O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31 1 2 3 4 5 6
15.07.2020

BOBO

Oy botishi tongdan, quyoshdan — darak,

Yorug‘lik-nur kelar zulmatdan keyin.

Qayguga yol berib bolma-jonsarak,

Gamdan song kelar shodmon dam yaqin.

Tog bagridagi daraxtlarga burkangan solim qishloq. Yoshi saksondan oshsa-da, hali ancha tetik, asli tabiatan xushfe’l boboning bugun ertalabdan yuzi bogriqqan, qovogi soliq. Ogli, boboning uyda hamma narsa bolsa, bozorda nima qilasan, degan gapini yerda qoldirib, oz aytganidan qolmasdan, biron zaruratsiz bozor aylanishga ketdi.

Bobo daraxt tagidagi sorida chordona qurib otirganicha oyga toldi. Qirqqa yaqinlab qolgan bolsa-da quyilmagan bolasining oysizligi, bozor bahona har yakshanba oziga oxshagan boqi-begam ortoqlari bilan uchrashib, aroq ichib, ulfatchilik qilib qaytish odatga aylanganini xayolidan otkazib achchiqlandi, ham oglining umr-vaqt qadrini bilmayotganidan afsuslandi, u bilan yaxshilab gaplashib qoyishni kongliga tugdi.

Boboning xayolini radioda berilayotgan xabar tozgitdi. Unda koronavirusga qancha odam chalingani, qancha odam vafot etganligi va virus yanada tarqalib borayotgani haqida gap borayotgan edi.

Bobo tavba-tavba, odamzodni ozing asra Ollohim, deb qoydi.

Song boboning xayoli uzoq otmishga, bolaligiga ketdi. Ota-enasi bir-bir koz oldidan otdi. Adirlikdagi ota meros keng hovli adogidagi ikki odam qulochi bazor yetadigan tutga nazari tushdi. Tut tagida otasi, song tutdan nari lovullab yongan olov koziga koringanday boldi.

Bobo dastlab tushunmayroq bolib, boshini sarak-sarak qildi, keyin nega tut tagida otam kozimga koringanday boldi, deya oylandi. Tutga tikilgancha oychan holda xotiralari qatini bir-bir titkilar boldi. Noxos sakkiz yo toqqiz yoshligida ozini hayronu lol qoldirgan holat lop etib yodiga tushdi.

Elga olat kelib, hamma uy-uyida, birov-birovga qoshilmay, zarurat sabab kochaga chiqar bolsa, kiyim-boshiga oranib yurgan kunlar. Bot-bot ota-enasining gaplaridan qay bir hamqishloqlarining vafot etganligini eshitib qolardi. Toy-maraka, ayniqsa, taziyadan qolmaydigan otasi ham hech qayerga chiqmay, sovuq xabar eshitganida otirgan joyida qollarini kotarib duo qilib qoyar boldi.

Enasining bolalarini uydan chiqarmay goh andizli, gohida alqor otli yoki kiyik otli choy damlab, maqtab-majburlab ichirib yurgani yodiga tushdi, ogzida osha choylar tamini tuyganday boldi...

Har kuni uy ishlari bilan andarmon bolib, rivoyat, masal yo matal aytib otirguvchi otasi kunlarning birida enasining etiroziga ham qaramay, “Men oligi kochada qoldi, degan gapni kotarmayman. Kechga qaytaman, tut tagiga suv isitishga otin, bir sidra kiyimlarimni taxt qilib qoy, buyogi Ollohga tavakkal”, deb otiga minib, oshigich jonab ketdi.

Enasi koz yoshlarini bolalaridan yashirgan bolib, romolining uchiga artib qolaverdi. Shunda, nima bolayotganini tushunib-tushunmay moltirab qaragan ogliga: – Esiz-esiz, ammajoning ham, ogli ham kasallikdan vafot etibdi, otang shunga ketdi, bolam, deganida jimib qoldi. Eri urishdan qaytmagan, yolgiz bolasi bilan qoshni ovulda yashaydigan qirq yoshlardagi uzun boyli, istarasi issiq ammasi, uning hali uylanmagan oglini endi qayta korolmasligini, ulardan judo bolganliklarini his qilib, piqqillab yiglaganida enasi bagriga bosib na ilojimiz bor, bolam, ikkovining ham u dunyosini bersin, deb unsiz yiglagani esida.

Ammasining uyi uncha uzoq bolmasa-da, otasi endi-endi qorongi tusha boshlagan payt qaytdi. Qilar ishi avval otni chekka daraxtga boglash, egar-jabdugini, ozining sirtki ust-boshlarini yechib, bir joyga uyib, yoqib yuborish boldi. Keyin omonat ornatilgan ochoqda suv isitib, tut tagida yuvinib, onasi oldindan tayyorlab qoygan kiyimlarini kiyib oldi. Otni ayvonga boglash orniga, negadir odatiga zid ravishda hovli chetidagi daraxtda bogliq holda qoldirdi. Kunlar hali biroz salqin bolishiga qaramay, ozi ham uyga kirmasdan, tashqari ayvonda yotib qoldi.

Ertasi kuni uygonib, eshikdan moralaganida otasining hech kimga ishonmaydigan, ozi ardoqlab qaraydigan uloqchi otini soyib, terisini shilayotganiga kozi tushdi. Hayron bolib angrayib qaraganida, onasi Bolajonim, jonlaring omon bolsin, mol-mulk topiladi. Otang otini soyib, muhtojlarga tarqatishni niyat qilibdi, deb tushuntirgan boldi.

Esini taniganidan keyin onasidan sorab, otasi otda borib, singlisi va jiyanini bir ozi otda ongarib qabristonga olib borgani va qabr kovlab, dafn etganini, olat yuqmasin deb, ehtiyotini qilib, kiyim-boshi va otning egar-jabdugini yoqqanligini, shuningdek, odamlar olat sabab tirikchiligidan mahrum bolib, yemoq-ichmoqdan qiynalayotganini oylab, yaxshi korgan otini soyib, elga tarqatganini bildi.

Hali-hanuz kopchilik otasini Rahmatli ulug odam edi, olat payti, birov-birovdan xabar ololmaydigan qiyin paytda kopga yaxshilik qilgan, uloqchi otini soyib, muhtoj oilalarga ulashgan ekan, ilohim, joyi jannatdan bolsin!, deb duo qilishini eslab, Erdon boboning kongliga taskin inib, yuzi biroz yorishdi.

Song bobo chordona qurib joylashib, ruhan ota-onasiga bagishlab Quron tilovat qildi, ham elu yurtga tinchlik-omonlik tiladi, olov, suv, tuhmat-u olat balosidan elni asrashini, ogliga ham sabr, insofu tavfiq ato etishini sorab Ollohga uzoq munojot qildi.

Bobo duoga qollarini ochib turgan payt kochadan bezovta bolib kirib kelgan ogil ham sori chetiga chok tushib, qollarini juftlab yuziga olib borgan boldi, song shosha-pisha: Ota, eshitdingizmi, virus bizga ham kelibdi, qishlogimizdan ikkita kasal chiqibdi. Endi nima boladi, nima qilamiz? deya otasining avzoyiga qarab jimib qoldi.

Ogliga burgutqarash nazar solib, song bir dam sukutga chomgan bobo:

Bolam, avvalo, vahimaga berilmang, bu ham Yaratganning bir sinovi. Lekin kimning kimligi ana shunday el boshiga ish tushganda bilinadi. Ne bir olatlarni kormadi el, bari otdi-ketdi. Bu virus balosi ham otib ketishi aniq, sabr qiling, bolam, sabr, dedi. Olloh ozi mehribon, saqlanganni saqlayman, degan! Sevimli Paygambarimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham avval otni bogla, keyin Ollohga tavakkal qil, deganlar! Siz-u biz ham avvalo ornatilgan tartib-intizomga, tozalikka rioya qilaylik, qolgani Yaratganga havola...

Bobo kechasi bilan bolaligidagi voqealarni, otasini oylab chiqdi. Ayrim boquvchisini yoqotgan, kam taminlangan serfarzand hamqishloqlari bir-bir koz ongidan ota boshladi.

Bobo ertalab uyqudan turib, namozini oqib bolgach, ovoz berib oglini chaqirdi. Labbay, ota, deb chiqqan ogliga Boquvdagi qochqorning kattasini olib chiqing, dedi.

Ogil qoraga, ota pichogini olib chiqish uchun uyga qarab yurdi...

Xolmomin YoDGOROV


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: