otgan dam olish kunida COVID-19ni yuqtirganlar soni 400 000 ortiq ekanligi qayd etildi, yana bir bor karantin qoidalariga amal qilish shart ekanligi takidlandi.

Dunyoda koronavirus yuqtirganlarning umumiy soni 11 million 844 mingdan oshib ketganligi bizni hushyor torttirishi kerak emasmi?

Jahon sogliqni saqlash tashkilotining Covid-19 pandemiyasi boyicha texnik direktori Mariya Van Kerxovning tavsiyalarida virus asosan havodan yuqishi; faqat yuqori nafas va nafas olish yollarining yalliglanishi kasalligini keltirib chiqarishi; uni yuqtirgan odamlarning burni va ogzidan chiqadigan mayda tomchilar orqali tarqalishi; tomchilar ogiz va burundan chiqqandan keyin tezda yerga tushishi aytilgan edi.

Pandemiya avj olgan pallada 32 mamlakatning 239 olimi tomonidan jiddiy tadqiqotlar olib borildi. Jahon sogliqni saqlash tashkilotining Jeneva agentligiga yuborgan ochiq xatida yangi natijalar elon qilindi. Olimlarning xatida, koronavirus bilan zararlangan bemorning ogzi va burnidan chiqqan mikrob tomchilarining hammasi ham yerga tushmasligi, bir qismi havoda suzuvchi bolib qolishi hamda osha kozga korinmas unsur havodan nafas oluvchi insonlarga yuqishi mumkin, degan dalillar keltirilgan. Ularning ilmiy asoslangan xulosasiga binoan Jahon sogliqni saqlash tashkilotida koronavirus yuqishi mumkin bolgan holatlarga ozgartirishlar kiritish va uni havodan ham yuqtirish xavfi borligidan dunyo ahlini xabardor qilish talab etildi.

Odamlar gavjum boladigan jamoat joylarida, yopiq va shamollatilmaydigan xonalarda koronavirusning havo orqali yuqishini istisno qilib bolmaydi, dedi Sogliqni saqlash vaziri A.Shodmonov. Hamda aniq misollar asosida juda kop noxush holatlar aholi tomonidan karantin qoidalarining buzilganligi evaziga sodir bolayotgani, kasallikning kopayib borayotgani esa, masalan, 48 foiz holatda ichki tartib qoidaga rioya etmaslik, intizomning yoqligidan ekanligini takidladi.

Karantin qoidalariga amal qilish qayta-qayta uqtirilib, 30 kishilik ixcham toylar otkazishga ruxsat berildi. Lekin, ayrim tadbirli kishilar buning ham yolini topdi. Toylarni bolib-bolib uch kun otkazish, har kuni 30 tadan mehmon taklif qilish yangi ananaga aylandi. Loqaydligimiz oqibatida bu virus kirib bormagan joy qolmadi, Toshkentdagi 4 ta toyda 110 kishining kasallikka chalingani biz uchun achchiq saboq bolishi kerak emasmi?

Hamma viloyatlarda yuqumli kasalliklar shifoxonalari ishlab turibdi, ayrim shifoxonalar yuqumli kasalliklarni davolashga moslashtirildi. Zamonaviy jihozlangan, kasallik yuqish xavfining oldini oladigan Tez yordam mashinalari keltirildi. Ulardagi tibbiy uskunalar mashinaning ozidayoq bemorga birinchi shoshilinch malakali tibbiy yordam korsatish imkonini beradi.

Yevropa davlatlarida aholining karantin qoidalariga rioya qilmasligi sababli olim korsatkichlari yuqori boldi. Ularning misolida koronavirusning asoratlari ota fojiali bolishini korib turibmiz. Lekin tegishli xulosa chiqarib olayapmizmi?

Kasallik belgisini sezsangiz, darhol shifokorga murojaat qiling, deya qayta-qayta takidladi mamlakatimiz rahbari. Davlatimiz biz uchun shunchalar qaygurayotgan, hatto katta tashkiliy ishlar, xarajatlar evaziga xorijdagi fuqarolarimizni vatanga olib kelish uchun jon kuydirayotganida biz nima qilayapmiz? Ozimizning, oilamizning salomatligi uchun oddiygina gigiyena qoidalariga amal qilayapmizmi? Afsuski, oramizda haligacha koronavirus borligiga shubha bilan qarayotganlar, niqobni nomigagina boyniga osib yurganlar uchrab turibdi. Buni qanday baholash mumkin? Masuliyatsizlikmi yo nodonlik? Bugun asosiy vazifamiz karantin qoidalariga toliq rioya qilgan holda, kasallik tarqalishining oldini olishdir. Bu faqat ozimizga, vijdonimizga, aql-zakovatimizga bogliq. Dunyo ahlini tahlikaga solayotgan virus asosan uch bogindan iborat:

1) kasallik manbai;

2) yuqtirish yoli;

3) yuquvchi manba;

Bu boginlar uzilishi shart. Buning uchun qattiq kurashish kerak boladi. Qars ikki qoldan chiqadi, xalq bilan tibbiyot bir-birini qollab-quvvatlasa, ommaviy axborot vositalari ular ortasida koprik bolsa, natijaga erishamiz. Demak, tinimsiz targibotdan, qayta-qayta tushuntirishdan erinmasligimiz kerak.

Yevropa davlatlarida, xususan, Italiyada olim korsatkichi insoniyatni vahimaga soladigan darajada yuqori boldi. 10 mingdan ziyod aholi vafot etdi, yuz minglab odamlarning kasallanishi kuzatildi. Bazilar bu holatni Italiyada keksalarning kopligi bilan boglashdi. Aslida bu qarash mutlaqo notogri. Zero, Yaponiyada 130 millionga yaqin aholi istiqomat qiladi, ularning 36 milliondan koprogi 65 yoshdan kattalar, 70 yoshdan oshganlar esa 27 millionni tashkil etadi. Italiyada aholi soni 61 million, 65 yoshdan kattalar 22 foizdan iborat. Endi raqamlarni ozingiz solishtirib koring, xulosa chiqaring. Shu orinda, kunchiqar mamlakat aholisining turmush tarzi bilan qiziquvchilar uchun bazi bir malumotlarni keltirib otmoqchimiz:

Tozalikka amal qilish yapon xalqining qon-qoniga singib ketgan. Koronavirusdan ozini asrash, niqob taqish, qolni tez-tez sovunlab yuvish, ijtimoiy masofa saqlash boyicha dunyo ahliga tinimsiz tavsiyalar berilmokda. Yaponiyada yiliga 5,5 milliard dona niqob ishlatilgan. Bu har bir fuqaroga 43 donadan togri keladi, degani. Soglom turmush tarziga, yani ommaviy va shaxsiy intizom choralariga toliq rioya qilinadi. Yapon xalqi qishin-yozin har kuni chomiladi, nam sochiq bilan qolni muntazam artish, tez-tez sovunlab yuvish kundalik odatga aylangan. Ular salomlashganda ham qol berib, quchoqlashib korishmaydi, balki shunchaki tazim qilib, hurmatini bildiradi. Bu kabi madaniyatli salomlashish esa virus yuqish ehtimolini kamaytiradi. Oraliq masofa doimiy ravishda saqlanadi, hayotning barcha jabhalarida oraliq masofani unutmaslikka odatlanganlar.

Biz, shifokorlar soglom turmush tarzi degan iborani kop takrorlaymiz. Aslida soglom turmush soglom fikr, hayotga, odamlarga, oila azolaringga soglom tafakkur bilan munosabatda bolish, kelajak haqida soglom fikr yuritish degani.

Karantin eng asosiy chora-tadbir ekanligi aniq. Koronavirusning yashirin davri 7 kungacha, deyilyapti jahon tajribasida. Dunyo olimlari vaksina yaratish uchun izlanyapti. Vaksina shu mikrobning negizidan tayyorlanadi. Koronavirus havo-tomchi yoli bilan yuqadigan kasallik bolganligi uchun ham, karantindan kozlangan maqsad infeksiya manbaini kamaytirishdir.

Uy sharoitida davolash uchun bemorni avvalo yakkalab, alohida xonaga joylashtirish, epidemiologik vaziyat togri kelsa, dezinfeksiya choralarini korish shart. Ahvol biroz ogirlashsa ham, shifoxonaga yotqiziladi. Har bir inson uchun oz salomatligi qadrli bolishi shart. Bu virusdan saqlanishning birdan-bir chorasi niqobda yurish, ijtimoiy masofani saqlash, shaxsiy gigiyenaga qatiy amal qilish, immunitetni kotarish. Aslida chora-tadbirlar juda sodda, ularga amal qilish qiyin emas.

Televizorda bozorlarda niqobsiz, qolqopsiz savdo qilinayotgan holatlar korsatilyapti. Nima uchun bozorlar mamuriyati karantin qoidalarini buzgan sotuvchilarga chora kormayapti? Eng achinarlisi, birniki mingga, mingniki tumanga deganlaridek, bu yomon illat boshqalarga ham yuqmoqda.

Mamlakatimizning nufuzli oliy dargohlaridan biri Samarqand davlat tibbiyot instituti jamoasi ham koronavirusga qarshi kurashga ozining munosib hissasini qoshmoqda. Tajribali shifokor olimlardan maxsus guruhlar tuzilib, tibbiyot xodimlari uchun seminarlar otkazildi, bepul onlayn-poliklinikalar tashkil etildi. Xorijlik hamkasblar bilan muntazam onlayn aloqalar ornatilib, ozaro tajriba almashildi. Iyun oyida xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiya bolib otdi. Unda institut rektori, professor J. Rizayev, Jahon sogliqni saqlash tashkilotining Ozbekistondagi vakolatxonasi rahbari Lianna Kuppens, Astraxan davlat tibbiyot universitetidan, Ryazan davlat tibbiyot universitetidan (Rossiya) olimlar ishtirok etishdi. Anjumanda Samarqand davlat tibbiyot institutining K-19 virusiga qarshi kurashdagi hissasi, Koranovirus va homiladorlik bolajak onalar nimalarga amal qilishlari kerak?, Koronavirus infeksiyasining bolalarda kechishi, uning oldini olish va davolashning oziga xos xususiyatlari, Koronavirus infeksiyasining ogir kechishida intensiv davolash kabi dolzarb mavzularda maruzalar qilindi.

Virusning alomatsiz shakli bilan kasallangan fuqarolarning uy sharoitida davolanishlariga oid har qanday savollarga aniq va togri javob berish maqsadida doimiy ravishda faoliyat yurituvchi malakali shifokorlardan iborat Sall markaz hamda maxsus shtablar tashkil etildi. Shifokorlarimiz butun kuchlari va salohiyatlarini, bilimu tajribalarini ishga solib fidoyilik korsatmoqda.

Dunyo hamjamiyati infeksiyani butunlay yengishi uchun vaqt kerak. Birinchi navbatda tushkunlikka tushmasdan, xalqqa togri targibot qilishimiz zarur. Davlatimiz rahbarining murojaati faqat soha xodimlari yoki shifokorlarga emas, balki hammamizga tegishli. Biz oqiyapmiz, eshityapmiz, achinyapmiz, lekin ming afsuski, oqiganlarimiz va eshitganlarimizga amal qilmayapmiz. Ozbekiston Qahramoni, Ozbekiston xalq shoiri E. Vohidovning Viruslar sheri mashhur virusolog olim Sh.Xojayevga bagishlangan bolib, unda shunday satrlar bor: Soxtalikning iliq muhiti aro, yayrab kopayadi manfur viruslar. Bizning beparvoligimiz, loqaydligimiz oqibatida viruslar kopaymoqda. Biz amal qilishimiz shart bolgan gigiyena qoidalari nafaqat koronavirusdan asraydi, balki salomatligimizni mustahkamlaydi, turli yuqumli kasalliklarning oldini oladi. Demak, biz bu masalaga jiddiy etibor berishimiz kerak. Yani, maktabgacha talim muassasalari va maktablar, hatto oliy oquv yurtlari uchun ham bosqichma-bosqich birlamchi tibbiy savodxonlik mashgulotlari Gigiyena qoidalari dasturi joriy qilinishi zarur. Farzandlarimizga godakligidan shaxsiy gigiyena qoidalarini orgatib borishimiz ularning har tomonlama barkamol insonlar bolib ulgayishida muhim ahamiyat kasb etadi. Yana bir muammo: markaziy shaharlardagi maktabgacha talim muassasalarida haligacha guruhlar 40-43 boladan iborat. Oz-ozidan tarbiyachi kichkintoylar bilan alohida mashgulotlar otkaza olmaydi. Yoki boshlangich sinflarda ham xuddi shunday holga duch kelamiz. Bizning nazarimizda, bular yechimini kutayotgan muhim masalalar hisoblanadi. Zero, oddiygina karantin qoidalariga amal qilinmayotgani yurtdoshlarimizning tibbiy savodxonligi yetarli emasligini korsatib turibdi.

Uyda qoling!. degan togri tavsiyadan ogrinmasligimiz, karantin qoidalariga amal qilishimiz kerak. Sabr-toqat va iroda bilan oz salomatligimizni ozimiz muhofaza qilish masuliyatini unutmaylik.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: