O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31 1
13.08.2019

JAMOL AKA QURAYOTGAN IMORATLAR

zamonaviy, mustahkam va ko‘rkam

Otgan asrning toqsoninchi yillari oxirida Qamashi tumanining Yortepa hududida bolgan kuchli zilzila atrofdagi tumanlarning binolariga ham katta zarar yetkazgan edi. Yakkabog shahridagi bir maktabning eski sport zali devorlari qulab tushgani yodimda. Qarangki, Shahrisabz tumanidagi «Shovkan» qishlogida yetmishinchi yillarning oxirida qurilgan qosh qavatli uylar, 32-maktab, bolalar bogchasi, xojalik idorasi binolari devoriga birorta ham darz ketmabdi. Ularni mashhur binokor Olimjon aka Komilov brigadasi qurgan ekan. Biz u kishining shogirdlaridan biri bugun qurayotgan binolar haqida hikoya qilmoqchimiz.

...Bu bino bilan tanisha boshlaganimda, avval hayratlandim. Keyin esimga qadimiy Quriya davlati haqida hikoya qiluvchi kop qismli badiiy film tushdi. Unda oddiy raqqosadan tugilgan hukmdorning beshinchi ogli tabiat bagrida ulgayib, kop ilmlarni mustaqil egallaydi. Bod kasaliga uchragan podsho — otasi yotadigan xonaning oyoq ostini tashqaridan ot yoqib, isitiladigan qilib beradi. Bu voqeaga qariyb ming yillar bolgan ekan.

Bugun Janubiy Koreya jahonning taraqqiy etgan davlatlaridan biri yurtimizning yaqin hamkori. Men kozdan kechirayotgan ushbu bino shu mamlakatning namunaviy loyihasi asosida qurilayotgan bolalar maktabgacha ta’lim muassasasi ekan. Pol isitilar ekan, boshqa koplab qulayliklar bor.

Ikkinchi qavatga ham chiqing, deydi hamrohim – Yakkabog tuman hokimligining bosh mutaxassisi Sobir aka Aripov. Zinalar, eshik-derazalardan biror qusr topa olmaysiz.

Men qurilishlar haqida kop yozganman, deydi hamrohim tuman gazetasi muharriri Bozorjon Azizov. Binokorlar boshqa tumandan bolgani bois, ushbu imoratni bir necha bor kelib, korib ketdim. Bitgach, erinmay, barcha ishlarini taftishdan otkazdim. Konglim toldi. Qani endi, boshqalar ham shunday ishlasa.

Rosti, 120 bolaga moljallangan bu muassasa binosi qurilishini kim olib boradi, qanday bolarkin, deb chochiganmiz, tan oladi tuman xotin-qizlar qomitasi raisi, hokim orinbosari Matluba Roziyeva. Yoq, quruvchilar mehnatini korib, xavotirimiz tarqab ketdi. Mana qarang, bolalar dam olishi, oynashi, ovqatlanishi, oqib-organishi uchun barcha sharoit hozirlangan. Oshxona tabiiy gazga ulangan. Havo aylanishi, sanitariya tizimi soz. Barcha xonalarga kuzatish kameralari ornatilgan. Quruvchilar, ularning rahbari Jamol akadan rozimiz. Bu tashkilot hozir tumanimizda yangi yopiq suv havzasini qurayapti...

Men ham jurnalist sifatida koplab qurilish obektlarida bolganman, yozganman. 90-yillarning oxirida Yakkabog qurgoni va Kitob shahri markazida qurilgan kollejlarning loyihasi pala-partish tayyorlangani, ota sifatsiz tiklanganini yozganman. Otgan yili viloyat gazetasida binolarga juda sifatsiz gishtlar ishlatilayotgani haqida suratli tanqidiy maqolalar chop etilgandi. Ana shular haqida murojaat qilganimda, qurilishlar ekspertizasi boyicha viloyat bolimi rahbari (u kishi uzoq yillar viloyat hokimining qurilish ishlari boyicha orinbosari lavozimida ishlagan) Erkin aka Mamadiyorov shunday degandi:

Zamonning qanchalik ozgarganini koryapsizmi? Hozir viloyatda yuzlab gisht, temir-beton, qum-shagal, buyoq va boshqa noyob qurilish ashyolari ishlab chiqarayotgan korxonalar bor. Loyihalar-chi? Odamlar ozlari borgan mamlakatlarda korgan binolarga oxshatib, uy qurib berishni ustalardan talab qilishmoqda. Ozimizda, mahalliy sharoit, milliy anana va zamonaviy memorchilikni puxta egallagan loyihachilar yetishib chiqmoqda. Men ham quruvchiman, binolar loyihasi, sifatiga katta etibor beraman. Jamol Gafforov viloyatdagi eng tajribali quruvchilardan biri. Shuning uchun buyurtmachilari kop, odamlar undan rozi. Jamolbek qurayotgan inshootlarning hammasi gozal, nafis va puxta...

Erkin akaning gaplaridan keyin qurilishlarga ozgacha nazar tashlaydigan, buyurtmachilarning fikrini soraydigan boldim. Esimda, Kitob shahrining katta yolga tutash qismida ikki-uch yildan buyon obodonchilik ishlari davom etayapti. Yoshlar uchun kop qavatli ikkita bino tiklandi. Ip-yigiruv korxonasi qayta jihozlanib, xorijga mahsulot eksport qilinyapti. Korxonaning tennis korti tamirlanib, yonida mini futbol maydonchasi bunyod etildi. Voha gulshani xususiy korxonasining qosh qavatli korkam binosi qad rostladi. Shu joyda ancha bosh maydon bor edi. Bu yerda ikki yil ichida katta qurilish ishlari olib borildi. Yopiq basseyn otgan yil aprel oyida foydalanishga topshirildi.

Orta boy, oqquvadan kelgan, muloyim gapiradigan Jamol aka Gofforov sport majmuasining ichki qismini korsatdi. Sovuq kunlarda bino va hovuz suvi isitilarkan. Barcha xonalar did bilan jihozlangan. Qoplamalar nafis gilamga oxshaydi. Qoniqib, rozi bolib tashqariga chiqaman. Oppoq gullagan orik daraxti tagidagi stulga otirib, atrofga razm solaman. Artizan quduq kovlanibdi. Ancha yerga tartib bilan gullar ekilibdi.

Jamol aka, mana shu chinorlarga qarab yuragim uvishdi, keyin quvondim, gap boshlayman. Nega deysizmi? Qarshi, Shahrisabz, shu Kitobda ham ancha chinorlar kesilib ketdi. Ayting-chi, qaysi tibbiyot instituti tadqiqotchilari chinorlar nafas bugish va boshqa kasalliklarni tarqatishini ilmiy jihatdan isbotlagan? Togrisi, bunga ishonmayman. Qancha chinorlarga qiron keltirildi. Dunyoda besh ming yil yashaydigan daraxtlar bor. Chinor ham umri uzoq daraxt. Xojailmkoni qishlogida 1200 yillik chinor yashayabdi. Xullas, chinor daraxti tabiatning tengsiz obidasi. Shuning uchun daraxtlarga ozor yetkazmay, ish olib borayotganingizdan quvondim.

Ha, gapingizda jon bor, deydi Jamol aka ancha uylanib. Shahar va qishloqlarimizdagi azim daraxtlarni huda-behuda kesish insofsizlik. Imoratlarning oldi ochilsin, deb daraxtlarga asossiz tig urayotganlarga qoshilmayman. Shamollarga bardoshli, uzoq yashaydigan daraxtlarni kokartirsak, odamlar jazirama issiqdan saqlanadi. Mana, bu orik daraxtlari uchta ekan. Texnika ishlatish qiyin boldi, ammo kesishga yol qoymadim, qarang, shigil mevaga kirgan. Biz yangidan qurayotgan maktab, bogcha hovlisiga turfa daraxt kochatlari otqazib berayapmiz. Yaponiya haqida oqigandim chogi, yuz qavatli imoratlarning tomida ham gul va daraxt ostirisharkan...

Hamfikr topganimdan juda xursandman, deyman yuragimni ochib. Kopdan buyon chinor va uning xususiyatlari haqida malumot toplayman, biror maqola yozilar. Ha, aytganday, shu kochadan kop bora otganda, sizlar qurgan sport majmuasi nimaga oxsharkin, deb oylardim. Hozir miyamda bir narsa yarq etdi, bu imorat tashqaridan kattakon beshikka oxsharkan. Nima dedingiz?

Rost, oxshashligi bor, tasavvuringiz zor ekan, jilmayadi Jamol aka ozlari qurgan binoga boqqancha, keyin ohista qoshib qoyadi: Kitob shahri men uchun beshik bolgan... Eh, qanday kunlar otdi-ya...

Ularning hovlisi Kitob shahrining Chuqurchashma mahallasida edi. U chashmalardan kop bora suv ichgan. Otasi shirinliklar tayyorlaydigan kichik korxona rahbari, onasi uy bekasi edi. Oilada tort ogil va tort qiz ulgaydi. Ularning oltitasi oliy malumotli boldi. Jamol bolaligidan tortinchoq, rahmdil edi. Otasi talaba farzandlarini qiynalib oqitayotganini yuragi his qilardi. Yetmish ikkinchi yili maktabni bitirgach, ozi xohlab qurilish tashkilotiga ishga kirdi, keyin harbiy xizmatga chaqirishdi. Armiyadan kelgach, politexnika institutining qurilish ishlari fakultetining kechgi bolimida oqib, kunduzi Toshkent bosh qurilish birlashmasida mehnat qildi.

Yetti yil umrim aziz poytaxtimiz Toshkent bilan bogliq, deydi Jamol aka osha yillarni eslab. Toshkentni jonday yaxshi koraman. Qachon borib qolsam, ozim qurilishida qatnashgan binolarni borib koraman. Ochigi, shu shahar menga quruvchilikni orgatdi. Institutni bitirib, Qashqadaryosuvqurilish boshqarmasiga qarashli Kitobdagi mexanizatsiyalashgan tashkilotga ishga kelganman. 1982 yilda Kitobdagi ip-yigiruv fabrikasini qurganimizda, men ish boshqaruvchi bolganman.

Bir gal Varganzani tilga olgandingiz, eslataman unga. Togdagi qishloqni borib kordim, yangi suv inshooti qurilayapti.

Oshanda jamoamiz vohadagi kop suv inshootlarida mehnat qilgandi, hikoya qiladi Jamol aka. Qancha kanallarga beton qopladik, qancha ochiq yerlarga suv chiqardik. Anor yetishtiradigan Varganza xojaligi va qishlogi adirlariga suv yetkazadigan 2 ta nasos stansiyasini sakson toqqizinchi yilda ishga tushirib berdik, 400 gektar yangi yer ozlashtirilgan edi. Hozir ham ishlab turibdi.

Bilasizmi, suv chiqarishi kamayibdi, dedim unga. Shaxsan Prezidentimizning korsatmasi bilan Varganza 1-2 nasos stansiyalarini tamirlash, qariyb 3.5 kilometrga suv uzatadigan yangi Oqboy nasos stansiyasini qurish ishlari boshlanib ketgan. Yana 400-500 gektar uzumzor, anorzor tashkil etilibdi.

Buni eshitgandim, deydi Jamol aka mamnun bolib. Bunday inshootlar nihoyatda zarur.

Jamol aka viloyatdagi koplab qurilishlarda qatnashdi. Mustaqillik yillarida xususiy tashkilot tuzish ehtiyoji tugildi va Avangardgidroekspress MChJ faoliyat korsata boshladi. Mohir binokorlar jamlandi, yaxshi texnikalar olishdi, boyoq ishlab chiqarish sexiga ega bolishdi. Kasbi, Guzor, Chiroqchi tumanlaridagi kop qurilishlarda qatnashishdi.

Qadimiy Shahrisabz shahrini obod qilish, markaziy kochalarini tuzash, yuzlab kop qavatli binolar, savdo, maishiy xizmat shoxobchalarini qurish muhim vazifalar edi. Insoniyat barpo etgan nodir obidalardan biri Oqsaroyning saqlanib qolgan qismi toliq tamirlandi, oldidagi maydon 80 gektardan ortiq. Avangardgidroekspress MChJ jamoasi 2014 yildan buyon shahardagi qurilish-obodonchilik ishlarida faol qatnashadi.

Ish kop va nihoyatda murakkab edi, deya eslaydi ilgari Shahrisabz tuman hokimining qurilish ishlari boyicha orinbosari bolib ishlagan, yaqinda Yakkabog tumani hokimi etib saylangan Abdurasul Safarov. Bir tomonda kanalizatsiya, suv quvurlari tortib kelinayapti, bir tomonda yangi uylar tiklanayapti. Rostini aytaman, koplab tashkilotlar orasida Jamol aka Gafforov jamoasi pishiq, sifatli ishlari bilan ajralib turardi. Amir Temur bobomizning muazzam haykali atrofini obod qilishda ularning hissalari kop. Men har kuni u kishi bilan uchrashib, muhim ishlarni maslahatlashardik. Katta tajribaga ega mohir quruvchi Jamol akadan kop narsalarni organganman. Ustozim, deb bilaman...

Jamol aka bilan Shahrisabzning bosh maydoniga keldik. Oqshom tushgan, turli shakldagi favvoralar dilga huzur bagishlaydi, yengil shabboda daraxtlar shoxlarini sekin silkitadi. Qora qaragay, dub va boshqa daraxtlar boy chozmoqda. Bir eman daraxtini Jamol aka ekkan ekan. Osishidan doim xabar olarkan. Hozir qadimiy shaharning bosh maydoni yashnab turibdi. Nodir obidalar qatori zamonaviy qosh qavatli binolarga milliy bezaklar juda yarashgan. Guyo otmish va hozirgi memorlar ozaro bellashganday.

Hov anavi, ikki qavatli imoratdagi uch xonali uyning sohibi Temurbek degan yigit bilan suhbatlashdim, deyman unga. Bu uylarni sizni tashkilotingiz qurganini bilarkan. Pastki qavatida hunarmandlik kichik korxonasi joylashgan, milliy liboslar tikib, eksport qilisharkan. Uy emas, mehmonxona, istagan xorijlik sayyohni bemalol kutib olamiz, deydi u.

Buyursin va farzandlarini yangi uyda ulgaytirsin, tilak bildiradi. Halol ishlashni bizga ustozimiz Olimjon aka Komilov orgatgan. U kishi qurgan imoratlar hozir ham pishiq va korkam. Endi Shahrisabzga kelsak, shaharda 40 milliard somlikdan oshiq qurilish ishlarini bajardik. Jami 108 xonadon uchun 6 ta kop qavatli uyni qurdik. Imoratlarning suvogi, kanalizatsiyaga ulash, elektr otkazish ishlarini ham ozimiz bajarganmiz. Chalasi yoq...

Esingizdami, otgan yili xalqaro maqom sanati anjumani otkazilishi belgilangach, Bosh maydonda ishlar tezlashib ketgandi, eslataman unga. Sizni va quruvchilariingizni mana shu sanat saroyini tamirlash paytida uchratganman. Juda ulkan imorat, eng kop ish shu joyda edi. Ishboshilar tinmay kelib turganini korib, iloho, ulgursinlar, birorta jazo olib qolmasinlar, deb qaygurganman. Masuliyat ogir edi, shunday emasmi?

Yurak hovuchlagan kunlarimizni eslatdingiz, kuladi Jamol aka mahobatli oppoq sanat saroyi binosiga ozgacha mehr bilan boqib. Xalqaro anjuman kuni belgilangach, tamirlash fursati keskin qisqardi. Oziyam tun-kun tinmadik. Prezidentimiz tashabbusi bilan yaratilgan maqom sanati muzeyi joylashgan xonalarni jihozlash, turfa eksponantlarni joylashtirish ishlarini ham bajardik. Xudoga shukrki, uddaladik, ulgurdik...

Turli davlatlardan kelgan sanatkor va mehmonlar obod xiyobonda yayrab sayr qilishdi, nodir obidalar, zamonaviy binolarni mahliyo bolib tomosha qilishdi.

Ancha yildan buyon Jamol aka bilan birga ishlaymiz, deydi jamoaning ish yurituvchisi Jamshid Salomov. Yutuqlarimiz boshligimizning mahoratiga bogliq. Jamol aka samimiy, juda mehribon. Nima kerak bolsa, aytinglar, pul odamdan aziz emas, deydi hamisha. Qancha xodimimiz u kishining begaraz yordami tufayli uylar qurib, toylarini otkazdi. Shunday mehribon rahbar bilan kim birga ishlashni istamaydi?..

Jamol aka umr yoldoshi bolalar shifokori Farogat aya Temirova bilan besh ogil va ikki qizni ulgaytirishdi. Ular iqtisodchi, quruvchi, shifokor bolib yetishdi. Eng kenjalari Madina oquvchi, uch ogli otasi bilan birga qurilishda. Oila bekasi Farogat aya Kitob shahridagi bolalar poliklinikasida hozir ham shifokor. Bu tibbiyot maskaniga ancha yil rahbarlik qilgan Sattor Rahmatov hozir Oliy Majlis deputati.

Yaqinda Sattor Rahmatov Farogat opaga Toshkentdan qongiroq qilibdi. Ogillari Hasan yana ogilli bolgani bilan tabriklabdi. Bu xushxabardan men ham quvondim, Farogat opamni qutladim. Jamol akaga qongiroq qilib, tilaklarimni aytdim. Ilohim, Umri bilan bergan bolsin, dedi u xursandchiligini yashirmay.

Quruvchilar sulolasi yana bir kishiga kopayibdi. Ehtimol, u ham mohir quruvchi bolar. Boshqa kasbni tanlasa ham bobosiga munosib nabira bolsin, degan tilak dilimdan otdi.

Yunus UZOQOV,

Ozbekiston Respublikasida xizmat korsatgan jurnalist.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: