O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31 1 2 3 4 5 6
10.12.2019

ISLOHOTLAR AMALDA NATIJA BERAYaPTI

O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 27 yilligiga bagishlangan tantanali marosimda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning ma’ruzasini televizorda kordim, gazetada oqidim. Jamoatchilikka qarata aytilgan har bir gapning magzini chaqishga harakat qildim. Ayniqsa, “Qonun ustuvorligi – bu davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari chiqarayotgan hujjatlar, mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari faqat va faqat Konstitutsiya hamda qonunlarga muvofiq bolishi shart, deganidir. Shu boisdan ham barcha bogindagi kadrlar, u xoh vazir, hokim yoki oddiy fuqaro bolsin, Konstitutsiya va qonunlarni puxta bilishi, ularning ijrosini togri tashkil etishi hamda birinchi navbatda bu qoidalarga butun jamiyat azolari qatiy amal qilishi shart bolgan muhit yaratishimiz zarur”, degan sozlar yuragimdan chuqur joy oldi.

Konstitutsiyamizda shaxs, uning huquq va erkinliklari barcha narsadan ustunligi etirof etilgan, Bu ajdodlarimizning erkin hayot, farovon jamiyat va adolatli davlat barpo etishdek eng ezgu tilaklari va ulug orzulari royobidir.

Shoro tuzumi davrida fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlariga etibor davlat manfaatlaridan keyingi oringa qoyilgan. Mustaqillik yillarida qabul qilingan Konstitutsiyamizning 13-moddasiga kora, Ozbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanishi, ularga kora inson, uning hayoti, erkinligi, shani, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Lekin yillar davomida oddiy xalqning dardi ichida yigilib qoldi, uni tinglaydigan rahbarning ozi yoq edi. Mana endi, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi, joylarda Xalq qabulxonalari, Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini korib chiqish qabulxonalari tashkil etildi, uy-joy, tibbiy xizmat, mehnat qilish, migratsiya, talim, agrar soha, tadbirkorlik va boshqa-boshqa muammolar hal bola boshladi.

Bu meni, atrofimdagi hamfikrlarimni yanada quvontiradi, ayniqsa, yoshlarimizning ertangi kunga ishonchini yanada orttiradi. Chunki odamlar islohotlar samarasini kelajakda emas, balki bugun oz hayotida his etishi zarur.

Saylovlar jarayonida ulkan islohotlar borayotgani partiyalardan qoyilayotgan nomzodlar bilan uchrashuvlarda ham sezilib turibdi. Xalq Yangi Ozbekiston: yangi saylovlar formatidagi vakillik organlariga bolajak saylovdan Ozbekiston professional parlament shakllansa, deputatlar majlislarda avvalgiday qol kotarib, avvaldan tayyorlangan hujjatlarni tasdiqlashini emas, balki bu hujjatlarning xalq farovonligiga qanchalik daxldorligini bilishni istayapti.

Konstitutsiyamizda har bir shaxsning oz fikr va mulohazalarini erkin va mustaqil tarzda ifoda etishi uchun imkoniyat yaratilib, soz va etiqod erkinligi kafolatlangan. Uning har bir moddasi biz uchun dasturil¬amalga, hayotimiz qoidasiga aylanishi zarur. Buning uchun uni maktablarda, oliy oquv yurtlarida, mahalla va mehnat jamoalarida doimiy tarzda yoshlarga orgatib borishimiz lozim, deb hisoblayman.

Shu orinda Xalq talimi tizimida olib borilayotgan islohotlar togrisida bir ogiz toxtalib otmasam bolmaydi. Prezidentimiz bu boradagi barcha islohotlar birinchi navbatda jamiyatimizdagi oqituvchining mavqeini oshirishga qaratilishi lozim, degan talabni qoydi. Otgan yillar davomida oqituvchilarni majburiy mehnat va turli tadbirlarda ishtirok etishga majburlash amaliyotidan voz kechildi. Ular majburiy obuna, turli xil tashkilotlarga azolik badalini tolash, chipta sotib olish, oyligining bir qismini noqonuniy hashar orqali qaysidir tashkilotga otkazib berish kabi koplab kerak-nokerak dahmazalardan qutildi.

Ilgari xalq talimi tizimi xodimlarining ortacha oylik maoshlari respublikadagi ortacha oylikdan anchagina pasayib ketgan edi. Endilikda alohida qaror bilan pedagoglarning oyliklari oshirildi. Ushbu jarayonni tizimli ravishda olib borish uchun 2030 yilgacha xalq talimi tizimini rivojlantirish konsepsiyasida ham oqituvchilarning oyliklari bosqichma-bosqich oshirib borish rejalashtirilgan. Biz albatta bunday islohotlardan xursandmiz.

Xurshida RIZAYeVA,

Samarqand shahridagi 37-ixtisoslashgan

davlat umumtalim maktabi oqituvchisi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: