O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
02.07.2019

30 IYUN 2 IYUL KUNLARI

O‘zbekistonga Turkmaniston orqali Erondan issiq va quruq havo kirib kelishi oqibatida havo harorati odatdagidan yuqori kotarilishi kutilmoqda

Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan «Ob-havoni prognozlash, ma’lumotlarni aholiga yetkazish, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik masalalariga» bagishlangan matbuot anjumani otkazildi.

— Tabiiy hodisalar xojalik faoliyatiga ikki xil tasir korsatadi, deydi Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazining bosh direktori orinbosari Bahriddin Nishonov. Tabiiy ekologik va gidrometeorologik ofatlar bir tomondan iqtisodiyotga katta zarar yetkazsa, boshqa tomondan esa ob-havo va iqlim togrisidagi aniq malumotlar iqtisodiy samaradorlikda qoshimcha resursni shakllantiradi. Yani, korxonalar noqulay ob-havo sharoitlari oqibatida yuzaga keladigan yoqotish va zararlarni kamaytirishi, tabiiy muhitning qulay omillaridan oqilona foydalanishi hisobiga daromadini oshirishi mumkin. Ayni damda iqtisodiyotning barcha sohalarida ob-havo va iqlim togrisidagi malumotlar qanchalik puxtalik bilan qollanilsa, tabiiy ofatlarga shunchalik chidamli boladi.

Ozgidromet ob-havo malumotlari sifatini yanada oshirish maqsadida barcha ozgarishlarni uzluksiz kuzatib, har qanday noqulay ob-havoni royxatga olib bormoqda. Ushbu malumotlar ulardan manfaatdor bolgan ishlab chiqarish korxonalari va fermer xojaliklari ortasida tarqatilmoqda. Bugungi kunda Ozgidromet tarkibida 86 meteo va 19 gidrologik stansiya faoliyat yuritadi. Ularga 133 gidropost va 3 maxsus kol stansiyasi, 33 agrometeorologik post biriktirilgan. Bundan tashqari, 12 aviatsiya meteostansiya, 1 baland meteokompleks va fonli monitoring stansiyasi ham mahalliy meteorologlar ixtiyorida.

Mazkur stansiyalar nafaqat mahalliy, balki mintaqaviy va global prognozlarni tuzishda ham muhim rol oynaydi. Masalan, ularning uchtasi Jahon meteorologik tashkiloti (JMT) tomonidan uzoq muddatli kuzatuv stansiyalari sifatida etirof etilib, JMT sertifikatlariga ega.

Xususan, Ozgidromet Jahon ob-havo meteorologiya xizmatining mintaqaviy meteorologiya markazidir. Shuningdek, Toshkent 1967 yildan buyon Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun mintaqaviy maxsus meteorologik markaz hisoblanadi. Yaqin Sharq boyicha meteorologik malumotlarni yigadi. Ushbu malumotlar eng zamonaviy texnologiyalar, jumladan, yer atmosferasining yuqori qatlamlarini yoldosh orqali tasvirga olingan suratlarini kompyuterda tahlil qilish yordamida olinadi.

Ayni paytda Ozgidromet tomonidan 200 dan ziyod turdagi tahliliy va prognoz mahsulotlari tarqatilmoqda. Ularning qatorida xavfli hodisalar yuzaga kelishi togrisidagi ogohlantirishlar muhim orin tutadi. Jumladan, xavfli gidrometeorologik hodisaning namoyon bolishiga qarab tegishli vazirlik va idoralarga ogohlantirishlar yetkaziladi. Shuningdek, xavfli gidrometeorologik hodisalar ehtimoli mavjud bolgan holatlarda xavfli va ota xavfli hodisalar, yani kochki va sel xavfi togrisida shtorm ogohlantirishlari chiqariladi.

Yana shuni aytib otmoqchi edim. Bugun kopchilikni iyul oyining ob-havosi qanday bolishi qiziqtiradi. Shu boisdan iyun oyining songgi kunlari va iyul oyining birinchi va ikkinchi kunlarining ob-havosi qanday bolishi togrisida malumot bermoqchiman. Bu kabi qisqa kunlar boyicha axborot berishimning sababi, uzogi bilan uch kunlik malumotlarning aniqlik darajasi yuqori boladi, dedi Bahriddin Nishonov. Xususan, 30 iyun – 2 iyul kunlari Ozbekistonga Turkmaniston orqali Erondan issiq va quruq havo kirib kelishi oqibatida 30 iyun 1 iyul kunlari Qoraqalpogiston Respublikasi, Xorazm viloyatida, 1-2 iyul kunlari respublikaning qolgan hududlarida ortacha haroratdan 5-7° daraja yuqori anomal issiq bolishi kutilmoqda. Shuningdek, kunduzi havo harorati shimolda +40 darajadan +43 darajagacha, janub va chol zonasida issiq ob-havo +44 +45 darajagacha kotarilishi hamda Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryoda garmsel shamoli kuzatilishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Shu boisdan ham yuqorida aytilgan kunlari quyosh nuri 12:00 dan 16:00 gacha juda ham faol holatda bolishini hisobga olib, ushbu vaqt oraligida tashqariga chiqishga togri kelsa, tananing ochiq joylarini quyosh nuridan saqlashga harakat qilish zarur.

Toshtemir XUDOYQULOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: