O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
03.09.2019

ISLOM KARIMOV XALQIMIZ XOTIRASIDA

Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bagishlangan tadbir bolib otdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 25 yanvardagi «Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abduganiyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish togrisida»gi qaroriga kora, har yili 2 sentabr Islom Karimov xotirasi kuni sifatida keng nishonlanadi. Shu kuni mamlakatimizda Islom Karimovni yod etish, hayoti va faoliyati boyicha targibot tadbirlarini otkazish an’anaga aylangan.

Bu yil ham ushbu sana munosabati bilan butun mamlakatimiz boylab xotira tadbirlari otkazildi. Islom Karimov tugilib osgan va ayni paytda mangu orom topgan maskan – Samarqandda erta tongdan xotira tadbirlari boshlandi.

Viloyat hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari dastlab Samarqand shahridagi Islom Karimov maqbara-majmuasini ziyorat qildi. Quron tilovat qilindi.

Islom Karimovning davlatimiz mustaqillikka erishishi va taraqqiyoti yolidagi xizmatlari yodga olindi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Birinchi Prezidentimiz xotirasini abadiylashtirish borasida amalga oshirilayotgan keng kolamli ishlar etirof etildi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Toshkent, Samarqand va Qarshi shaharlarida Islom Karimov siymosi aks etgan haykallar ornatildi. Yurtimizdagi bir qator yirik obektlar, kochalarga buyuk davlat va siyosat arbobi nomi berildi.

Viloyat jamoatchiligi vakillari Islom Karimov maqbara-majmuasidan chiqqach, Registon maydoni yaqinida ornatilgan mustaqilligimiz asoschisi haykali poyiga gullar qoydi.

Islom Karimov mustaqil Ozbekiston Respublikasi asoschisi, ogir damlarda mamlakatda xavfsizlikni taminlab, uning taraqqiyoti uchun mustahkam poydevor qoygan shaxs sifatida yurtimiz tarixida alohida orin tutadi, deydi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti professori M.Pardayev. Bu ulug inson xalqimiz qalbidan chuqur joy oldi. Shuning uchun yurtdoshlarimiz hurmat, ehtirom bilan yodga olayotir. Bugun Samarqanddagi Islom Karimov maqbara-majmuasi va haykali ornatilgan maydon har qachongidan-da gavjum bolgani fikrimiz tasdigidir.

Tadbirda Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov sozga chiqdi.

Golib HASANOV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: