O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
15.10.2019

Ezgulikdan ezgulik paydo boladi

64 nafar o‘zbek bolasi Iroqdan Vataniga qaytarildi
Mehr... Insonlarni bir-biriga boglab turuvchi korinmas rishta. Kindik qonimiz tokilgan muqaddas zaminga ham aynan shu tuygu bilan boglanganmiz. Buni Vatanni sevish, deb ataymiz. Kichkina bolakaydan sorasangiz, “uyimni sogindim, uyimni yaxshi koraman”, deydi. Hali dunyoni anglab yetmagan godakning qalbida vatanga muhabbat tuygusi mana shunday shakllanadi. Chunki u biladi uyi, ota-onasi uning tayanchi, himoyasi, ishonchi. Demak, Vatan har birimizning otimishimiz, bugunimiz va kelajagimizdir. Muqaddas zaminni e’zozlash, himoya qilish muqaddas burchimiz sanaladi. Zero, Vatan ham bizni himoyalaydi. Bu esa yuksak sharafdir.
Otgan haftada mamlakatimiz tarixida yana bir ezgu ishga qol urildi. Mehr-2 operatsiyasi doirasida qurolli, mojaroli hududlardan biri bolgan Iroqdan 64 nafar bola Vataniga qaytarildi. Unda shaxsan ishtirok etgan hamkasblarimiz hamda jamoatchilik vakillari voqelikka oz munosabatini bildirmoqda.
Sarvar RAHIMOV,
Ozbekiston-24 telekanali muxbiri, Mehr-2 operatsiyasi shtirokchisi:
— Bugun Ozbekiston oz fuqarolarining huquq va manfaatlarini, ular qayerda bolishidan qati nazar, himoya qilishga qodir mamlakat sifatida munosib etirofga sazovor bolyapti. Dunyo ijobiy yangilik va ozgarishlar bilan yanada taraqqiy etyapti. Lekin ota murakkab, tahlikali jarayonlar bir mamlakat hududidan ikkinchisiga tahdid solayotani bor gap. Ayrim mintaqalarda odamlarning tinch-totuv hayoti xavf ostida qolyapti. Afsuski, bu jarayonlarda ayrim ozbekistonlik fuqarolar bilib-bilmay, bazi radikal kuchlarning tasiriga tushib vatangadolikka duchor bolyapti. Bunday vaziyatda davlatimiz rahbarining insonparvarlik, kechirimlilik, tinchliksevar tashqi siyosati tufayli yuzlab adashganlar yurtga qaytarilmoqda.
Bolalar... Insoniyatning eng masum, mehrga, muhabbatga munosib, gamxorlikka, parvarishga ehtiyojmand vakillari. Aslida biror mamlakatning osoyishtaligini, aholisining hayoti farovonligini shu yurtning bolalariga qarab bilsa boladi. Qolaversa, jamiyatning yosh avlodga munosabatida katta mano, ezgu umid borki, u ham bolsa, bugun bolalik davrini yashayotganlar ertaga shu yurtning egalari, shu jamiyatning faol azolari bolib ulgayadi. Binobarin, bugun bolalar qalbiga ekilgan mehr nihollari ertaga oqibat chinorlari bolib boy chozadi. Ozbekistonda bolalikning davlat darajasida muhofaza etilishi, bolalarga munosib sharoit yaratish borasida olib borilayotgan keng kolamli chora-tadbirlar zamirida ham uzoqni kozlagan maqsad mujassam. Ozbekiston bolalari. Masum, begubor, quvnoq. Mahallarimizni toldirib quvlashmachoq oynaydigan, bogchalarda biyron sozlaydigan bolalar mehrdan, muhabbatdan bahra olib ulgaymoqda.
Endi ozingiz ayting, urush ochoqlarida... Taassufki, norasidalar kattalarning xatosi jabrini tortishga majbur bolishdi. Ozbekiston rahbariyatining qatiyati va mamlakat fuqarolarini himoya qilishga qaratilgan siyosati natijasi olaroq yangi amaliyot – Mehr 2 operatsiyasiga kirishildi.
Bagdod sari parvoz davom etayotgan bir paytda Prezidentimiz topshirigi bilan tuzilgan maxsus ishchi guruhi Iroq davlati hukumati va xalqaro bolalar tashkiloti YuNISEF bilan hamkorlikda ushbu mintaqada ogir sharoitda qolayotgan ozbekistonlik fuqarolarning bolalarini Vatanga qaytarish boyicha muhim kelishuvlarni davom ettirayotgan edi. Chunki, togri yoldan adashib, boshqa davlatlar orqali urush ochoqlariga borib, xalqaro terroristik tashkilotlar todalariga qoshilib qolgan oilalarning farzandlari judayam ayanchli ruhiy va jismoniy qiyinchiliklarga duch kelgandi. Eng achinarlisi, ularning ota-onalari amaldagi Iroq davlati tuzumiga tahdid solganligi uchun 10, hatto 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan yoki umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan. Shu orinda Ozbekiston insonparvarlik tamoyilidan kelib chiqib, agar ayol kishi jinoyat sodir etgan bolsa, uning ijtimoiy holati, farzandlari va boshqa jihatlari atroflicha etiborga olinib, qonun doirasida yengilroq jazo tayinlash amaliyoti mavjudligini, umrbod qamoq jazosi ayollarga qullanilmasligini esalash kifoya. Bu ham mamlakatimizda inson, ayniqsa, ayollarning qay darajada ezozda ekanidan dalolat.
Barcha xavfsizlik choralari yuqori darajada korilgan maxsus avtobusda bolalar Bagdod aeroportiga olib kelindi. Guruh azolari birinketin ularni bortga qabul qilar ekan, yuz-kozida hadik bilan biz tomon qadam tashlayotgan kichkintoylarga ruhshunoslar, shifokorlar, enagalar peshvoz chiqishdi. Avvaliga yotsirab, opa-akalarining pinjiga yashiringan jajjilar biroz injiqlik qilishdi. Lekin iliq mehr taftini his qilganidan song, dastlabki hadiqdan asar ham qolmadi.
Shifokorlar zudlik bilan har bir bolaning holati, tana haroratigacha sinchliklab etibor berishdi. Profilaktika ishlarini boshlab yuborishdi. Bolalarning 39 nafari ogil, 25 nafari qiz. 14 nafarining eng kichigi 8 oylikdan to uch yoshgacha sutdan chiqmagan godaklar. Shunga qarab enagalar va boshqa mutaxassislarning vazifasi aniq taqsimlangan. Issiq ovqat, qaynoq choy va shirinliklarga andarmon bolgan bolalar bir muddat orom olishdi. Lekin baribir hali ichki xavotir, ona soginchi ularni tark etib ulgurmagani tez ayon boldi. Ularning har birini ovutish, konglini olish oson kechmadi.
Onasining ornini bosishga harakat qilgan enagalar bagrida murgaklar biroz mizgib ham olishdi. Biri yiglab, biri ovundi. Bir oiladan 4 ta 5 tagacha aka-singil bir-biriga dalda ham boldi. Mana shu lahzalarda bolalarning ozaro mehriga ham tasanno aytging keladi. Bu mehrni ozga yurtda tugilib, voyaga yetayotgan bolsada qondan otgan, unutilmagan ozbekona qadriyat deb atagimiz keldi. Ular hali Ozbekistonni kormagan bolsa-da, onalarining soginch tola hikoyalari orqali tasavvur qilishadi.
Yurtdan kelgan mehr tafti esa godaklarga umid baxsh etadi. Bolalardan kongil sorash bilan kechgan muloqotlarda bu murgak qalblar oz kechinmalarini bizga tola bildirgisi kelmasa-da, savollarimizga ularning qimtinibgina bergan javoblaridan ham ayonki, ozga yurtlardagi sarson-sargardonlik ularning tabiatiga ham odamovulikni solib qoygandek tuyuldi.
Shu orinda insonparvarlikka yogrilgan dastlabki Mehr operatsiyasi haqida muxtasar eslab otmoq joiz. Prezidentimizning say-harakati bilan asosan ayollar va bolalardan iborat 156 nafar vatandoshimiz Suriyaning qurolli mojaro xuruj olgan hududidan yurtimizga qaytarildi. Ularga tibbiy, ruhiy, ijtimoiy yordam korsatildi. Bir soz bilan aytganda, ona yurtimizdagi hayotdan uzilib qolgan bu insonlarning tinch hayotga qaytib, jamiyatga moslashishlari, talim va ijtimoiy dasturlarda ishtirok etishlari uchun zarur sharoit yaratildi, boshpana va ish bilan taminlash choralari korildi.
Tilimizda Ezgulikdan ezgulik paydo boladi degan mazmundagi naql bor. Mehr insonparvarlik operatsiyalariga xuddi shunday tarif bersak orinli boladi. Qayd etish joyizki, shu paytga qadar Yaqin Sharq mintaqasidagi notinch hududlardan faqat Ozbekiston, Qozogiston va Tojikiston davlatlarigina oz fuqarolarini, xususan bolalarni qaytarib oldi.
Yorug va shinam kutish zaliga qadam qoygan bolakaylarning ham kongli ravshan tortdi. Vatan haqida ilk taassurotlari ayni shu lahzalardan haqiqatga aylandi. Ularga mehr bilan boqqan nigohlarning ozi ularga ishonch, dalda, ragbat ekanligini his qilishgani aniq.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: