O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
03.09.2019

QOGOZGARLIK USTAXONASI QURILISHI BOSHLANGAN

Sanoqli kunlardan so‘ng Qoqon shahri ilk bor otkazilayotgan Xalqaro hunarmandchilik festivaliga mezbonlik qiladi.

Qoqon qadim-qadimdan ozining betakror san’ati, adabiyoti, tadbirkoru hunarmandlari bilan yetti iqlimga dong taratgan. Songgi yillarda bu borada keng kolamli ishlar amalga oshirildi. Yogoch oymakorligi, temirchilik, pichoqchilik, misgarlik, toquvchilik, beshiksozlik, sandiqsozlik kabi hunarmandchilik maktablari yanada taraqqiy etib, jahonga yuz tutdi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan Qoqon shahrida birinchi bor otkazilayotgan Xalqaro hunarmandchilik festivali bu boradagi ishlar salmogini yangi bosqichga olib chiqdi. Bu yerda dunyo xalqlari, hunarmandlari etiborini tortadigan koplab maskanlar borligi xalqaro hamjamiyatning Qoqon shahriga bolgan qiziqishini yanada oshirib, hamkorlik aloqalarini mustahkamlamoqda. Ayniqsa, hunarmandchilik, shaharsozlik tarmoqlarini rivojlantirish, usta hunarmandlarni qollab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar qadim shahar taraqqiyoti, madaniy hayotini dunyo hamjamiyatiga yaqinroq tanitish imkonini bermoqda.

– Qoqonliklar mazkur festivalni kotarinki ruh va yuqori saviyada otkazishga puxta hozirlik kormoqda, deydi Qoqon shahri hokimi Marufjon Usmonov. Festivaldan kozlangan asosiy maqsad hunarmandchilik ananalari va maktablarini saqlash, qayta tiklash, soha rivoji yolidagi ishlar kolamini ilmiy jihatdan organish, tadqiq etish, ozaro tajriba almashish, mahorat darslari tashkil etish, iqtidorli hunarmandlarni har jihatdan qollab-quvvatlashdan iborat.

Festival olti kun davom etib, unda xorijiy va mahalliy hunarmandlarning korgazma-savdosi, ilmiy-amaliy konferensiya, folklor-etnografik guruhlarning chiqishlari, xalq oyinlari, teatr tomoshalari, milliy dizaynerlarning moda namoyishlari, palov tanlovlari hamda kurash musobaqalari kabi turli kongilochar va madaniy tadbirlar otkaziladi. Asosiy tadbir Xudoyorxon ordasi va unga tutashgan madaniyat va istirohat bogi hududida bolib otadi. Bu yerda mamlakatimiz usta kulolchilik maktablari namoyandalari tomonidan mahorat darslari, treninglar tashkil etiladi. Shuningdek, Ozbekiston xalq ustasi, yogoch oymakor Muhammadali Yunusov ijodiga bagishlangan korgazma, “Dasturxonchi” madrasasida Rishton moviy gumbazi nomli kulolchilik sanati korgazmalarini otkazish rejalashtirilgan.

Bugun shaharda noyob hunarmandlik turlari ham qayta tiklanmoqda.

Takidlash joizki, orta asrlarda shaharda qogoz ishlab chiqarish hunarmandchiligi rivojlanib, Markaziy Osiyoda Qoqon qogozi nomi bilan mashhur bolgan, deydi tarixchi olim Yahyoxon Dadaboyev. Tarixchilarning etirof etishicha, Qoqon xonligidagi qogozgarlik ustaxonasi Markaziy Osiyoda faoliyat korsatayotgan yagona fabrika hisoblangan. Bunday ishlab chiqarish tarmoqlaridan biri shaharning Chorsusida, ikkinchisi Ovchi qishlogida joylashgan. Bu qogozlar ozining yuqori sifati, chidamliligi, nafisligi bilan alohida ajralib turgan. Uning Abribahor, Abrishem, Xaftarin kabi onga yaqin turlari oz vaqtida mashhur edi. Jumladan, Abribahor qogozi Misr paxtasidan ishlangan. Shuningdek, qoqonlik ustalar shoyi qogoz tayyorlashni ham bilgan. Mahsulotlar Shimoliy Afgoniston, Qashgar, Misr bozorlarigacha yetib borgan. Qolaversa, Buxoro amirligi bu mahsulotlardan qogoz pul ishlab chiqarishda foydalangan. 1863-1873 yillar Qoqonda xon ordasi bunyod etilishi munosabati bilan qogoz ustaxonalari va qogozgarlik objuvozlari Sox tumanidagi Qalacha va Tul qishloqlariga kochirilgan va otgan asrning ottizinchi yillariga qadar ishlagan.

Quvonarlisi, ushbu xalqaro festival doirasida bu kabi hunarmandchilik ananalarini qayta tiklash borasida amaliy ishlarga qol urildi. Jumladan, qogozgarlik ustaxonasini qurish uchun yer maydoni ajratilib, buning uchun 350 million som mablag ajratildi. Hozirgi kunda yosh olim va hunarmand usta Xurshidbek Begmatov qogoz tayyorlash ananalarini davom ettirmoqda.

Masudjon SULAYMONOV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: