O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31 1
13.08.2019

MAMLAKATIMIZDA QURBON HAYITI KENG NISHONLANMOQDA

Bu muborak kunlarda hamjihatlik, do‘stlik va mehr-oqibat rishtalari mustahkamlanadi, Alloh marhamati yogilib, ezgu niyatlar amalga oshadi.

Mustaqilligimizning 28 yillik tantanasi arafasida nishonlanayotgan Qurbon hayiti bayramini hamyurtlarimiz shukronalik bilan kutib olmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Qurbon hayitini nishonlash togrisida”gi qaroriga muvofiq ulug ayyomga mamlakatimiz miqyosida qizgin tayyorgarlik korildi. Kam ta’minlangan va boquvchisini yoqotgan oilalar, nogironlar, yolgiz keksalarning holidan xabar olish, ularga moddiy va manaviy yordam korsatish, ziyoratgohlar, muqaddas qadamjolar va qabristonlarni obod qilish kabi savobli ishlar davom etmoqda.

Bagrikenglik, mehmondostlik, kechirimlilik va saxiylik xalqimizga xos xislat. Bu insoniy fazilatlar, ayniqsa, Qurbon hayiti kunlari yanada yorqin namoyon boladi. Shu kunlarda xalqimiz mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng kolamli xalqchil islohotlarga hamohang tarzda bunyodkorlik kayfiyati bilan yashamoqda. Obodlik va farovonlik yolida hamjihatdir.

Mamlakatimizda songgi yillarda milliy-diniy qadriyatlarimizni tiklash va rivojlantirish, etiqod erkinligini taminlashga alohida etibor qaratilmoqda, turli millat va elatlar ortasida totuvlik, ahillik va hamjihatlik muhiti tobora yuksalib bormoqda. Ayniqsa, xalqimizning islom madaniyati va sivilizatsiyasiga qoshgan ulkan hissasini mamlakatimiz va dunyo jamoatchiligiga yetkazish, tabarruk qadamjolarni obod qilib, ziyoratgohlarga aylantirish, buyuk ajdodlarimizning ilmiy-manaviy merosini chuqur organish va targib etish borasida olib borilayotgan xayrli ishlar xalqaro hamjamiyat tomonidan qollab-quvvatlanmoqda.

Qurbon hayiti arafasida bir guruh yurtdoshlarimiz Haj safarini ado etmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan dinimiz arkonlarini ado etish uchun ulkan shart-sharoitlar yaratib berilayotganini ham etirof etish joiz. Malumotlarga kora, 2016 yilda 5 ming nafar ziyoratchi Haj safariga borgan bolsa, 2017 yildan buyon ularning soni 2 ming nafarga kopayib, umumiy korsatkich 7 mingga yetdi. Bu yil esa 7 ming 200 yurtdoshimiz Haj ibodatini ado etmoqda.

11 avgust, yakshanba tongi ozgacha fayzli... Minglab yurtdoshlarimiz Qurbon hayiti bayramini munosib nishonlashga shoshilmoqda. Shu kuni mamlakatimizdagi jome masjidlarida Qurbon hayiti namozi oqildi.

Poytaxtimizdagi Hazrati Imom jome masjidi ham erta tongdan yurtdoshlarimiz bilan gavjum boldi.

Qurbon hayiti namozi maruzasida Prezidentimiz rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlar, ezgu amallar mazmun-mohiyati, bugungi tinch va obod kunlarimiz qadri haqida soz bordi. Insonlarga mehr korsatish, ularning oy-tashvishlarini organib, yaxshilik qilish goyat savobli tadbirligi, shu manoda xalqimiz saodatli turmushi yolida amalga oshirilayotgan ezgu ishlar, ularning hayotdan rozi bolib yashashi yolidagi say-harakatlar goyat qadrli ekani aytildi.

Hayotimizga beqiyos mano va mazmun olib kirgan tinchlik deya atalmish bebaho nematning qadriga yetish, shukrini qilish, asrab-avaylash barchamizning burchimiz ekanligi takidlandi. Zero, bugungi kunda ayrim mamlakatlarning fuqarolari turli fitnalar oqibatida huzur-halovatini yoqotgani, yuz minglab insonlar hayotdan koz yumayotgani, kindik qoni tokilgan vatanini tark etishga majbur bolayotganini guvohi bolmoqdamiz.

Hayit namozida yurtdoshlarimiz shu kunlarga yetkazganiga shukrona aytib, elimizga tinchlik-xotirjamlik, omonlik, qut-baraka tilab duolar qildi.

– Tinch, tokin va farovon elga bayramlar, toylar yarashadi, yaxshi kunlar tatiydi. Xalqimiz Qurbon hayitini ezgu amallar va kotarinki ruh bilan kutib olayotgani ham yurtimizning tinchligi, dasturxonimiz tokinligidandir, dedi Novza jome masjidi imom-xatibi Jaloliddin Hamroqulov. Nuroniy otaxon va onaxonlar duoga qol ochib, bugungi saodatli kunlarimizga, tinch, osoyishta va farovon hayotimizga shukronalar aytib, xonadonlarga fayzu baraka tilamoqda. Yurtdoshlarimiz oz oilasi, mahallasi, el-yurti ravnaqi uchun sidqidildan xizmat qilayotir. Bu esa ulug kunlarning yanada fayzli otishi, ziyoda bolishiga xalqimizning ezgu amallari yanada bardavom bolishiga umid va ishonch bagishlaydi.

Qurbon hayitini bayram sifatida nishonlash zamirida katta mano bor. Ushbu bayram kunlarida xalqimiz bir-birlariga mehr-muruvvat korsatib, qavmu qarindoshlar bir-birlari bilan xabarlashadi. Yetim-esirlar, beva-bechoralarga xayru ehson qilishadi. Bu bayram qarindoshlik, qoni-qoshnilik, quda-andalik rishtalarini yanada mustahkam boglashga xizmat qiladi. Shuning uchun ham muborak Qurbon hayitining manaviy hayotimizdagi orni, ahamiyati beqiyosdir.

Shu nuqtai-nazardan Qurbon hayiti namozidan song hamyurtlarimiz yaqinlari holidan xabar olish, bir-birini qutlash uchun yol oldi. Qurbonlik qilinayotgan xonadonlarga borildi. Barchaning qalbida bir tilak: shu aziz Vatanimizga koz tegmasin. hurligimiz va tinchligimiz, hamjihatligimiz mangu bolsin.

Nurillo NASRIYEV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: