O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    May 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 31
15.05.2020

URUSh BOLMASIN DUNYoDA

Insoniyat tarixida yaratishlar, bunyodkorliklar bilan birga, urushlar, yo‘qotishlar, fojialar kop bolgan. Yozma yodgorliklarning guvohlik berishicha, songgi 6 ming yil mobaynida Yer sharida 15 mingdan ziyod urushlar sodir bolgan va ularda 4,5 milliard kishi halok bolgan.

Uch ming yillik ozbek milliy davlatchilik tarixi davomida xalqimiz 370 yil tinchlikda yashagan ekan. 200 yil Eron ahamoniylari, 180 yil grek-makedonlar, 200 yil arablar, 150 yil mogullar, 130 yil chor Rossiyasi va sovet mustabid tuzumi hukmronlik qilgan davrda xalqimiz behad jabr-zulm kordi, moddiy va ma’naviy yoqotishlar boldi, eng yomoni, xalqimiz qadr-qimmati har tomonlama kamsitib kelindi. Bu xorliklarga Chingizxon zulmini misol qilib korsatishimiz mumkin.

Taniqli olim va sayyoh Herman Vamberining yozishicha, Chingizxon Buxoroni bosib olganidan keyin uning deyarli barcha aholisini, 75 ming nafar ayolu erkak, keksayu yosh bolalarni qilichdan otkazgan. «Ariqlarda suv orniga qonlar oqdi, tirik odam qolmagan», deb yozadi olim. Samarqand bosib olinganida, yuz ming kishining boshi tanasidan judo qilingan.

Chingizxon Termizni bosib olganida, bir ayol askarlarga uni oldirmasliklarini sorab yolvoradi, tirik qolishi evaziga ichiga yutgan qimmatbaho javohirni ularga berishini aytadi. Buni eshitgan Chingizxon bu yerda yashayotgan jamiki ayollarni qilichdan otkazib, oshqozonini yorib korishga buyruq beradi va barcha ayollar ommaviy qirgin qilinadi.

Arablar, greklar, mogullar, bolsheviklar – qoyingki, barcha istilolar davri ozbek xalqi uchun nihoyatda fojiali boldi. Ayniqsa, Ikkinchi jahon urushida 2 millionga yaqin hamyurtimiz ishtirok etgan bolsa, ularning 800 ming nafari frontdan qaytmadi.

Samarqand viloyatidan taxminan 177 ming nafar kishi urushda qatnashgan bolsa, shulardan 70 ming nafari mayib-majruh bolib uyiga qaytib kelgan. Ularning 70 mingdan koprogi qaysi janggohlarda halok bolganligi haqidagi malumotlar Xotira kitobiga kiritilgan. Qolgan 30 ming nafari qayerda, qanday halok bolgan, bular haqida malumot yoq.

1942 yildan keyingi voqealarni yaxshi eslaymiz. Qoshrabot tumanining Oqtov bilan Qoratov ortasida joylashgan hududda Uchbuloq, Govxona, Qatagon degan qishloqlar bolardi. Ana shu qishloqlardan endigina 10-sinfni bitirgan 27 nafar yosh yigit urushga ketib, ulardan atigi tort nafari mayib-majruh holda qaytib keldi. Joraqul degan qarindoshimiz bir oyogidan, Qulahmad aka degan qarindoshimiz bir kozidan, Sadulla aka bir qolidan ayrilib, 20 joyidan operatsiya bolgan. Abduraim degan togamiz bir oyogidan ajralib keldi. Ularning hammasi elliginchi yillarda vafot etdi. Qatagon qishlogidan Shodiboboning Esirgap, Nahalboy, Yorlaqab ismli farzandlari urushdan qaytib kelmadi.

Urushning dastlabki kunlaridan boshlab yurtimiz aholisi, uning barcha moddiy resurslari frontga safarbar etildi. Orta Osiyo harbiy okrugi tomonidan front uchun 1941 yil iyunidan 1942 yil oxirigacha harbiy safarbarlik asosida 109 ta harbiy qoshilma tuzildi, harakatdagi armiyaga va Oliy bosh qomondonlik qarorgohi zaxirasiga 86 diviziya va brigada jonatildi.

Iqtisodiyotni jadal harbiy izga solish eng muhim vazifa edi. 1941 yil 22 iyundan boshlab ishchi va xizmatchilar uchun ish vaqtidan tashqari, majburiy qoshimcha ish joriy qilindi. Haftasiga mavjud besh kunlik orniga olti kunlik, bir kunda 11 soatlik ish kuni belgilandi. Amalda esa ish kuni 12-14 soatga chozilardi.

Urush yillarida Ozbekistonda 280 ta yangi sanoat korxonalari qurilib ishga tushirildi.

Respublikaning sanoat quvvati 1945 yilda 1940 yilga nisbatan 2 marta, neft ishlab chiqarish 4 marta, metallni qayta ishlash 4,5 marta, mashinasozlik 13,4 marta, komir ishlab chiqarish 30 marta va polat ishlab chiqarish 2,5 martaga oshdi. Kimyo sanoati ishlab chiqaradigan yalpi mahsulotlar besh baravar kopaydi.

Vaziyatning murakkabligi shundan iborat ediki, birinchidan, respublika qishloq xojaligi, asosan, paxta yetishtirishga yonaltirilgan bolib, oziq-ovqat mahsulotlari markaz fondidan keltirilar edi. Urush boshlangach, oziq-ovqat keltirish toxtadi, aholini boqish uchun ichki imkoniyatlarni izlab topish zarur bolib qoldi. Ikkinchidan, evakuatsiya qilingan aholi hisobiga shaharlar aholisining kopayishi oziq-ovqatga bolgan talabni yanada oshirdi. Uchinchidan, kuch-quvvatga tola dehqonlar frontga va harbiy sanoatda ishlashga safarbar etilgan, dehqonchilikning mashaqqatli ishlari keksalar, ayollar, osmirlar zimmasiga tushgan edi.

Ozbek xalqi ozining bagrikengligi, mehnatsevarligi va bolajonligini urush yillarida yana bir bor namoyon qildi. Front ichkarisida va urush harakatlari kuchli bolgan Ukraina, Belorussiya va RSFSRning garbiy viloyatlarida ota-onasiz va qarovsiz qolgan jami bir milliondan ziyod yosh bolalar, qariyalar va ayollarni Ozbekiston oz bagriga oldi va ularga mehr korsatildi. Toshkent shahri xotin-qizlarining tashabbusi bilan respublikamizda yetim bolalarni farzandlikka olish harakati keng tus oldi.

Respublikamizga janglarda yarador bolgan askar va zobitlar ham keltirilib, bu borada ham xalqimiz oz mehr-saxovatini korsatdi. 1941 yil Ozbekiston sogliqni saqlash xalq komissarligi tizimida 14950 oringa ega bolgan 47 gospital barpo etildi va zarur uskunalar bilan jihozlandi. Ayni paytda Moskva, Kalinin, Rostov va boshqa viloyatlardan 15900 oringa ega bolgan 48 gospital kochirib keltirilib, ishga tushirildi.

Shu tariqa Ozbekiston hukumati va ozbek xalqi urushning dastlabki kunlaridan boshlab fashizmga qarshi kurashda galaba qozonish uchun har tomonlama munosib hissa qoshdi. Front ehtiyojlari uchun Ozbekistondan yigib berilgan jami pul mablaglari 5 milliard somni tashkil etdi.

Barcha sanoat korxonalari qisqa vaqt ichida harbiy izga solinib, minomyot va avtomatlar, samolyot va tanklar uchun ehtiyot qismlari va boshqa harbiy qurollar ishlab chiqara boshladi. 1941 yilning dekabrigacha Toshkent shahridagi 137 sanoat korxonasining 64 tasi qurol-yaroglar, front uchun zarur mahsulotlar ishlab chiqarishga kirishdi.

Korxonalarda ishlayotganlarni asosan keksalar, voyaga yetmaganlar va xotin-qizlar tashkil etar edi. Urushning bir yarim yili mobaynida Ozbekiston sanoatida xotin-qizlar salmogi 29 foizdan oshgan bolsa, 1943 yilga kelib 63,5 foizni tashkil qildi.

Ozbek xalqining fidokorona mehnati tufayli urush davrida onlab GESlar ishga tushirildi, 1943 yilda eng yirik Farhod GESiga 63 ming kongilli kishi jalb etilib, 10 oy mobaynida qurib bitkazildi.

Urush davrida metallga bolgan talabni qondirish maqsadida 1942 yil 17 iyunda Bekobodda metallurgiya zavodi qurilishi boshlandi va 30 ming nafardan koproq ishchining say-harakati tufayli 1944 yil 5 martdan boshlab mahsulot bera boshladi.

Urush boshqa respublikalar singari Ozbekiston aholisining ham turmush darajasini ogirlashtirdi. Oziq-ovqat tanqisligi vujudga keldi. Shaharlarda oziq-ovqatlarni, sanoat mollarini kartochka asosida taqsimlash joriy etildi. Ishchi va xizmatchilarga kuniga 400-500 grammdan, oila azolariga esa 300 grammdan non berish belgilandi. Amalda esa aholi belgilangan meyorlardan ham kam non olardi. Gosht, yog, baliq, makaron, yormalar ham meyorlangan tartibda taqsimlanar, kop hollarda kartochkada korsatilgan miqdorda berilmas edi.

Qishloq aholisi ishlagan mehnat kunlari uchun deyarli haq olmas edi. Ana shu tariqa urush yillarida xalqimiz juda ogir kunlarni boshidan kechirib, mislsiz zahmatlar chekdi.

Prezidentimiz aytganiday, keksayu-yosh, onalarimiz, opa-singillarimiz ozi yemay-ichmay topgan nasibasini azob-uqubatlar chekib, frontga jonatganini, fidoyilik korsatganini esdan chiqarib boladimi?

Ozbekistonda tuzilgan 21- va 44-otliq askarlar diviziyasi, 258-oqchi diviziya askarlari Moskva ostonalaridagi janglarda dushmanning 9 mingdan koproq askar va zobitlarini yer tishlatib, 137 aholi maskanini ozod etdi, birinchilardan bolib Upa daryosiga chiqib, koplab jangovar texnikani qolga tushirdi. Bu diviziya Moskva yaqinidagi Kaluga shahrini ozod etishda korsatgan matonati uchun Gvardiyachi diviziya unvoniga sazovor boladi.

Ozbek qizi Zebo Ganiyeva Moskvadagi teatr sanati institutida oqir edi. Urush boshlangach, u oz yurti Andijonga qaytib kelishni emas, frontda jang qilishni afzal kordi. Tez orada mohir mergan va razvedkachi bolib yetishdi. Uning harbiy qismi Moskva-Volga kanali boylab joylashgan edi. Bu mergan qiz 1942 yilning 25 mayigacha 23 nafar fashistni yer tishlatdi, 16 marta razvedkaga borib, dushman togrisida qimmatli malumotlar olib keldi. 1943 yil avgustda Demyanskda bolgan jangda u ogir yarador bolib, 33 marta jarrohlik operatsiyasini boshidan otkazadi va bardosh berib, tirik qoladi.

Urush yillarida ozbekistonlik jangchilardan 1753 nafari Moskva mudofaasi uchun, 2738 kishi Stalingrad mudofaasi uchun medali, shuningdek, 5931 kishi Varshavani, 6846 kishi Pragani, 804 kishi Belgradni, 2430 kishi Budapeshtni, 2000 kishi Venani, 1706 kishi Berlinni ishgol qilishda jasorat namunalarini korsatgani uchun medallar bilan taqdirlandi. 109208 jangchiga Germaniya ustidan qozonilgan galaba uchun medali topshirildi.

Xalqimiz ogil-qizlaridan 200 mingdan ziyodi jang maydonlarida qahramonlik namunalarini korsatgani uchun orden, medallar bilan taqdirlangani, 301 nafar ozbekistonlik jangchiga qahramonlik unvoni berilgani ularning galabaga qoshgan ulkan hissasidan dalolat beradi.

Shuning uchun Ikkinchi jahon urushiga qanday qaralmasin, bu urush qaysi goya ostida va kimning izmi bilan olib borilgan bolmasin, oz vatani, el-yurtining yorug kelajagi, begubor osmoni uchun jang maydonlarida halok bolganlarni, oz umrlarini bevaqt xazon qilgan insonlarni doimo yodda saqlaymiz.

Ikkinchi jahon urushida Germaniyaning ozida 13,6 million odam halok boldi. Amerikadan 400 ming, Angliyadan hammasi bolib 370 ming kishi halok boldi.

Mudhish va ayovsiz urushlar takrorlanmasligi uchun uning ildizlari yana unib chiqishining oldini olish eng dolzarb, eng muhim muammo bolib qolayotganiga jiddiy etibor qaratgan holda, bugungi shiddatli zamonda loqayd va beparvo bolmasdan, yurtimizda, mintaqamizda, Yer yuzida sodir bolayotgan voqea va hodisalarga daxldorlik hissi bilan munosabatda bolish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Jahonda roy berayotgan notinchlik, dunyoni bolib olish maqsadida atayin tashkil etilayotgan turli xil mojarolarni xalqimizga, ayniqsa, yosh avlodga togri tushuntirish, ular qalbida vatanparvarlik, iymon-etiqod tuygularini shakllantirish biz, ziyolilarning asosiy vazifamiz bolmogi kerak.

Sayfulla SUYuNOV,

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti dotsenti,

Komila SUYuNOVA,

Samarqand tibbiyot instituti oqituvchisi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: