O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Dekabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
01.10.2019

MILLIY TIKLANISh GAZETASINING 37-SONIDAGI TAHLIL VA TAQQOS RUKNIDAGI MAQOLAGA MUNOSABAT

Maqsuda VORISOVA,

Oliy Majlis Senati a’zosi, O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi orinbosari:

— Ozbekiston demokratik tamoyillar asosida rivojlanishning sifat jihatidan yangi bosqichiga chiqdi. 2019 yil hammamiz dunyo oldida siyosiy imtihondan otamiz. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga bolib otadigan saylovlar aholimizning siyosiy ongi, mamlakatimizdagi siyosiy partiyalarning qay darajada shakllanganini namoyish etadi.

Jamiyatda boladigan har qanday katta tadbirlardan oldin turli fikr bildirishlar, tahlillar otkazilishi odatiy hol. Lekin ana shunday tahlillardagi malumotlar qanchalik asosli ekani siyosiy jarayonda faol ishtirok etuvchilarning yetukligidan darak beradi.

Ijtimoiy tarmoqlarda «Yuksalish» umummilliy harakati tomonidan siyosiy partiyalarning tarkibi haqidagi infografika elon qilingan. Unga asosan Xalq demokratik partiyasi faqat ehtiyojmand aholi vakillaridan (nogironlar, ishsizlar, nafaqadagilar) iborat ekani korsatilgan. Bu malumotlar qayerdan olingani partiyamizga nomalum.

Ana shu malumotlar asosida Milliy tiklanish gazetasining 2019 yil 25 sentabr 37-sonida gazeta muxbiri Ravshan Mahmudov tomonidan katta maqola elon qilingan. Maqolada respublikamizdagi 5 ta siyosiy partiyaning tarkibi yuqorida keltirilgan infografika asosida tanqidiy tahlil qilinib, ozicha xulosa ham chiqarilgan.

Eng qizigi, infografikadagi malumotlarning asosliligiga muallifning ozi ham shubha bildirgan. Lekin loaqal telefon orqali siyosiy partiyalarning mutasaddilaridan qoshimcha malumot olishni lozim topmagan. Maqola sarlavhasi Tadbirkorlar qatlami OzLiDePni tark etayaptimi? deb qoyilganiga qaramay, maqolaning yarmi tortta siyosiy partiyaning tarkibi qanchalar nochorligi haqida bolsa, qolgan yarmi OzMTDPning tarkibni shakllantirishdagi olamshumul yutuqlarga bagishlangan.

Hurmatli muallifga otkazgan tahlillari uchun minnatdorlik bildirib, bir narsaga etiborlarini qaratishni lozim, deb topdim. Siyosiy partiyalar har qanday jamiyatda aholining malum bir ijtimoiy qatlamining manfaatlarini himoya qilish uchun tuziladi va oz dasturlarini shu goya asosida yaratadi. Maqolada keltirilgan raqamlar ana shu ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini aks ettiradi.

Partiya goyalarini qollab-quvvatlovchilarni, xayrixoh bolib saylovlarda partiya uchun ovoz berganlarni elektorat, deymiz. Jamiyatning har bir azosi oz dunyoqarashi, hayotiy prinsiplarini partiya goyalariga hamohang deb topsa, unga azo bolishi mumkin. Xalq demokratik partiyasi mustaqil Ozbekistonda tashkil etilgan birinchi siyosiy partiya sifatida bugun faoliyat yuritayotgan koplab siyosatchilarga maktab bolgan. Milliy tiklanish partiyasidagi koplab faollar ham birinchi saboqni shu partiyada olishgan.

2019 yil 1 yanvar holatiga Ozbekiston Xalq demokratik partiyasining tasdiqlangan tarkibi quyidagicha: jami azolar soni 475217 nafar, ulardan ayollar 229830 (43,5 foiz), oliy malumotlilar 198138 (41,7 foiz) nafarni tashkil etadi. Shuningdek, 30 yoshgacha bolganlar 37, nafaqadagilar esa 18,4 foizni tashkil etadi. Safimizda 180 nafar fan doktori, 373 nafar fan nomzodi borligi partiyaning ilmiy salohiyati ham yetarli ekanligidan darak beradi.

Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi iqtisodiy rivojlanish orqali ijtimoiy adolat tamoyillarini mustahkamlash yoli bilan har bir fuqaroga teng imkoniyatlar yaratish, jamiyatda yuzaga kelishi mumkin bolgan ziddiyatlarning oldini olish goyalarini oldinga suradi. Bu insonparvar goyalarni amalga oshirish uchun qatiy kurash olib boradi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: