O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Fevral 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 1
14.01.2020

AHOLINI ROYXATGA OLISh

jamiyat va shaxs uchun nima beradi?

Jahon amaliyotida aholini ro‘yxatga olish muhim chora-tadbilardan biri hisoblanadi. Uni otkazish mamlakatda istiqomat qilayotgan fuqarolar, xorijiy fuqarolar, fuqaroligi bolmagan shaxslar va ularning uy-joylari haqida toliq ma’lumotlar jamlashni kozda tutadi. Bunday tadbirni amalga oshirish keng kolamli ish bolib, qolaversa, ham mablag, ham malakali inson resurslarini talab etadi. Shu bois unga taraddud bir necha yil oldindan boshlanadi. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 feraldagi farmoniga binoan mamlakatimizda ham 2022 yilda aholi va uy-joy fondini royxatga olish ishlari otkaziladi. Qayd etish joiz, mazkur tadbir Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2015 yil 10 iyundagi maxsus rezolutsiyasiga asosan amalga oshiriladi. Ozbekiston Respublikasi Davlat statistika qomitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktori orinbosari, iqtisod fanlari doktori, professor Nizomiddin Haydarov bilan suhbatda aholini royxatdan otkazishning tarixi, maqsad-mohiyati, yurtimizda bu borada otadigan tadbirning oziga xos jihatlari haqida soz boradi.

– Nizomiddin Hamroyevich, aholini royxatga olishning obyektiv zarurati nimada?

Davlatimiz rahbarining otgan yil 5 fevraldagi “Ozbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini royxatga olishni otkazish konsepsiyasini tasdiqlash togrisida”gi farmoni asosida tashkil etiladigan mazkur tadbir tizimli va yaxlit davlat statistika kuzatuvi ostida bolib, undan kozlangan bosh maqsad ayni paytda mamlakatda istiqomat qilayotgan aholining real soni va tarkibi haqidagi malumotlar majmuasini shakllantirishdan iborat. Jamlangan malumotlar asosida butun jamiyat va uning markaziy ozagi bolgan davlatning qisqa, orta va uzoq muddatli strategik rejalarini qabul qilishga zamin yaratiladi. Xususan, ijtimoiy-iqtisodiy, demografik, hattoki, har bir viloyat, shahar va tuman byudjetlari daromad manbalarining prognoz korsatkichlari ham qamrab olinishiga imkoniyat yaratiladi. Royxatga olish natijalariga tayanib, qayerda va qancha yangi maktab, maktabgacha talim muassasalari, shifoxonalar uchun binolar, kadrlarni tayyorlash, uy-joylar qurish, shuningdek, qayerdan yangi taransport yonalishlarini belgilash kabi muhim masalalarga oydinlik kiritish mumkin boladi.

Aholini royxatga olish dunyo mamlakatlarida qachondan boshlangan, bizning olkamizda-chi?

Tarixiy manbalarga kora, aholini royxatga olish jarayoni qadimiy davrlarga borib taqaladi. Aniqrogi, davlatchilik shakllanishi bilan aholini oz davriga mos ravishda royxatga olish jarayoni boshlangan. Dastlab qadimgi Misrda, Afinada, Rimda va Xitoyda shakllangan, keyinchalik Yevropa mamlakatlarida ham yolga qoyilgan.

Olkamiz aholisi ana shunday chora-tadbirlarda 9 marotaba ishtirok etgan. Bu 1897, 1920, 1926, 1937, 1939, 1959, 1970, 1979 va 1989 yillarni qamrab oladi. Tarixiy malumotlarga qaraganda, 1937 yilda otkazilgan royxatga olish barcha talablarga binoan tashkil etilgani bois, uning natijalari sotsialistik tuzum talablariga toliq javob bermagan. Xususan, mamlakatda otgan davrdagiga nisbatan aholi soni qisqargan va dinga etiqot qiluvchilar soni keskin kop bolgan. Shuning uchun bu natijalar keng ommaga, ayniqsa, xorijiy mamlakatlarga oshkor qilinmagan va 1939 yili yana bir bor otkazilgan. 1989 yili otkazilgan royxatga olish malumotlari boyicha Ozbekiston aholisi 19810077 nafarni tashkil qilgan. Shundan ozbeklar 14142475 nafarni yoki umumiy aholining 71.39 foizini tashkil etgan.

Malumki, aholini royxatga olish boyicha navbatdagi tadbir Prezidentimizning 2019 yil 5 fevraldagi farmonida qayd etilganidek, 2022 yilda bolib otadi. Mazkur tadbir ilgarigilaridan qanday jihatlari bilan farq qiladi?

Mamlakatimiz mustaqillikka erishilgandan buyon aholini royxatga olish chora-tadbirlari amalga oshirilmagani bois, 2022 yilda bolib otadigan tadbirda quyidagi tafovutlar namoyon bolishi ehtimoldan holi emas. Birinchidan, muqaddam internet va AKT dan keng omma foydalanmagan, royxatga olishning birlamchi malumotlari faqat qolda va qogozda toldirilgan. Ikkinchidan, u davrda mulk shakllari hozirgidek xilma-xil va rang-barang bolmagan. Uchinchidan, mamlakatlar ortasida aholi migratsiyasi deyarli bolmagan, hozirda bu korsatkich har tamonlama kengaydi va ozgardi.Yana bir jihati, aholining daromad manbalari kopi bilan ikkita bolgan. Hozirda bu korsatkich doirasi keskin kengaydi, daromad olayotgan aholi soni va daromad manbalari ham ancha kopaygan. Shuningdek, muqaddam millati degan korsatkich bolgan, biroq fuqaroligi degan korsatkich bolmagan. Hozirgi kunda bu korsatkich ham asosiy bandlardan biri hisoblanadi. Chunki endilikda mamlakatimizda bir necha onlab elchixona, konsullik xizmatlari, shuningdek, xorijiy investitsiyaga asoslangan minglab qoshma korxonalar faoliyat yuritmoqda. Bu mamlakatimizda xorijlik fuqarolar yoki fuqaroligi bolmagan shaxslarning kopligidan dalolat beradi.

Aholini royxatga olishga tayyorgarlik korish va amalga oshirish jarayonida qanday chora-tadbirlarning bajarilishi kozda tutilgan?

Prezidentimizning Ozbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini royxatga olishni otkazish konsepsiyasini tasdiqlash togrisidagi farmonida bu vaqtga qadar sinov asosida aholini royxatga olishga tayyorgarlik korish va uni otkazishni tashkil etish, uning natijalarini tahlil qilish va shu asosda metodologik hujjatlarni takomillashtirish chora-tadbirlari belgilab berilgan. Unga binoan Ozbekiston Respublikasining «Aholini royxatga olish togrisida»gi qonuni qabul qilinadi.

Tasdiqlangan Konsepsiyaga muvofiq, 10 kundan 60 kungacha bolgan davrda bevosita aholini royxatga olish ishlari amalga oshiriladi, yani shu davr mobaynida aholi togrisidagi malumotlar yigiladi, nazorat tekshiruvidan otkaziladi va vakolatli organ — Ozbekiston Respublikasi Davlat statistika qomitasiga umumlashtirish uchun topshiriladi. AKT va internet tarmogidan keng foydalanish hisobiga bu muddat yanada qisqarishi ham ehtimoldan xoli emas.

Qolaversa, mamlakatimizda nafaqat aholini royhatga olish boyicha mutaxassislarning amaliy konikmalari yetishmaydi, balki royxatga olinuvchilarning ham tajribalari kam. Bu holat ham mutaxassislarni tayyorlashni, targibot ishlarini muntazam va tizimli olib borishni taqozo etadi.

Aholini royxatga oluvchilar qanday tanlanadi va bu jarayon qanday moliyalashtiriladi?

Royxatga oluvchilarni tanlash eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Chunki malumotlarning togriligiga bevosita ayni ular masul boladi va shakllantirilgan malumotlar real bolishi shart. Bu jarayonga jalb etiladigan xodimlar har xil yoshda va kasbda bolishi, birinchi navbatda, Davlat statistika qomitasi va uning viloyat, shahar va tuman bolimlari xodimlari, statistika yonalishida tahsil olayotgan talabalar, magistrlar, shuningdek, tayanch doktorantlar bolishi mumkin.

Yoshi va kasbidan qati nazar, aholini royxatga oluchilar uchun qisqa muddatli oquv kurslari tashkil etiladi va zarurat tugilsa, ularga qoshimcha maslahatlar beriladi.

Aholini royxatga olish tadbirlarini otkazish bilan bogliq xarajatlar amaldagi hujjatlarga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq belgilanadi. Jarayonni davlat byudjeti mablaglari va qonun bilan taqiqlanmagan boshqa mablaglar hisobiga moliyalashtirish kozda tutilgan.

Aholini royxatga olish davomida olingan malumotlarning maxfiyligi kim tomonidan va qanday taminlanadi?

Jahon tajribasiga tayanib aytadigan bolsak, aholini roxatga olishning bir necha tamoyillari mavjud. Shulardan biri malumotlarning sirlilik va daxlsizlik tamoyili, deb ataladi. Bir soz bilan aytganda, har qanday shaxs haqidagi malumot, ayni shu maqomdagi boshqa shaxs uchun qatiy sirligicha qolishi zarur. Shu bois bu jarayonda ishtirok etuvchi xodimlar royxatga olinuvchilar haqidagi malumotlar sirliligini taminlashni kafolatlash boyicha yozma tilxat beradi. Olingan malumotlar esa faqat royxatga olishning markazlashgan xizmat byurosi, yani Davlat statistika qomitasi huzurida tashkil etiladigan yigma markazga taalluqli boladi, xolos. Bu yerda shaxsiy malumotlarning nafaqat boshqa shaxslar, balki ushbu tadbir bilan bevosita bogliq bolmagan davlat xodimlariga ham daxlsizligi saqlanib qoladi. Muxtasar aytganda, 2022 yilda aholini royxatga olish konsepsiyasining 22-bandida qayd etilganidek, Royxatga olish varaqalaridagi aholi togrisidagi shaxsiy malumotlar foydalanilishi cheklangan maxfiy axborot hisoblanadi, tarqatishga yol qoyilmaydi va faqat statistik maqsadlarda qayta ishlanadi.

Yakuniy natijalar bilan qanday tanishish mumkin?

Amaldagi meyoriy hujjatlarga binoan, yakuniy malumotlarni uch tilda elon qilinishi kozda tutilgan. 2022 yilda aholini royxatga olishni otkazishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturining 27- bandida aholini royxatga olish natijalarini rasmiy chop etish, tarqatish, axborot bilan taminlash va elon qilish, aholini royxatga olishning dastlabki va yakuniy malumotlarini arxivda saqlashga tayyorlash muddati 2024 yil 1 dekabrga qadar, deb korsatilgan. Korib turganimizdek, malumotlar bilan tanishishning oxirgi chegara muddati belgilangan. Biroq, biz agarda tezkor faoliyat yuritsak, ushbu muddatdan oldin ham elon qilish imkoniyatiga ega bolamiz.

Umuman olganda, mamlakatimizda 2022 yilda otkazilishi rejalashtirilayotgan aholini royxatga olish natijalari nafaqat davlatimiz manfaati uchun, balki BMT bu borada jahonda otkazayotgan tadbirining tarkibiy qismi sifatida dunyo hamjamiyati uchun ham ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahamiyatga ega boladi.

Abdurauf QORJOVOV,

sharhlovchi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: