O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
03.09.2019

YULDUZLARGA YETGUNCHA

yoxud kechagi va bugungi kun xayoli

U yillari barcha yangilik radio orqali yangrardi:

«Diqqat! Diqqat! TASS» axborot beradi: Bugun, 1966 yil, 26-aprel, ertalab, O‘zbekiston sovet sotsialistik respublikasi poytaxti Toshkentda yer qimirlashi sodir boldi….

Nonushta paytidagi radio ovozi barchamizning yelkamizga sovuq suv quygandek, junjitdi, buvim shivirlab, yuziga fotiha tortdi.

Toshkent zilzilasidan song ancha otmasdan Xojaylidagi orta maktabning 9-sinfida ertalabdan bahs boshlandi.

– Yer kattakon hokizning shoxiga joylashgan, osha hokizning bitta shoxi tolib, yer ikkinchisiga otganida qimirlaydi, barchasi Ollohning irodasi bilan boladi, dedi Raim mullaning ogli Murod.

Yer yumaloq, u shoxning ustida turishi mumkin emas, deya e’tiroz qildi alochi Sarsanboy.

Bahslarimiz qizib, zilzila sabablarini bila olmay, bolalar jogrofiya muallimimiz Jumaboy ogani kutdik. Sababi, Jumaboy oga yer tagida ilon qimirlasa bilardi, uning bilmaydigan balosi yoq, deb hisoblardik bizlar.

Yer kurrasi sharsimon ekanligini va uning yadrosi qaynoq magmadan, tepasi esa bir necha qatlamlardan iborat ekanligini bilasiz. Osha qatlamlar siljishlari togrisida darsda otganmiz. Toshkentdagi zilzila ham osha qatlamlar siljishi oqibati. Bunga vahima qilish kerak emas, dedi muallim soatiga qarab. Hozir SSSR Ministrlar Kengashi raisi Aleksey Ivanovich Kosgin Toshkentga uchib keldi. Zilzila oqibatlarini bartaraf etish boyicha hukumat komissiyasi ish boshladi

Zilzila barchaning ogzidagi bosh mavzuligi ancha davom etib, yozgi tatilda maktabimiz alochilaridan tuzilgan bitta guruhning Toshkent-Almati sayyohlik marshruti bilan yakunlandi. Biz Jumaboy oga rahbarligida Toshkentni oz kozlarimiz bilan korib tinchidik

Osha yili zilziladan jabr korgan Toshkentga yordam qollarini chozayotgan saxovatli odamlar, hukumat qarori asosida yangi Toshkent qurilishlari radio, matbuotda keng yoritildi. Saxovatlar orasida toshkentlik jajji Diloromning muzqaymoq uchun yigib yurgan tiyinlarini inom etganligi togrisida Erkin Vohidovning sening tiyinlaring shohlarning inomidan afzaldir, singlim degan manodagi satrlari hamon yodimda.

Kelgusi yili Toshkentda talabalik baxti boshlandi. Barcha oliygohlarda kunduzgi oqishlarga qoshimcha kechki va sirtqi talim bolimlari ochilib, kamina Toshkent Davlat universitetida yangidan tashkil etilgan jurnalistika fakulteti kechki bolimiga qabullandim. Kechki oqishning sharti kunduzi ishlab, kechqurun oqish ekan, biz kopchilik talabalar Glavtashkentstroy degan boshqarmaning har xil qurilish trestlarida har xil kasblarda ishlardik. Oramizda matbuot, radio, televideniyeda ishlaydiganlar ham bor edi va ular asosan Toshkentda yashaydiganlar edi.

Men talabalik baxtini zilziladan song Chorsuga yaqin mahallada, Qiziltovush kochasi, 34-uyda bir muddat ijarada turib, markazdagi jin kochalar va eskirgan uylarning vayronagarchiligini korganman. Tiklanayotgan Toshkent bunyodkorligida ishtirok etganimdan va poytaxt markazidagi S-raqamli majmualar, Chilonzordagi turar-joy imoratlari, Tarix muzeyi, Vazirlar Mahkamasi, eng baland 19 qavatli mamuriy binolar qurilishlarida va keng guzarlarda mening ham barmoq izlarim borligi bilan faxrlanaman.

Eslash ertak, xotira xayol. Talabalik taassurotlarimga ham ellik yil bolayapti. Lekin bugun yangilanayotgan poytaxt jamolini kuzatarkanman, hatto kozlarimga ham ishonmayman. Chunki bunaqangi osmonga talpingan imoratlar, kopdan-kop mahobatli qurilishlar ilgari bolmagandi.

Otgan asrning yarmida Osmondagi yulduzni sanab yetaman, dema deya kuylashgan qizlar, bizning talabalik yillarimizga kelib, TashGU desam darhol tushadi esga, Sening yigit vaqting, mening qiz vaqtim deya kuylasha boshlashdi. Osha zilzila arafasida paydo bolgan bu ajoyib ashulaning dastlabki ijrochilari allaqachon kampir bolib qolgan, Ibroyim Yusupovning seviklisi Bibisoraga atalgan ushbu ashulani endi osha kampirlarning nevaralari kuylamoqda. Toshkentning qiyofasi ham ozgargandan-ozgarib bormoqda, odamlar ham ozgarmoqda, avlod yangilanmoqda. Yangi avlod dunyoga oz ovozi bilan kelayapti. Yangi avlod dunyoni yangilantiradi, oziga qulay shahar quradi. U buvilariga oxshab osmondagi yulduzlarni sanabgina qoymaydi, u yulduzlarga intilib, yaqinlashib yashashni maqul koradi.

Toshkentning bugungi osmonlarga intilgan bunyodkorligi yangi avlodning yangi turmush tarziga intilishi deb oylayman.

Men keng dunyoning ancha ajoyib shaharlarini korganman. London, Tokio, Istambul, Karachi, Qohira guzarlarini kezganman. Lekin hech biridan Toshkentchalik mehr va joziba topmaganman. Rostini aytsam, mustaqillik yillari yangidan poytaxt qurgan Qozogistonga, Ashxobodni ajoyib memorchilik namunalari asosida qurgan turkman qardoshlarimga havasim kelgan paytlar bolgan. Toshkentni yaqin qoshnilarimiz poytaxtlari bilan taqqoslardim...

Toshkent kolami va ahamiyati bilan allaqachon Markaziy Osiyoning katta megapolisi darajasida tan olinsa ham, poytaxt shaharsozligi sohasida orzularimiz kop edi. Toshkent yanada gozal, ulugvor bolishini istardik.

Bultur Misr poytaxti Qohira kochalarini kezib, uni ozimizning Toshkent bilan qiyosladim. Shaharda 30 milliondan ortiq odam istiqomat qilarkan. Bu mamlakatimiz aholisi soni bilan deyarli teng degani. Qohiraning har bir hududi oziga xosligi bilan ajralib turarkan. Misr xalqi ming-minglab yillar qudratli Nil daryosining quyi oqimini makon qilib kelgan. Buyuk Gerodotning bir paytlar O, Nil! Sen Misrning inomisan! degan sozlari bugun ham ahamiyatini yoqotgani yoq. Misr hududi qancha keng sahrolardan iborat bolsa ham, uning barcha aholisi osha hududning atigi 3 foizidan iborat daryo va dengiz sohillarida yashaydi.

Yana Toshkentga qaytaylik..

Bu yerga har safar kelganim sayin zilziladan song ozim qurgan kochalarda ozim adashib, yol sorayman. Humo sport arenasini necha marta gururlanib tomosha qilganimni bilmayman, chunki korgim kelaveradi. Toshkent siti qurilishini xayolga chomib, kelajagini koz ongimga keltirib, ich-ichimdan quvonaman. Bu shaharcha ertaga Toshkentning kozmunchogi boladi, gavhari boladi. Oldin kochalar nomini sorab, manzilni topardim, endi baland imoratlarni, baland manzillarni bilishim shart shekilli. Sababi, poytaxt tepaga, odamlar esa balandga intilmoqda.

Orozboy ABDURAHMONOV,

Ozbekiston va Qoraqalpogiston

xalq yozuvchisi.

Dormon bogi, Toshkent.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: