O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
02.07.2019

IRKUTSK VILOYATIDA SUV TOSHQINLARI

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Irkutskdagi suv toshqinlarida Ozbekiston fuqarolari jarohatlanmaganligi togrisida ma’lumot berdi.

Irkutsk viloyati hududida qator aholi punktlari, turar-joy va infratuzilmadagi suv toshqini munosabati bilan «favqulodda holat» joriy qilindi.

Bu haqda Ozbekistonning Novosibirsk shahridagi bosh konsulxonasi bergan malumotga asoslanib Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tashqi ishlar vazirligining bildirishicha, jarohatlanganlar orasida Ozbekiston fuqarolari qayd etilmagan.

Konsullik-huquqiy departamenti Rossiyaning Sibir federal okrugi (Buryat Respublikasi, Irkutsk viloyati, Hakas Respublikasi, Krasnoyarsk olkasi, Kemerovo viloyati, Novosibirsk viloyati, Oltoy Respublikasi, Oltoy olkasi, Omsk viloyati, Tomsk viloyati, Tuva Respublikasi, Zabaykal olkasi) hududida bolib turgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Novosibirsk shahridagi bosh konsulxonasiga + 7 (383) 246-04-85; 246-04-63, 246-04-64; 246-04-84 telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib otadi.

Malumotlarga kora, Rossiyaning Irkutsk viloyatida 1,7 mingdan ortiq uy suv ostida qolmoqda. Bu haqda RiA Novosti xabar bermoqda.

Ushbu xabarga qaraganda, Irkutskning 5 ta munitsipial tumani — Tulunsk, Chunsk, Nijneudinsk, Tayshetsk va Ziminskda yomgirdan keyingi toshqinlar sababli 4,2 ming uy ziyon korgan. Bu uylarda 10,4 ming kishi yashardi. Hozirda 15 ta vaqtinchalik turar-joy punktlarida 1,3 ming kishi qolmoqda.

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi malumotiga qaraganda, hududda 5 kishi toshqin sababli qurbon bolgan, yana 100 dan ortiq kishi shifoxonaga yotqizilgan.

Irkutsk viloyatida kuzatilgan kuchli yomgir uchta daryo suvining ozanidan toshishiga olib kelgan.

Hududda favqulodda holat joriy qilingan. 31 aholi yashash punktida elektroenergiya ochib qolgan. 29 iyun kuni tongda suv toshqini 3,8 ming uyga zarar yetkazgan.

Eng ogir vaziyat 40 ming kishi yashovchi Tulun shahrida kuzatilmoqda. Ayni vaqtda bu yerda 900 uy suv ostida qolgan.

28 iyun kuni Iya daryosidagi himoya dambasi opirilib ketganidan keyin qutqaruvchilar evakuatsiya ishlarini boshlagan.

Osha kuni kechqurun suv toshqini balandligi 12 metrga yetgan. Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining qayd etishicha, bir-ikki kun ichida vaziyat yanada ogirlashadi.

Hozir Tulunda avtomobil stansiyasini suv bosgan hamda jamoat transporti harakatlanmayapti. Ushbu hodisa oqibatida yuzlab odamlar vaqtincha yashash joylarga kochirilmoqda, 20 nafarga yaqin kishi esa kasalxonada.

Dildora YOLDOSHEVA

tayyorladi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: