O'zb  
 
06.08.2019

SAYYOR QABUL HAMMAGA MAQUL

yoki sudyalarning aholi bilan ochiq muloqoti xususida

Poytaxtimizning Mirobod tumani «Ming o‘rik» mahalla aholisi xabardor qilindi: Mahalla idorasida Toshkent shahar va Mirobod tumani ma’muriy sudlari raislari hamda sudyalari ishtirokida sayyor qabul uyushtiriladi. Keling, qatnashing. Savolingiz bolsa, marhamat, bering.

Bu yangilikdan aholi xursand boldi. Savoli borlar belgilangan soatda mahalla idorasiga kelishdi.

— Yaqinda saylandim, dedi biz bilan suhbatda ”Ming orik mahalla fuqarolar yigini raisi Nasiba Xadiyeva. Mahallamizda 1185 nafar aholi yashaydi, sudyalarning tashabbusi yaxshi boldi. Mening ham ularga beradigan savollarim bor..

Gapimiz shu joyda uzildi. Mahalla idorasiga Toshkent shahar mamuriy sudi raisi Nematjon Akbarov, Mirobod tumani mamuriy sudi raisi Suhrob Yuldoshev, sudya Suhrob Talipov va boshqalar kirib kelishdi.

Mamlakatimiz sud-huquq tizimida juda katta ozgarishlar yuz berdi. Bularning barchasi fuqarolarimiz haq-huquqi hamda qonuniy manfaatlari himoyasiga qaratilgan, dedi mahalla ahli bilan uchrashuvda Toshkent shahar mamuriy sudi raisi Nematjon Akbarov. Sayyor qabul tashkil qilishimizdan maqsad sizlarni oylantirayotgan savollaringizga qonuniy yechim topish. Nafaqat bizning soha boyicha, fuqarolik, jinoiy masalalarga oid savollaringizga ham javob berishga harakat qilamiz.

Biz kop qavatli uyda yashaymiz. Uyimiz oldidagi yolakka duch kelgan odam mashinasini qoyib ketadi. Yurib bolmaydi. Qolaversa, yonimizdagi kafeda kechqurunlari janjal bolib turadi, dedi Oliya Qodirova. Shashlik pishirishadi. Tutuni togri uyimizga kiradi Derazamiz oynasi yog bosgan, qorayib ketayapti. Buning chorasini kim koradi?

Bu masala bevosita bizning vakolatimizga kirmasa ham, tegishli idoralar vakillari bilan muhokama qilamiz.

Sud raisi kafedagi tartibsizlik boyicha profilaktika inspektoridan izoh soradi.

Kafe egalaridan tilxat olganmiz. Mamuriy chora korilgan, dedi profilaktika inspektori Abduzohid Yuldoshbekov. Agar jamoatchilikka yana zarar yetkazilsa, tegishli hujjatlar asosida kafeni yopish chorasini koramiz. Dom oldidagi avtomashinalar xususidagi savol ham orinli. Bu masalani ham yechamiz...

Olga Poretskayaning savoli munozaralarga sabab boldi.

81 yoshli bir ayol yolgiz yashaydi. Qarovchisi yoq. Ana shu ayolni qariyalar uyiga joylashtirishga yordam bersangizlar.

Sudya Suhrob Talipov mahalla raisiga yuzlandi.

Siz avval qariyalar uyi rahbarlari oldiga boring, suhbatlashing. Ular xatingizga yozma javob berishadi, agar javobdan qanoatlanmasangiz, bu masala boyicha prokuratura yoki sudga murojaat qilish kerak. Sud qonuniy qaror qabul qiladi.

Uy-joy mulkdorlari shirkatining raisi Tatyana Mamuntovaman, deya murojaat qildi bir ayol. “Domimiz 1937 yilda qurilgan. Eski bino. Birinchi qavatni har xil dokonlar egallagan. Yaqinda bittasi stomatologiya shoxobchasi ochmoqchi ekanligini bildirdi. Biz bunga qarshimiz. Hokimiyat qayoqqa qarayapti? Uyning fasadi buzilyapti. Yolakni yopib qoyishayapti. Tozalikka etibor berishmaydi. Turar-joylarni noturar-joyga aylantirish tartibi qanday?

Toshkent shahar mamuriy sud raisi Nematjon Akbarov Tatyana Mamuntova shikoyati yuzasidan oz munosabatini bildirdi:

Etirozingiz orinli. Siz aytgan masalani vakolatli organ korib chiqishi kerak. Sud raisi savol boyicha yuridik maslahat berdi.

Ming orik mahalla fuqarolar yigini raisi Nasiba Xadiyevaning shikoyati shunday boldi:

Yaqinda Majburiy ijro byurosi xodimlari oldimga kelib qarzdorlikni undirish boyicha topshiriq berishdi. Royxatni korsam, qarzdorlarning oltmish foizi bizning mahallada yashamas ekan. Men qarzdorlikni undirish boyicha masul emasman. MIB xodimlarining talabi togrimi?

Notogri, dedi Mirobod tumani mamuriy sudi raisi Suhrob Yuldoshev. Siz oz xohishingizga asosan qarzdorlikni undirish boyicha yordam berishingiz mumkin. Majburiy ijro byurosi xodimlarining notogri talabi hamda xatti-harakati yuzasidan prokuraturaga murojaat qilishingiz mumkin.

Savollar bevosita mamuriy sudga oid bolmasa-da, bahs-munozaraga sabab boldi. Boshqa sud vakillari ham kelishsa yaxshi bolardi, degan taklif ham aytildi.

Sayyor qabul hammaga maqul keldi. Togri, qatnashchilar ozlarini qiziqtirgan hamma savollarga aniq javob olishmagan bolsa-da, yuridik maslahatlardan mamnun bolishdi. Bu tadbirda ularning huquqiy bilimi oshdi, qaysi savol bilan kimga murojaat qilish kerakligini tushunishdi.

Shu jihatdan ham bu ochiq muloqot foydali boldi. Bunday muloqotlar davom ettiriladi.

Ravshan SHODIYEV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: