O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Fevral 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 1
14.01.2020

Farzandimning dostlari qalbim malhami

Abu Abdullah Jafar ibn Muhammad Rudakiy «Dunyoning shodligi yig‘ilsa bugun, dostlar diydoridan bololmas ustun»

Arastu:Dostlik— hayot zarurati, chunki umri garchand rohat-farogatda otsa ham hech kimsa hayotini dostsiz otkazishni istamaydi

Gyote:Kimki dunyoda dostlari borligini bilmas ekan, dunyo ham uni bilishni istamaydi

Buyuklarning bu nodir sozlarini qayta-qayta oqib, bolaginam Feruzaxonning qanchalik dosti kopligini, uni dostlariga bolgan mehrini, oz ornida dostlarini Feruzaxonga bolgan samimiy mehrini eslab, bir tomondan qalbim larzaga keladi, ikkinchi tomondan konglim biroz taskin topadi. Darhaqiqat, Feruzaxon dostlikni va dostlarini nihoyatda qadrlar edi, ularning xursandchiligiga ham, xafaligiga ham sherik edi. Xizmat safarida chet ellarda bolganimizda Feruzaxon Germaniyada va Hindistonda ham koplab turli millatga mansub bolgan turli davlat vakillari orasida dostlar orttirdi. Ular ichida chexiyalik dosti Ratxani juda soginib, kop eslardi. Safardan song Toshkentga qaytganimizda ham Feruzaxon dostlarini soginib, xatlar yozib turardi. Dostlar bir-birlarini yangi yil, muborak hayit kunlari va oz mamlakatlarining turli bayramlari bilan tabriklab turishar edi. Xatlar va tabriknomalar she’r korinishida, ozlari chizgan rasmlar, qolda yasalgan rang-barang qutichalar korinishida bolardi. Osha xatlarning hozir dadasi bilan oqiganimizda, ularda bolaginamning dostlariga bolgan muhabbati, mehri va sadoqati yaqqol namoyon boladi. xatlar va sherlar mazmunida bolalarga xos joshqinlik, soflik, nafislik va samimiyldik nafasi sezilib turadi.

1999 yil sentabrda Hindiston safaridan qaytganimizdan song Feruzaxon Toshkentdagi 60-maktabning 8-sinfiga bordi. Sinfda 22 oquvchidan 16 nafari qizlar edi. Feruzaxon tez kunlarda barcha sinf oquvchilari bilan dostlashib ketdi. Oqishni boshida sinfdoshlaridan Sveta Chkalova, Olga Glazrina, Olesya Kim, Janna Grigoreva, keyinchalik Nodira Muxamedova, Aleksandra Privalova, Irina Mirzametova, Valeriya Nikitina, Aleksandra Yugay, Yuriy Yugay, Artem Krnsilovlar Feruzaxonni yaqin dostlariga aylanishdi. Sinf rahbari Gayana Albertovna Martirosova bolalar bilan shu darajada yaqinlashib ketgan ediki, xuddi opa-singildek edi. Gayana Albertovna doimo, hatto darslardan keyin ham oquvchilari bilan birga bolardi. Maktab nemis tilini chuqur organishga ixtisoslashganligi uchun, nemis tili darslari germaniyadan kelgan oqituvchilar Frau Ingeborg Knop va Volfgang Xorog tomonidan oqitilar edi. Feruzaxon Germaniyada xizmat safarida bolganimizda Bonn shahrining nemis maktabida oqiganligi uchun bu tilni juda yaxshi bilardi. Feruzaxon nemis tilida talaygina kitoblarni oqib chiqqandi. Shu sababli ortoqlari kopincha biznikiga nemis tilidan dars tayyorlashayotgani ustidan chiqib qolsa, ich-ichidan quvonib, barakalla qizim, dostlarga yordam berish kerak, hali bular ham senga oxshab Germaniya va boshqa nemis tilli davlatlariga borishadi, deb Feruzaxonni erkalatib qoyardi.

Kechqurunlari gaplashib otirganimizda Feruzaxon kopincha kun davomida qaysi sinfdoshiga qanday yordam bergani haqida hayajonlanib gapirardi: Bugun Sveta betobligi uchun darsga kelolmadi, undan xabar olib keldim, Jannaga dorixonadan dori olib borib berdim, sinfdoshlarimga nemis tilidan diktant yozishga yordam berdim. Keyinchalik 2002 yilning yanvarida Ollohning irodasi bilan boshimizga musibat tushganida Feruzaxon dostlari yonimizda turishdi. Ular har kuni darsdan keyin sinf rahbari Gayana Albertovna bilan biznikiga kelib, tungacha bizga hamdard bolishdi.

Otgan 18 yil davomida Feruzaxon dostlari ulgayib, oila qurib, bolali-chaqali bolib ketishdi. Ulardan ayrimlari hozir Germaniyada, Avstriyada va Rossiyada yashashlariga qaramasdan Feruzaxonni aslo unitishmadi. Feruzaxonning barcha dostlari doimo bizdan xabar olib, dardimizga malham bolishdi

Feruzaxon dostlari haqida oylar ekanman, dostlikning kuchiga, uning sehriga qoyil qolaman. Feruzaxonning dostlari xotiralari tufayli bolaginam doimo yonimda, biz bilan birga. Rimlik buyuk alloma Seneka aytganidek: Inson haqida xotira qancha yashasa, u shuncha yashaydi.

Gulasal NEMATOVA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: