O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
20.08.2019

ACHCHIQ QALAMPIR HAQIDA ACHCHIQ HAQIQAT

Yoki ko‘rinib turgan aybini tan olish orniga tahririyatga raddiya jonatgan shovvozlar

Gazetamizning 2019 yil 26 fevral sonida qashqadaryolik fermerlardan kelgan shikoyat asosida «Achchiq qalampirning achchiq haqiqatlari yoki aldanib qolgan fermerlarni kim himoyalaydi?..» sarlavhali maqola chop etilgan edi. Biz aybdorlar xijolat tortadi, fermerlardan kechirim soraydi, ular boynida osilib qolgan qarzlarni tolaydi, deb oylagandik. Afsuski, unday bolmadi.

Qaytaga Brand Investment Group Agro MChJning yuristi tahririyatimizga raddiya kotarib keldi. Unda qisqa muddatda raddiyani e’lon qilish va korxonaga yozma javob berish ham soralgan edi. Biz korxona yuristiga qongiroq qilib, Maqoladagi masalalar isboti bilan berilgan-ku. Nimadan norozisiz?.. Biz faqat jamiyatingiz tomonidan aldanib qolgan fermerlarni himoya qildik, dedik. Biz fermerlar bilan gaplashdik. Ulardan biri men muxbirga unday demaganman, deb yozib berdi, deya bizni ayblamoqchi bolibsiz. Lekin barcha fermerlarning aytgan gaplari diktofonga yozib olinganini aytganimizda yurist yog-e, yozib olganmisizlar?, deya oylanib qoldi.

Shuningdek, tahririyatga raddiya jonatishdan oldin maqolani diqqat bilan oqib chiqish lozim edi. Chunki siz jonatgan raddiyada tanqidiy maqolaning nomi ham notogri yozilgan. Achchiq qalampirning achchiq haqiqatlari... Yoki ozi yoq qalampirni bor achchigi?... deb yangi sarlavha qoyibsizlar.

Tanqidiy maqoladagi jumlalarga ozingizcha izoh berib, ozingizni oqlashga harakat qilgansiz.

Ehtimol, ayrim jumlalar sizlarga ogirroq botgandir. Ehtimol, hech kim bizning mushugimizni pisht, demaydi, degan kayfiyatda yurgan bolishingiz mumkin. Ammo sizlarga ishonib, oziga muammo orttirib, ishdan qolib, idorama-idora sargayib yurgan fermerning ahvolini koz oldingizga keltirib kormabsiz. Afsus. Ushbu maqolani oqigan qanchalab gazetxon bunaqangi MChJlarga rahbariyat tomonidan qattiqroq jazo chorasini korish kerak, degan mazmundagi koplab qongiroqlariga javob berdik. Uyalmasdan siz ozingizni oqlash uchun birinchi, ikkinchi va hokazo, deb jumlalarni raqamlab chiqibsiz. Biz ham sizning uslubingizni qaytargan holda birinchi, ikkinchi va uchinchi jumlaga javob qaytarmoqdamiz.

Maqoladagi fikr: Ozini Umid deb tanishtirgan yigit yaqin orada kochatni yetkazib beramiz, dedi. Bahor oyi tugab, yani achchiq qalampirni ekish vaqti otib borsa hamki, qalampir kochatlaridan darak bolmadi. Umid degan goho telefonini ochirib qoyadi. Gohida umuman kotarmaydi. Shu ahvolda achchiq qalampir ekish vaqti otib ketdi, MChJ xodimlaridan darak bolmadi... shunday, deb yozgansiz:

Raddiyada buni inkor etishga urinib quyidagi etirozni bildiribsiz: Qalampir kochati tarqatish mavsumi ham xuddi paxta chigiti ekish mavsumi singari Qashqadaryo viloyati hokimligi va tuman hokimlari tomonidan tuzilgan qalampir shtabi orqali amalga oshirilgan. Korxona tomonidan kochatlarni kunlik fermerlarga yetkazib berish tuman hokimligi tomonidan berilgan buyurtmalarga asosan amalga oshirilgan. Korxona tomonidan kochatlar tumanlarga oz vaqtida yetkazilib, hokimiyat tomonidan fermerlarga ekish uchun taqsimlangan...

Bu gaplarga aniqlik kiritish maqsadida biz hokimlikka murojaat qildik. Kasbi tuman hokimligidan quyidagicha javob keldi:

... Tuman hokimligida qalampir shtabi tashkil qilinib, fermer xojaliklariga qalampir kochatlarini oz vaqtida yetkazib berilishini va fermer xojaliklariga ekish uchun taqsimlanganligini umumiy tartibda nazoratga olgan bolsa-da, Brand Investment Group Agro MChJ bilan fermer xojaliklari ortasida qalampir yetishtirib berish boyicha (kontraktatsiya) shartnomalar tuzilishiga va qalampir kochatlari yetkazib berish boyicha Kasbi tuman hokimligi tomonidan aralashuvga yol qoyilmagan.

Tuman hokimi orinbosari S.Muxammadiyev.

Maqola yuzasidan ikkinchi iddaongizni oqiymiz:

Maqolada nomlari keltirilgan Narzullayev Jaloliddin Elmurod ogli, Voha zarchashmasi hamda Shaxriyorov Eralijon Shavkatovich fermer xojaliklari tomonidan qalampir kochatini oz vaqtida olmaganlik yoki olmasliklari hamda qalampir yetishtirish boyicha tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarni oldindan bekor qilish boyicha yozma murojaatlar qilinmagan...

Raddiyangizdagi bu davoda mantiq bormi? Kop emas, ozgina oylab korgan kishi bunday deyishga uyalardi. Ular kimga va qayerga murojaat qilishi kerak edi? Birinchidan, kochat olib kelishni vada qilib, qorasini korsatmay ketgan xodim bilan ular bir necha bor telefonda gaplashishgan. Kuting, degan javobni olishgan. Keyinchalik qongiroqlarga javob bermay qoygan. Buning ustiga, fermer xojaliklari bilan qilingan shartnomangizda korsatilgan manzilingizdan biz ham tashkilotingizni topa olmadik, fermerlar qanday qilib topsin. Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani, Tinchlik QFY, Iykota mahallasida bunaqa tashkilot yoqligini aytishdi. Agar manzilingiz ozgargan bolsa, shartnoma blankasini yangilash kerak edi. Qolaversa, Qashqadaryodan Toshkent viloyatiga kelib-ketish osonmi? Fermerlarning har biri bankdan 8 million 350 ming som 20 foizlik ustamasi bilan kredit olib, sizning hisob raqamingizga kochirib bersa-da, siz vada qilingan kochatlarni olib kelib bermasangiz, ular yana xarajat qilib ortingizdan yugurib yurishi kerakmi? Sharnoma shartini bajara olmabsiz, nega ozingiz kechirim sorab, fermerlar oldiga kelmadingiz?

Maqolada fermerlardan biri aytgan gapidan misol keltiramiz: Agrobank ATB Kasbi filialidan achchiq qalampir urugini vada qilgan MChJning masul xodimi telefon raqamini olib, unga qongiroq qildim. Ozini Umid deb tanishtirgan yigit yaqin orada kochatni yetkazib beramiz, dedi. Bahor oyi tugab, yani achchiq qalampirni ekish vaqti otib borsa hamki, qalampir kochatlaridan darak bolmadi. Umid degani goho telefonini ochirib qoyadi. Gohida umuman kotarmaydi. Shu ahvolda achchiq qalampir ekish vaqti otib ketdi, MChJ xodimlaridan darak bolmadi....

Fermerlar tahririyatimizga ariza yozishdan oldin tuman, viloyat hokimliklariga va Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Kasbi tuman bolimiga yozma murojaat qilishgan. Shuncha masul tashkilotlardan birgina Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Kasbi tuman bolimidan javob xati kelgan. Unda ham sudga murojaat qiling deyilgan, xolos. Sizningcha, yana qancha joyga murojaat qilishlari lozim edi?

Maqolada shunday mulohaza bor: Sardor degan bu janob nima uchun tort kun uchrashuvni vada qilib, songra fikridan qaytdi? Bizningcha, u Brand Investment Group Agro MChJning rahbarlari bilan gaplashib, songra biz bilan uchrasha olmasligini aytganga oxshaydi. Agarda lozim topganida ozining bosh ofisi raqamini hamda rahbarining ism-familiyasini aytib, osha odam bilan uchrashib, gaplashib olishimizni maslahat bergan bolardi.

Bu fikrga ham etiroz bildiryapsiz. Yani, Sardor maqoladagi oziga tegishli gaplarni inkor etdi, deyapsiz. Biz bilan Qarshida uchrashishni ikki marta kelishib, sozida turmagan bu xodim aybini boyniga olmaganiga ishonamiz. Agarda muxbir MChJ xodimi Sardor bilan gaplashmagan bolsa, nega Qarshi shahriga borib, ikki kun uni kutdi? Qolaversa, buni isbotlash qiyin emas.

Maqola elon qilingandan song biz voqealar rivojini kutib turdik. Qashqadaryo viloyati prokuraturasidan javob keldi. Unda shunday deyilgan:

Achchiq qalampirning achchiq haqiqatlari yoki aldanib qolgan fermerlarni kim himoyalaydi? sarlavhali maqolada keltirilgan holat organildi.

Aniqlanishicha, Narzullayev Jaloliddin Elmurod ogli fermer xojaligi bilan Brand Investment Group Agro MChJ ortasida 04.05.2018 yilda 6-sonli shartnoma tuzilgan.

Shartnomaning 2.12-bandiga muvofiq Narzullayev Jaloliddin Elmurod ogli fermer xojaligi tomonidan yetkazib berilishi lozim bolgan qalampir kochati uchun oldindan 100 foiz (7 975 000 som) tolov amalga oshirilgan.

Biroq Brand Investment Group Agro MChJ tomonidan shartnomaning 2.1.1-bandini buzgan holda qalampir kochati yetkazib berilmaganligi uchun fermer xojaligi tomonidan mahsulot topshirish imkoni bolmagan.

Shunga kora, Kasbi tumani prokuraturasi tomonidan Narzullayev Jaloliddin Elmurod ogli fermer xojaligi foydasiga Brand Investment Group Agro MChJ hisobidan 7 975 000 som asosiy qarz, 3 000 000 som penya va 16 218 som pochta xarajatini undirish haqida Yuqori Chirchiq tumanlararo iqtisodiy sudiga davo arizasi kiritildi.

Shuningdek, bu haqda fermer xojaligi rahbari S.Eshmadatovaga yozma malum qilinib, qoshimcha va etirozlari bolsa, Yuqori Chirchiq tumanlararo iqtisodiy sudiga murojaat qilishi haqida tushuntirish berildi.

Viloyat prokurorining orinbosari, adliya katta maslahatchisi A.E.Mirzayev.

Kasbi tuman prokurori O.E.Usanov davogar Narzullayev Jaloliddin Elmurod ogli fermer xojaligining manfaatini kozlab, Yuqori Chirchiq tumanlararo iqtisodiy sudiga davo arizasi kiritdi.

Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumanlararo iqtisodiy sudi raisi B.Kenjayev raisligida prokuror protesti ochiq sayyor sud majlisida korib chiqildi. Qashqadaryo viloyati, Kasbi tuman prokuraturasining davosi qanoatlantirildi. Narzullayev Jaloliddin Elmurod ogli fermer xojaligi manfaatiga javobgar Brand Investment Group Agro MChJ hisobidan 7 975 000 (etti million toqqiz yuz yetmish besh ming) som miqdorda asosiy qarzdorlikni undirish togrisida qaror qabul qilindi. Yani, adolat qaror topdi.

Endi oylab koraylik, bu muammo qayerdan paydo boldi? Fikrimizcha, achchiq qalampir ekib, yetishtirish tashabbusi ijrosi talab darajasida bolmadi, masuliyatsizlik qilindi, kop xatolarga yol qoyildi. Faqat Qashqadaryoda emas, balki boshqa viloyatlarda ham tartibsizliklar boldi. Aslida aybdor tashkilot kreditlarni qaytarish bilan birga fermerlarga yetkazilgan moddiy va manaviy zararni ham qoplashi kerak edi.

Kelasi yil ham qayerlardadir achchiq qalampir ekiladigan bolsa, xatolardan tegishli xulosalar chiqarib olinmogi kerak, deb oylaymiz.

Toshtemir XUDOYQULOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: