O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31 1 2 3 4 5 6
01.07.2020

HAQIQATNI TOGRI AYTA OLISh HAM MAHORAT, HAM JASORATDIR

Shoira HAMROYeVA,

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi matbuot xizmati rahbari:

— Tezkorlik, xolislik, hozirjavoblik va albatta yuksak jasorat bularning barchasi zamonaviy jurnalistdan talab qilinadigan eng muhim jihatlardir. OAV xodimlari xalqning dardi bilan yashaydi. O‘z navbatida odamlar ularga ishonadi, suyanadi, muammosini hal qilib berishga qodir inson, deb biladi. Aslida ham chinakam kasbini sevgan jurnalistlar ozining tashvishlarini bir chetga surib, boshqalarning mushkulini oson qilish payida boladi. Bir ogiz shirin soz, rahmat yoki shunchaki uning yoniga kelgan insonning masalasiga yechim topilsa ham, baxtdan kozlari porlaydi, ishidan mamnuniyat tuyadi.

Har yili an’anaviy tarzda nishonlanadigan kasb bayrami arafasida jurnalistlar shaniga aytilgan iliq gaplardan ruhlanib bir yil davomida tirishib-tirmashadi. Davlat rahbarining tabrigi esa unga qosh qanot boladi, albatta. Bu yilgi tabrikda matbuot xizmati xodimlari faoliyati alohida tilga olingani va uni yanada jonlantirish uchun bildirilgan takliflar ishimizga chetdan qarab baho berishga undadi.

Quvonarlisi shuki, songgi uch yil ichida sohaga oid ondan ziyod qonun hujjatlari qabul qilindi. Xususan, «Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini taminlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish boyicha qoshimcha chora-tadbirlar togrisida»gi Prezident qaroriga muvofiq bu sohada yangi tizim yaratildi.

Masalan, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini taminlash maqsadida otgan bir yil davomida koplab vazirlik va idoralarda axborot xizmatlari zamon talablari asosida qaytadan tashkil etildi. Bugun hech bir tashkilot yoki muassasa matbuot xodimisiz ishlay olmasligi, faoliyatini xalqqa namoyish eta olmasligi kundek ravshan. Shuning uchun hokimliklar, katta-kichik idoralarda mazkur soha tizimli yolga qoyildi.

Ana shu xizmatlar tomonidan ijtimoiy jarayonlar haqida ishonchli axborot berish maqsadida matbuot anjumanlari, brifinglar, mediaturlar tashkil etilmoqda, hayotimizdagi muammo va hodisalarga tezkor munosabat bildirilmoqda, ularning veb-saytlari, ijtimoiy tarmoqlar, mobil messenjerlardagi sahifalari yangilab borilmoqda.

Biroq yutuqlar bilan birga kamchilik va nuqsonlar bolishi ham tabiiy. Jumladan, milliy media maydonimizda zamonning otkir talab va mezonlari, muhim tendensiyalarini ochib berishda sustkashliklar bor. Hali ham ozimizni tanqid qilishdan qorqamiz. Aybimizni yashirishga harakat qilamiz. Aslida tanqidiy tahlil asosida odamlar kutayotgan mavzu va muammolarni dadillik bilan ortaga tashlasak, ularga yechim topish osonlashadi, kamchiliklar sekin-asta barham topadi.

Prezident tabrigida bildiligan tanqidiy fikrlardan togri xulosa chiqarib, faoliyatimizdan qoniqmaslikni, oz ustimizda ishlash, organish, odamlar oldida haqiqatni ayta olish jasoratiga ega bolish konikmasini yanada oshirishimiz kerak. Lekin ayrim jurnalist va blogerlar kabi shov-shuvga berilmaslik lozim. Ogziga kelganni qaytarmaslik hammaning ham qolidan kelishi mumkin. Biroq haqiqatni bilim hamda professional malaka bilan ayta olsakkina jamoatchilikda togri tushuncha va qarashlarni shakllantirishga erishamiz. Bu yolda barcha hamkasblarimga kuch-gayrat, mahorat va jasorat tilayman.

Nimani yozish emas,

anday yozish muim!

Nuriddin UBAYDULLAYeV,

“Jamiyat” ijtimoiy-siyosiy gazetasi Bosh muharrir orinbosari:

Dehqon ekin ekib, bir yilda hosilini koradi. Chorvador molini kopaytirib, barakasini oladi. Muhimi, ular mehnatiga yarasha etirof etiladi. Kim yaxshi chorvador yoki dehqonligini bir-ikki yilda odamlar anglab olishadi. Ilm ahlini-chi?

Ilm ahli mehnatlari etirof etilishi uchun kop yillar ter tokadi. Oddiy oqituvchining mehnati u tarbiyalagan bolalar oliygohga kirgani bilan baholansa, olim va kashfiyotchining ishi, joyi kelsa, undan ham kop yillik izlanishlar oqibatida yuzaga chiqadi.

Jurnalist degan mashaqqatli kasb borki, ularning mehnati osonlikcha kozga tashlanmaydi. Faoliyatim davomida oldimga bir shiorni qoyganman: Nimani yozish emas, qanday yozish muhim! Bunga misol, bir mavzuni tanlab, 4 nafar jurnalistga yoritishni topshirsangiz, tabiiyki, 4 xil yondashuv boladi. Amaliyotga kelgan talabalar yordamida buni kop bor sinovdan otkazganmiz. Siz ustoz yoki tajribaliroq jurnalist sifatida ularning yaxshisini saralab olasiz. Bu sohadagi oddiy misol.

Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash yoki davlat ahamiyatiga molik muhim tadbirni yoritish, joyiga chiqib masalaning mazmun-mohiyatiga yetish kabi qator yonalishlar borki, ularni ozlashtirish, odamlarning kongliga yoqadigan tarzda yoritish osonlikcha boladigan ish emasligini bizdan kattalar ham kop bora takidlashgan. Buni sohaga ilk qadam qoygan paytlarimiz ustozlarimiz nazoratidan kichkina bir tadbirni otkazolmay, qayta-qayta yozishga uringanlarimiz, ularning bugungi kunda oz samarasini berayotgan dakkilarini eshitib, tasavvurimizda ming bir azobda qolganimizda ham korishimiz mumkin. Zero, bu foydali azobni boshidan kechirmagan jurnalist haqiqiy jurnalist bololmasa kerak.

Demoqchimanki, ana shunday sinovlarda toblangan, sohaning sir-sinoatini organishga, odamlarga maqul boladigan materiallar tayyorlashga qodir bolgandagina jurnalist etirof etiladi. Va bu sen kutmagan paytda, sen kutmagan joydan keladigan xushxabarga aylanadi.

Har yili ananaviy tarzda otkaziladigan Yilning eng faol jurnalisti tanlovi men uchun ana shunday kutilmagan xushxabar boldi. Nega deysizmi? Chunki ozimcha sohani yaxshi ozlashtirib oldim, deb yurgan paytlarim sanoqli maqolalarni yigib, tanlovlarga topshiraverganman. Osha vaqtlari, albatta men yutaman, sababi mening maqolam hammanikidan zor, degan tushuncha bolgan. Nasib etmagandan keyin ustozlarimning maslahatlariga tayanib, sovrin yutishga emas, sohani chuqurroq organishga bel bogladim...

Taqdirimizda bor ekan, kamtarin mehnatlarimiz samarasi mutaxassislar tomonidan maqul korilib, jurnalistika sohasining eng katta yutuqlaridan biri nasib etdi. Bobom rahmatli aytardi: Bolam, yozigingda bolmasa, quvib yetolmaysan. Agar yozigingda bolsa, qochib qutulolmaysan! Shunday ekan, barcha hamkasblarimning yozigida menikidan-da xursandchilik kunlar kop bolsin!


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: