O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
21.05.2020

BORI ELGA YaXShILIQ QILGILKI...

Olamni tanish o‘zingni tanishdan boshlanadi, deydi donishmandlar. «Haq yoli, albatta, bir otilgusi», deydi ozodlik yollarida qurbon bolgan ulug shoirimiz Cholpon. Darhaqiqat, Haq yolidan otib borayotgan zahmatkash elimiz boshiga sinovli kunlar tushdi. Ota bolasidan, farzand ota-onasi holidan xabar olish, qadrdon insonningni bagringga bosib diydorlashish, toy-hashamlarda dost koriga yarab kamarbasta bolish ham katta xatar tugdirmoqda. Ayni paytda xalqimizning bukilmas irodasi, ertangi kunga bolgan qat’iy ishonchi oz aksini topib turibdi. Har bir inson, har bir oila etiborda bolishi uchun olib borilayotgan ishlarni korib, inson manfaatlari har narsadan ustun qoyilayotgan ana shunday yurtda yashayotganingdan gururlanib ketasan kishi. Masalan, Mahalla va oilani qollab-quvvatlash vazirligi huzuridagi Xayriyalarni muvofiqlashtirish markazida amalga oshirilayotgan ishlar tahsinga loyiq. Ushbu markaz tomonidan faoliyatining dastlabki kunlaridan boshlab Toshkent shahri boyicha manzilli royxat asosida aholi uchun zarur bolgan birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari yuk tashish uchun moljallangan avtoulov bilan muhtoj bolgan xonadonlarga yetkazib berilmoqda. Bu jarayonda nogironlar, kam taminlangan va boquvchisini yoqotgan oilalarga katta etibor qaratilayotgani juda muhimdir.

Nafaqat ayni xatarli vaziyatda, balki shu kunimizgacha ham hukumatimiz tomonidan kam taminlangan va boquvchisini yoqotgan oilalarga, nogironligi borlarga juda katta etibor qaratib kelindi. Songgi yillardagi islohotlarning barchasi inson manfaatlariga qaratilayotgani, ularning shiorlarda emas, amalda oz natijalarini berayotgani, hozirgi ogir bir damlarda davlatimiz rahbarining mana shunday odilona, insonparvarlik siyosati yurtimizda koronavirus tarqalishining oldini olish, uning oqibatlarini bartaraf etishda asosiy rol oynayotgani jahon hamjamiyati tomonidan ham etirof etilmoqda.

Uyda qolib, kelgan dardu baloni yengish, yoruglik kunlarga chiqish umidida otirgan elning kongliga yana gashlik tushdi. Kutilmaganda yana bir tashvishli hodisa, Sardoba suv omborida suv toshqini yuzaga keldi. Sarosimada qolgan, komakka muhtoj bolgan aholini xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish ishlari tezkorlik bilan amalga oshirildi.

Davlatimiz rahbari Sardobadagi favqulodda hodisa sababli evakuatsiya qilingan aholi bilan muloqot qilib, kongil sorab, talafot korgan joylarda turmush sharoitlari tez kunlarda tiklanishi, aholiga har tomonlama komak berilishini takidladi.

— Shunday ogir paytda hammamiz sizlarning yoningizdamiz. Avvalo, har bir mahallaga kirib, ot ochirish mashinalari yordamida suvni qochiramiz. Qurilish, tamirlash va yangi uylar barpo etish boyicha xalq bilan maslahatlashib ish tutamiz. Hammasini sekin-sekin joyiga qoyamiz. Fermerlarning masalasi ham dalasiga chiqqan holda hal etiladi. Eng muhimi, ozlaringiz sog-salomat, bolalaringiz yoningizda ekan. Kongilni toq qilinglar. Xudoga iltijo qilamizki, bizga madadkor bolsin, oxirgi korganimiz shu bolsin, – dedi Prezidentimiz.

Ilohim, oxirgi korganimiz shu bolsin! Kimningdir uyi, kimningdir moli, kimningdir yashnagan bogi, palak otib qolgan ekini payhon boldi. Olisdamiz, ammo qalbimiz jabrdiyda odamlar yonida... Suvga qarasam ham, gulga qarasam ham konglimdagi gashlik tarqamaydi.

Sirdaryoliklar esa yuragi butun, qadami dadil, oz taqdiri, oy-xayoli, orzu-niyati hammasini yer bilan, ona tuproq bilan boglagan mehnatkash xalq. Bu tuproqda yaxshi kunlarini shovullab, tashvishu hasratlarini shivirlab bugdoyzorlarga aytadigan or-nomusli odamlar yashaydi. Kun tikkaga kelib, otashi giyohni qovjiratadigan pallani ham Koksimga shamol tegdi, deya alqab gapiradigan sabrli, mardona odamlar sirdaryoliklar.

Jurnal sahifasi uchun sardobalik bir bobodehqon bilan suhbat qilganim yodimdan chiqmaydi. Ketmon dastasiga tayanib, atrofni kuzatayotgan otaxon hali tush payti bolmay turib tut soyasida dam olib otirgan ishchilarni korib, meni yoniga chaqirdi. Belbogiga yuz-kozini artib: Bu issiqlar ham ganimat, hayronman, odamlar nega soyaga qochib yashaydi? Bir yurtlar borki, tort tomonini muz qoplagan, bir tup giyoh kokarmaydi, odamzod yasholmaydi. Bir tuproqlar borki, yerga urug qadasang kun issiqligidan unmay turib qovjirab qoladi. Bu oftob Xudoning bizga bergan oliy nemati-ku. Turli mevaga turlicha tam, turfa rang berib pishirib beradigan, qovun-tarvuzga bol quyib, donning magzini tolatib, xirmonini toldiradigan mana shu quyosh-ku! Shu ganimat kunlarda soyalanmay, yerning yuragiga aylanish kerak. Shunda yer toydiradi, undirib-ostiradi. Yer jigarbandiga yemay yedirgan, kiymay kiydirgan, ozi abgor bolsayam, bolasini yelkasiga opichib katta qilgan onaga oxshaydi. Rozgor yuki yelkasini bukchaytirgan, bitta toni ikki bolmasa ham topganini minnat qilmagan, kozidan mehr quyilib turgan otaga oxshaydi. Qaqrab yotgan yerga bitta urug tashlab, bir hovuch suv quysang, besh kunda unib chiqadi. Bagriga ketmon solsang, u sening etagingni rizq-nasibaga toldiradi. Avvallari dehqon dehqon emas, dili qon edi, bolam. Paxta ekib, xirmonini toldirardi-yu, biroq korpasiga paxta orniga poxol solib yotardi. Oq nonni oq yuzlilar yeb, bugdoyrang millat somoniga ega bolgan, qiyin kunlarda zogora chaynab kun korgan. Ozimiz ham ozimizni tanimay otdik osha davrlarda... Tuproq bilan tillashsang qulogi bor, siylasang, singling, tinglasang akang bolib joningga oro kiradi. Gohida shu dalalar otang boladi, onang boladi. Xayru saxovatli bolgan odam kam bolmaydi. Qoshni nonga zor bolib otirsayu sening omboringdagi donni sichqon kemirib yotsa, Xudo xush kormaydi...

Bu suhbat bir necha yil avval bolib otgan, ammo xayrli ishni buguni va ertasi bolmaganidek sirdaryolik bobodehqonlar yerning yuragiga aylanib ulgurgan.

Ming shukurki, shunday jiddiy talafotdan xalqimizning boshi omon chiqdi. Yurtimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishi tufayli xalqimiz ozining hamjihatligini, saxovatpeshaligini namoyon etayotgan bolsa, Sardoba suv omborida yuz bergan hodisani bartaraf etish va talafot korganlarga yordam korsatishdagi jonbozliklari buning yana bir isboti misolida namoyon bolmoqda.

Millatimizga xos bolgan mehr-muruvvat, bagrikenglik hech bir elda uchramaydi. Mamlakatimizning barcha viloyatlaridan yuborilayotgan komak karvonlarining keti uzilmaydi. Albatta, bu beminnat yordamlar boshiga sinov kelgan insonlar kongillariga madad boladi. Molidan, joyidan ajralgan bolsa ham joni omonligi, farzandlari bagrida ekanidan shukrona qilib otirgan yurtdoshlarimiz kongillarini xushnud etishi, shubhasiz.

Xudo xohlasa, tez fursatlarda vayron bolgan qishloqlar yangidan bunyod boladi. Odam bolasining tafakkuri teranligidan ozidek aqlli mashinalar ixtiro bolyapti. Inson oyogi Marsgacha yetdi. Demak, uni hayratlantirish, hayajonga solish, maglub qilishi oson emas. Lekin dunyoda yana bir kuch borki, undan keladigan har harorat, har taft har qanday odamni ham hayratga soladi. Bu insonni qadrlash tuygusi, insonga oqibat korsatish, uni toifalarga ajratmay, shunchaki Odam Ato, Momo Havvo avlodlari, bashariyatning bir parchasi, deya hurmat bilan qarash hissiyoti.

Mavlono Jaloliddin Rumiyda bir hikmat bor: Agar Alloh Kabani yerdan kotarib qoyganda edi, odamlar sajda qilgani qibla qidirib bir-birining qalblariga yuzlanar edilar. Bu inson aziz, degani. Garchi bugun Kaba oz joyida turgan bolsa-da, bizning mamlakatimizda fuqarolar uchun yaratilayotgan biri-biridan maqtovli sharoitlar tufayli oramizda qalbiga qarab sajda qilsang arziydigan insonlar kopaydi. Ular avval ham bor edi, faqat bugungi yangi zamon tolqinlarida, sinovli kunlarda bor qaddi-basti bilan korinmoqda.

Katta Fargona kanalini hashar yoli bilan 45 kunda bunyod etgan, kunni tunga ulab obihayot keltirgan matonatli el, yana bir unutilmas jasorat timsoliga aylandi. Bir tanu bir jon bolib qudratli togon yolini bir necha kunda jilovlab, elu yurtni xavf-xatardan saqlab qoldi. El boshiga ketma-ket kelayotgan sinovlarda fidoyi xalqimiz yanada hamjihat boldi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali suv ostida qolib qulayotgan uylar, togon ozanini buzib otilgan botana suvda oqib ketayotgan qoy-qozilar, ildizi qoporilgan ulkan daraxtlarni korib bogzimdagi togonim buzilgani rost. Ammo oylasam yuragim gururga toladigan holatlar ham bor. Bolajon xalqim hech narsaga qaramay bolasini bagriga bosgan, keksalarini yelkasiga opichib, bolalarini peshiga boylab komak kelgunicha omonda saqlab turgan. Hatto, uyi tomidan tushmay, bir necha kundan beri kokka qarab uvullab yotgan vafodorni korib ham yuragim tolqinlandi. Loyqa bosib qolgan uyini tark etmagan, singgan niholi bandini romoli bilan boylab qoygan ayolni borib mahkam bagrimga bosgim keldi...

Hammasi orniga keladi. Elim degan Yurtboshimiz bor. Oddiy odamlar orasida tuproq kechgan, el bolasini oz bolasidek boshini silagan, el tinchini, farovonligini oylab tunu kun koz yummagan mehribon, gamxor Prezidentimiz bor. Uyida borini nochorga tutgan, yaxshi korgan buyumini birodarlariga ilingan, tinchi yoqolganlarni korib, xotirjamligini yoqotgan xalqimiz bor. Yaxshi korgan oyinchogini yordam karvoniga berayotgan bolajonning kozlaridagi mehr har qanday baloning yolini tosadi. Hukumatimiz, oliyhimmat xalqimiz komak uchun bel boglab turgan ekan, hammasi yaxshi boladi. Ariqlardan zilol suvlar oqib, yana nihollar boy chozadi. Xirmonlar donga tolib, toy-toylarga ulangan kunlar keladi. Bobom kimdandir kongli ranjisa: Voh, shuncha mehr bersak ham bu el bolmadi, deya yozgirardi.

OZBEK MILLATI BUGUN ASL EL BOLDI. El bolganda ham qon-qardosh, yelkadosh boldi. Yaxshi-yomon kuningda kamarbasta boladigan, suyansang toging, quvonsang boging boladigan mardona elning boriga shukur!

Munavvara USMONOVA,

Saodat jurnali bosh muharriri.

Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: