O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
25.02.2020

QULAY VA SAMARALI XIZMATLAR

Milliy matbuot markazida O‘zbekiston fermer, dehqon xojaliklari va tomorqa yer egalari kengashi rahbariyati ishtirokida «Fermer, dehqon xojaliklari va tomorqa yer egalarini qollab-quvvatlash borasida otgan davr davomida amalga oshirilgan ishlar» mavzuida matbuot anjumani bolib otdi.

Ma’lumki, 2018 yilda Ozbekiston fermer, dehqon xojaliklari va tomorqa yer egalarini qollab-quvvatlash jamgarmasi tashkil etilgan. Jamgarmaning maqsadi fermer, dehqon xojaliklari va tomorqa yer egalari hamda Tomorqa xizmati MChJlarni moliyaviy jihatdan qollab-quvvatlashdan iborat.

Matbuot anjumanida 2018 – 2019 yillarda jamgarma fermer, dehqon xojaliklari, tomorqa yer egalari hamda Tomorqa xizmati masuliyati cheklangan jamiyatlarini moliyaviy qollab-quvvatlashga 305.9 milliard som yonaltirilganligi takidlandi. Buning natijasida gidroponika usulidagi issiqxonalar, intensiv boglar, meva-sabzavotlarni saqlash uchun sovitish tizimiga ega omborlar qurildi. Birgina tomorqa yer egalariga 200,5 milliard som imtiyozli kredit ajratilib, 7499 xonadonda 172 gektardan iborat issiqxona barpo etildi. Bundan tashqari, 1860 xonadonda 909 mingdan ortiq zotdor parranda, qariyb 300 xonadonda 23 mingdan ortiq asalari qutilari, 177 xonadonda 10 mingdan ortiq quyon, 1127 xonadonda 18 mingdan ortiq naslli qoy parvarishlanmoqda. Ushbu jarayonda 21 mingdan ortiq yangi ish orni yaratildi.

Ushbu jamgarma ikki yildan buyon yuzlab tomorqa egalariga turli yonalishlar boyicha kreditlar berdi, endilikda esa lizing xizmatlari korsatishni yolga qoymoqda. Bunda jamgarma tomorqa yer egalariga yoki boshqa mulkdorlarga mini-texnikalar, motokultivatorlar yetkazib beradi. Shu maqsadda har bir viloyatga bir milliard somdan mablag ajratilmoqda. Joriy yilga kelib, boglarni lizingga berish tizimi rejalashtirilgan. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 yanvardagi Oilaviy tadbirkorlikni qollab-quvvatlash dasturlari doirasida bogdorchilik, uzumchilik va issiqxona xojaligini rivojlantirish chora-tadbirlari togrisidagi qaroriga asosan intensiv bog va tokzorlar barpo etish, issiqxonalar qurish ishlari jamgarma tomonidan amalga oshirilishi hamda intensiv bog, tokzorlar va issiqxonalar jamgarma tomonidan kredit yoki lizing shartlari asosida berilishi belgilab berildi.

Shuningdek, tumanlarda foydalanilmay turgan yerlarda bog yaratildi. Aholi talablari inobatga olinib, yerlar lizing asosida berildi. Bunda qilingan xarajatning 30 foizi oldindan tolanadi. Mablagning qolgan qismi 3 yil davomida qoplab beriladi. Bunday amaliyot issiqxonalarni lizingga berishda qollanilishi rejalashtirigan.

Ozbekison fermer, dehqon xojaliklari va tomorqa yer egalari Kengashining raisi orinbosari, fermer, dehqon xojaliklari va tomorqa yer egalarini qollab-quvvatlash Jamgarmasining ijrochi direktori Tolqin Sattorov tizimda olib borilayotgan bir qator ishlar haqida gapirdi:

2018-2019 yillarda jamgarma tomonidan kredit ajratish maqsadida tijorat banklariga joylashtirilgan resurslar jami 282,3 mlrd.som bolib, hamkor banklar, yani Agrobank 141,4 mlrd.som (50 foiz), Mikrokreditbank 43,2 mlrd.som (15,4 foiz), Xalq banki 97,16 mlrd. som (34,6 foiz) oz kredit mablaglarini ajratdi. Birgina Samarqand viloyati Tomorqa xizmati MChJ hamda fermer xojaliklariga ajratilgan ulush va kredit evaziga erishilgan natijalarga keladigan bolsak, jamiyat tomonidan ajratilgan 14,8 yer maydoni hududida uzumzor va intensiv boglar tashkil etildi hamda 2486 tomorqa yer egasiga 33,3 mlrd. som ajratildi, 1070 ta yangi ish orni yaratildi. Yoki Andijon viloyatidagi Dardoq tomorqa xizmati MChJga 470,0 mln. som ulush ajratilgan.

Tadbir doirasida jamgarmaning joriy yil uchun ham bir qator vazifalari belgilab olindi. Jumladan, 2020 yilda Fargona, Andijon va Namangan viloyatlarining yigirmadan ortiq tumanida 31 qishloq xojaligi kooperativi tashkil etiladi. Tashkil etiladigan kooperativlarga kam taminlangan va ishsiz fuqarolarni tanlab olish va biriktirish boyicha aholi bandligiga komaklashish markazi tomonidan royxat shakllantiriladi. Mazkur royxatga kirgan fuqarolar kooperativ azolari sifatida ish bilan taminlanadi. Bu esa fuqarolarning moddiy farovonligi oshishiga xizmat qiladi.

— Yaqinda aynan fermer xojaliklari va tomorqa yer egalari, endi bogdorchilikka kirib kelayotgan mustaqil dehqonlar, jamoatchilik tuzilmalari, soha mutaxassislari va keng omma foydalanishi uchun. Aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, yopiq va ochiq maydonlarda mahsulot yetishtirish nomli kitob chop etildi. Qollanmada yer egalarining ekin maydonlaridan samarali foydalanish ishlarini tizimli tashkil etish, dehqon xojaliklari va tomorqa yer egalarida ekin ostirish, chorva va parranda parvarishlash madaniyati, ularni kasalliklardan saqlash kabi muhim chora-tadbirlar oz aksini topgan. Butun respublika boylab, bepul tarqatilgan uslubiy qollanma albatta xalqimizni yanada mohir, tadbirkor va oz ishining ustasi bolishida hissa qoshadi, deydi Ozbekiston fermer, dehqon xojaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi ish yurituvchisi Jahongir Rahmonov.

Tadbir davomida, Jamgarma bundan keyingi faoliyatida raqamli iqtisodiyotdan yanada keng va samarali foydalanish, malum darajadagi qogozbozliklarga barham berish, fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida masofaviy, elektronli va arxivlash tizimlari yolga qoyilayotgani ham takidlab otildi.

Tadbir songida ommaviy axborot vositalari vakillari sohaga oid savollarga javob oldi.

Cholponoy AHMEDOVA,

Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar

universiteti talabasi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: