O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31 1 2 3 4 5 6
09.12.2019

OZOD VA ERKIN HAYoTIMIZNING MUSTAHKAM POYDEVORI

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 27 yilligi munosabati bilan 7 dekabr kuni “Ozbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida tantanali marosim bolib otdi. Unda davlat va jamoat arboblari, ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat, san’at va sport namoyandalari, keng jamoatchilik, yurtimizda faoliyat korsatayotgan diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev xalqimizni ushbu qutlug ayyom bilan muborakbod etib, Asosiy Qonunimizda belgilangan fuqarolarning huquq va manfaatlari, mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat, erkin fuqarolik jamiyati barpo etish yolidagi ustuvor yonalishlar haqida maruza qildi.

Ozbekiston yangi taraqqiyot yolidan olga ildamlamoqda. Barcha sohada jadal suratda olib borilayotgan islohotlar, avvalo, xalqimiz farovonligini yuksaltirishni maqsad qilgan. Oziga xos yil sarhisobiga aylangan Konstitutsiya bayramida yakunlanayotgan yilda bajarilgan ishlar koz oldimizdan otadi, nimalarga erisha oldigu, qaysi vazifalarni uddalashda sustkashlikka yol qoyildi, degan savol kondalang boladi.

Davlatimiz rahbari oz maruzasida shu masalaga etibor qaratdi. Mamlakatimizda qonuniylikni taminlash, davlat va jamiyat boshqaruvida, kundalik hayotimizda ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini qaror toptirish, xalqimizni rozi qilish borasidagi vazifalarga toxtaldi.

Asosiy Qonunimizda inson, uning hayoti, erkinligi, shani, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat sifatida belgilangan. Mamlakatimizda bundan uch yil oldin xalq bilan muloqotning mutlaqo yangi shakli – Xalq qabulxonalari tashkil etilgani fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda muhim omil bolayotganini takidlash joiz. Bugun barcha darajadagi davlat idoralarida murojaatlar bilan ishlash, odamlarni tinglash, muammolarini hal etish birinchi darajali masalaga aylandi. Odamlarda adolatga, qonun ustuvorligiga ishonch ortdi. Eng muhimi, yurtdoshlarimizda yon-atrofidagi muammolarga, ijtimoiy jarayonlarga nisbatan daxldorlik tuygusi kuchaydi.

Lekin shu bilan birga qonunlarning mukammal ishlashi, shaxs, jamiyat va davlat ortasidagi munosabatlar tola royobga chiqishi, soddaroq aytganda, islohotlar hayotimizda oz ifodasini topishi uchun fuqarolarda huquqiy ong va madaniyat shakllangan bolishi zarur. Fuqarolarda, barcha bogindagi rahbarlarda Konstitutsiya va qonunlarga itoat tuygusi qaror topsagina jamiyatimiz ozgaradi, hayotimiz yanada farovon boladi.

Prezidentimiz oz maruzasida qonun ustuvorligini taminlash demokratik huquqiy davlatning bosh mezoni hisoblanishi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari ishlab chiqayotgan hujjatlar, mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari faqat va faqat Konstitutsiya hamda qonunlarga muvofiq bolishi shartligini alohida takidladi. Konstitutsiya va qonun ustuvorligiga erishishda jamoatchilik nazoratidan samarali vosita yoq ekani, qonuniylikni qaror toptirish, qonun buzilishiga qarshi kurashish borasida jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari uygongani qayd etildi.

Jamiyatda huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish borasidagi ishlarni uzluksiz davom ettirish, bu boradagi konikmalarni farzandlar tarbiyasiga bolalikdan singdirish kerakligiga etibor qaratildi.

Bosh qomusimizda belgilangan insonparvar tamoyillar tola amalga oshirilmoqda. Songgi yillarda Prezidentimizning jinoyat sodir etganlarni afv etish boyicha 8 ta farmoni qabul qilinib, 4 mingdan ziyod shaxs jazoni otash joylaridan ozod qilindi.

Konstitutsiya bayrami arafasida davlatimiz rahbari yana bir shunday farmonga imzo chekdi. Unga binoan, jinoiy qilmishiga chin dildan pushaymon bolib, tuzalish yoliga qatiy otgan 92 nafar mahkum afv etildi. Joriy yilda Jasliq qorgonidagi jazoni ijro etish koloniyasi yopilgani ham insonparvar siyosatning amaliy namunasi boldi.

Otgan uch yilda 9 ming 692 nafar, jumladan, bu yil 5 ming 868 nafar shaxs Ozbekiston fuqaroligiga qabul qilindi.

Davlatimiz rahbari huquqni muhofaza qiluvchi organlarni faqat va faqat xalq manfaati yolida ogishmay xizmat qiladigan idoralarga aylantirish zarurligini takidladi.

Ozbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. Bayram tantanasiga yigilganlar qollarini koksiga qoyib, Mustaqilligimiz qoshigiga jor boldi.

Bugungi shiddatli davrda oldimizga qoygan yuksak marralarga erishishda, xalqimiz uchun hech kimdan kam bolmagan hayot barpo etish, iqtisodiyotimizni jadal rivojlantirish, eng muhimi, mamlakatimizning rivojlangan demokratik davlatlar qatoridan joy olishida mustaqil taraqqiyotimiz, ozod va erkin hayotimizning mustahkam poydevori bolgan Konstitutsiyamiz beqiyos kuch-qudrat manbai bolib xizmat qilaveradi.

Tantanali marosimda yurtimiz sanat ustalari va yosh ijrochilar ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: