O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
21.05.2020

Jasoratga tola umr qaqida qikoyalar

Yuridik fanlari doktori, polkovnik Abdug‘ofur Sattorov va jurnalist Sadriddin Shamsiddinovning «NISO POLIGRAF» nashriyotida Zokirjon Almatov – Bir umrlik jasorat kitobini zor qiziqish bilan oqib chiqdik. Ichki ishlar sohasida katta hayot yolini bosib otgan, mustaqillikning murakkab yillarida shu tizimning birinchi rahbari bolgan insonning bolaligi, yoshligi qanday otganligi kopchilikni qiziqtiradi, albatta.

Kitobda qariyb yarim asr davomida qanday olamshumul ishlarga doxil bolingani aniq hayotiy misollar asosida batafsil hikoya qilinadi. Tabiiyki, kitobxon ongu shuurida shunday odam ham yosh, navnihol yigit bolganmi, oddiy ishlarda faoliyat yuritganmi, degan savol tugiladi. Togri, odam bir yumalab ichki ishlar vaziri bolib qolmaydi. Buning uchun hayotning past-baland yollaridan otishi, kop sinovli damlarni boshdan kechirishi kerak boladi. Asarni oqish asnosida bildikki, maktabda tengdoshlari ichida peshqadam bolgan, hatto Fidel Kastrodek jahon tanigan zotning boyniga galstuk taqqan yigitcha ToshDU (hozirgi OzMU)ning yuridik fakultetiga birinchi urinishda kirolmagan. Harbiy xizmat otab qaytganidan song Zokirjon niyatiga yetadi va ozi orzu qilgan oqishga kiradi.

Zokirjon Almatov oddiy odamlar hayotini qadrlashi, hamisha qadoq qolli insonlar tarafdori bolishiga nima sabab, deb oylardik. Ma’lum bolishicha, u kishi avval Tashavtomash zavodida ishchi, keyinchalik Toshkent shahar qurilish boshqarmasining 6-trestida beton quyuvchi vazifalarida ishlagan ekan. Demak, shundan yaxshi biladiki, bir burda non qanday mehnat evaziga topilishini, oddiy odamlar hayotini...

Zokirjon Almatov ichki ishlar tizimidagi mehnat faoliyatini Toshkent viloyatidan boshlaydi. Kitobda yozilishicha, Boy-basti kelishgan, nigohlaridan ot chaqnab turgan navqiron yigitning yuz ifodasida qatiyat, oziga nisbatan ishonch, ozgacha bir oktamlik namoyon bolib turardi. Yosh mutaxassis Toshkent viloyati IIB pasport bolimiga inspektor vazifasiga qabul qilinadi.

Bu yonalishdagi ishlarni qunt bilan organadi. Ustozlari topshiriqlarini bekamu kost bajarishga harakat qiladi. Yangi tashkil etilgan Toshkent tumani IIB pasport bolimi tamal toshini qoyish Zokirjon Almatovga ishonib topshirildi. Oradan kop otmay tuman IIB boshligi orinbosari bolganidan song uning tezkor qidiruv ishlaridagi qobiliyati ham rahbariyat tomonidan puxta tahlil qilinib, aniq yol-yoriqlar berilardi. Zokirjon Almatov tajribali ustozlari fikrlarini diqqat bilan tinglar, voqea roy bergan joyga tezlik bilan yetib borar edi. Eng muhimi, aql-idrok bilan harakat qilardi.

Mustaqillik yillarida Ichki ishlar vazirligining nufuzi muttasil yuksalib borgani keng jamoatchilikka malum. 1991 yilda vazir lavozimida ish boshlagan Zokirjon Almatovning unvoni polkovnik bolgan edi, on yil orasi u general-polkovnik darajasiga kotarildi. Bu unvonlar zamirida Zokirjon Almatovning bevosita xizmatlari mujassam, albatta.

Istiqlolning dastlabki yillarida uyushgan jinoyatchilikni tor-mor etish, avtomashina ogrilari faoliyatiga chek qoyishda asosiy yuk ichki ishlar xodimlari zimmasiga tushdi.

Kitobni oqir ekansiz, mamlakatimizning turli hududlarida sodir etilgan ogir jinoyatlarni ochishda Zokirjon Almatovning shaxsiy namunasi, oz kasbining bilimdoni ekani tasirli hikoya qilinadi. Togri, bu qonun buzilishlar osha paytlari el-yurt ichida ovoza bolgan, ular haqida kocha-koyda eshitgan edik. Kitobda esa osha jinoyatlar qay tarzda fosh etilgani dalil va hujjatlar asosida hikoya qilinadi. Boka tumanidagi Achamayli voqeasini sodir etgan jinoyatchilarni, Yangiyoldagi avtomashina ogrilari, bir necha nafar dehqonlarni oldirib, Keles kanaliga choktirgan, mol-mulkini ozlashtirgan jinoiy todaning fosh etilishida Zokirjon Almatovning boy tajribasi, voqealarni oldindan kora bilish qobiliyati aniq misollar orqali bayon etiladi.

Ichki ishlar vazirining xalqaro miqyosdagi samarali faoliyatiga kitobda maxsus boblar bagishlangan. Ozbekistonning mamlakat xavfsizligi borasidagi tajribalari Germaniya, Xitoy, Koreya Respublikasi, Turkiya davlatlari ichki ishlar vazirliklari tomonidan keng etirof etilgan. Ozbekiston Interpolga tolaqonli azo bolishida ham Zokirjon Almatovning xizmatlari alohida ekanligi hikoya qilinadi.

Toshkent shahrida tinchlik-osoyishtalikni saqlash, huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlariga zamonaviy talablar asosida sharoit yaratish vazirning asosiy maqsadlaridan edi. Zokirjon Almatov say-harakati bilan Toshkent shahar IIBB Davlat avtomobil nazorati boshqarmasining yangi binosi barpo etildi.

Ichki ishlar vazirligi tarkibida Axborot markazi faoliyatini yolga qoyish ham rahbarning diqqat markazida boldi.

Qoraqamishda Ichki ishlar vazirligi gospitali qanday bunyod etilgani, bu yerda boshqa soha xodimlari havas qiladigan sharoit yaratilgani ham Zokirjon Almatovning nomi bilan bogliq. Bu haqda kitobda mufassal bayon etilgan.

Zokirjon Almatov — Bir umrlik jasorat kopchilikda katta qiziqish uygotishiga ishonamiz. Zero, bu kitobdagi voqealar Ozbekistonning mustaqillik yillari tarixi haqida bizga qoshimcha malumotlar beradi.

Shuhrat JABBOROV,

Ozbekiston Respublikasida xizmat korsatgan jurnalist.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: