O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
11.02.2020

ENDILIKDA ILMIY UNVONLARNI MUSTAQIL BERISH VAKOLATI 30 OLIY TALIM MUASSASASIGA

hamda Fanlar akademiyasi tavsiyasi asosida ilmiy-tadqiqot muassasasi kengashlariga berilmoqda

Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya komissiyasi tomonidan matbuot anjumani otkazildi.

Unda Oliy attestatsiya komissiyasi OAK faoliyatidagi tizimli ishlar, natijalar va ustuvor vazifalar, tizimga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, rivojlantirish, hujjatlar ijrosi, murojaatlar bilan ishlash va ijro intizomini mustahkamlashga doir masalalar xususida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, matematika, kimyo va geologiya kabi fanlar yonalishida erishilgan asosiy natijalar, kelgusidagi muhim vazifalar haqida soha mutaxassislarining maruzalari tinglandi.

– Bugungi kunda mamlakatimiz hayotining barcha jabhalarida kechayotgan yangilanish va ozgarishlar ilm-fan, talim sohasida ham yuqori darajalarda boy korsatmoqda, deydi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi Ahmadbek Yusupov. Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash, attestatsiyadan otkazish masalasiga yuksak darajada etibor qaratilmoqda. Xususan, 2013-2019 yillar davomida 3 ming 450 nafar talabgorning 1 ming 175 nafari fan doktori, 2 ming 275 nafari falsafa doktori ilmiy darajalariga tasdiqlandi. Shulardan fan doktori ilmiy darajasiga tasdiqlangan talabgorlarning 787 nafari, falsafa doktori darajasida tasdiqlanganlarning esa barchasi, yani 2 ming 275 nafari 2017 yil 1 iyuldan keyingi davrda ilmiy darajalarga erishdilar.

Yana shuni qoshimcha qilib aytish mumkinki, 2017 yil 1 iyulga qadar respublikamizning oliy talim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida 40 ilmiy kengash faoliyat yuritgan bolsa, endilikda ularning soni 160 tani tashkil qilmoqda. Otgan 2019 yilda Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatida jami 1612 attestatsiya ishi korib chiqildi. Jumladan, 321 fan doktori ilmiy darajasi, 1139 falsafa doktori ilmiy darajasi, 131 professor, 82 nafar katta ilmiy xodim va 417 nafar talabgor dotsent ilmiy unvonlariga tasdiqlandi. 2 fan doktori, 28 falsafa doktori diplomlari nostrifikatsiya qilindi. Qolaversa, 41 attestatsiya ishiga esa rad javobi berildi. Yana bir etiborga molik masala shundaki, fan doktori ilmiy darajasiga tasdiqlanganlarning 33 foizini, falsafa doktori ilmiy darajasiga tasdiqlanganlarning 37 foizini ayollar tashkil etmoqda. Shu bilan birga himoya qilingan barcha dissertatsiyalarning ilmiy natijalari amaliyotga joriy qilindi.

Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va innovatsion taraqqiyotini jadallashtirishda ilmiy va ilmiy-pedagogik salohiyatni takomillashtirish, samarali ilmiy faoliyatni ragbatlantirish, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar attestatsiyasini tashkil etish sifatini oshirish boyicha bir qator takliflar ishlab chiqildi.

Prezidentimizning 2019 yil 11 iyuldagi «Oliy va orta maxsus talim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari togrisida»gi qarori ijrosini taminlash yuzasidan innovatsion xususiyatga ega tadqiqotlarni yanada rivojlantirish, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini chuqurlashtirish, ilmiy natijalarni amaliyotga tezkor joriy etishning samarali mexanizmlarini yolga qoyish, yoshlarning ilmiy faoliyatga qiziqishlarini yuksaltirish va ragbatlantirish, ilmiy faoliyat nufuzini kotarish maqsadida Binar (ikkitalik) himoya tizimi asosida ilmiy ishlanma yaratgan falsafa doktori (PhD) yoki unga tenglashtirilgan ilmiy darajasiga ega talabgorga fan doktori (DSc), ilmiy natijalarni amaliyotga tatbiq etgan talabgorga falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarni berish tartibi joriy etilmoqda.

Bundan tashqari, attestatsiya sohasida oliy talim va ilmiy-tadqiqot muassasalari mustaqilligiga erishish uchun dotsent, katta ilmiy xodim va professor ilmiy unvonlarini mustaqil berish vakolati tajriba tariqasida oliy talim muassasalari reytingi boyicha yuqori turuvchi 30 ta oliy talim muassasasiga hamda Fanlar akademiyasi tavsiyasi asosida ilmiy-tadqiqot muassasasi kengashlariga berilmoqda.

Shuningdek, raqamli iqtisodiyot talablaridan kelib chiqqan holda, elektron hujjat aylanish tizimini attestatsiya jarayoniga joriy etish uchun 5 dasturiy taminot ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilmoqda. Bular:

ilmiy darajalar uchun attestatsiya ishlari;

ilmiy unvonlar uchun attestatsiya ishlari;

ilmiy kengashlar, oliy va ilmiy tadqiqot muassasalari kengashlari bilan yozishmalar;

ilmiy kengashlarning Oliy attestatsiya komissiyasi veb-saytidagi yagona portali;

amaldagi dissertatsiya ekspertizasi bilan bir qatorda dissertatsiya matnini Internet tarmogiga joylashtirish orqali ilmiy jamoatchilikning elektron ekspertizasi.

Bundan tashqari, ilmiy natijalarni chop etish tavsiya etilgan milliy ilmiy nashrlar royxati bekor qilinmoqda. Bundan maqsad esa barcha nashrlarga teng sharoit yaratishdir.

Shuningdek, tadbirda, xorijiy davlatda ilmiy daraja va ilmiy unvon olganlik togrisidagi hujjatni tan olish tartibi tubdan qayta korib chiqilib, jarayon Davlat xizmatlari agentligi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida amalga oshirilishi yolga qoyilayotgani togrisida ham malumotlar berildi.

Toshtemir XUDOYQULOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: