O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
01.10.2019

Doimo ardogimizdasiz, aziz ustozlar!

Ustozning sa’yi-harakatlari, mehnati hamda chekkan zahmati sabab hayot yo‘llarida ildam odimlaymiz. Uning qollarini tutib, ilk bor ilm olamiga sayrga chiqamiz. Undan xatolardan togri xulosa chiqarib, olga yurishni organamiz. Vaqt otib, turli tashkilot va idoralarda faoliyat yurita boshlaganimizda, yoxud oz biznesimizni yolga qoygan vaqtda sizning ogitlaringiz, nasihatlaringiz qollanmamizga aylanadi. Fursat boladi, ishdan toxtaymiz. «Ustozimga rahmat!», deb pichirlab ham qoyamiz. Biz hayotda erishgan yutuqlarimiz uchun Sizdan minnatdormiz, aziz USTOZLAR!

1 oktabr — Oqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Xalq demokratik partiyasi Toshkent shahar hamda Chilonzor tuman kengashlari, Toshkent avtomobil va yollar kasb-hunar kolleji bilan hamkorlikda bayram tadbiri otkazdi. Unda partiya vakillari, deputatlar, oqituvchi va oquvchilar ishtirok etdi.

Bugun barcha kotarinki kayfiyatda, deydi kollej direktori, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashidagi partiya guruhi azosi Jasur Qulmehammedov. Kimdir qoliga gul tutgan, boshqasi oz dil izhorlarini ustozlariga bildirishga oshiqmoqda. Oz navbatida biz ham hayajondamiz. Mehnatlarimiz samarasini korib, qadr topayotganimizdan xursandmiz.

Bu kollej bilan kopdan beri hamkorlik qilamiz, dedi Ozbekiston XDP Toshkent shahar kengashi raisi Nigora Eshmetova. Talim dargohiga kelib, turli davra suhbatlari, seminarlar, targibot tadbirlarini otkazamiz. Bugun esa kollej jamoasini ozgacha kayfiyatda kordim. Yigit-qizlar ustozlarini quchib, iliq tilaklarini bildirishyapti. Ozingiz ayting, ustoz uchun bundan ortiq baxt bormi?!

Tadbirning badiiy qismida oquvchilar tomonidan tayyorlangan koy-qoshiqlar ijro etilib, sahna korinishlari namoyish qilindi. Ayniqsa, taniqli soz ustalari hamda qiziqchilarning chiqishlari yigilganlarga manzur boldi.

Ozbekiston XDP Toshkent shahar kengashi axborot xizmati.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: