O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
02.07.2019

BITIRUVCHILARGA DIPLOMLAR TOPSHIRILDI

Jizzax Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtini yosh mutaxassislarning navbatdagi guruhi bitirib chiqdi.

Shu munosabat bilan viloyat markazidagi Sh.Rashidov xiyobonida bitiruvchilarga leytenant harbiy unvoni, diplom va ko‘krak nishonlarini topshirish marosimi otkazildi.

Bilim yurtini bitirib chiqqan harbiy mutaxassislar Vatanimiz sarhadlari daxlsizligini himoya qilishda chinakam mardlik va jasorat korsatib, mamlakatimiz harbiy havo kuchlari salohiyatini namoyon etmoqda.

Bu yil bilim yurti tarixidagi yigirma ikkinchi bitiruvchilar xizmatga yol oldi. Shu munosabat bilan yosh zobitlarga diplom, kokrak nishoni, leytenantlik unvoni topshirilib, xizmatga kuzatish marosimi tantanali vaziyatda otdi. Unda Ozbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Markaziy harbiy okrug qomondonligi, Jizzax viloyati hokimligi, jamoat tashkilotlari vakillari va bitiruvchilarning ota-onalari ishtirok etdi.

Tantanali marosimda Prezidentimiz tomonidan mamlakatimiz Qurolli Kuchlarini modernizatsiyalashga berilayotgan katta e’tibor tufayli keyingi yillarda yuqori malakali harbiy mutaxassislar tayyorlash yanada yaxshilanganligi alohida takidlandi. Marosimda sozga chiqqanlar bilim yurti rahbarlari, oqituvchilar, faxriylar, ota-onalar davlatimizning xalqimiz tinchligi va osoyishtaligini saqlashda olib borayotgan izchil siyosatini maqullab, yosh aviatsiya mutaxassislariga Vatanimiz musaffo osmonini qoriqlashdek sharafli xizmatda muvaffaqiyat tiladi.

— Bugun oglim Behroz Shakarov bitiruvchilar safidaligidan xursandman, deydi Samarqand viloyati Qoshrabot tumanidan kelgan Nilufar Qurdosheva. Ana shu oglonlar safida mening ham farzandim borligidan benihoya baxtliman. Ushbu bilim yurtini bitirib chiqqan oglim va uning dostlari Vatanimizga, xalqimizga, Prezidentimizga sadoqat bilan xizmat qilib, ozlarining burchini oqlashlariga ishonaman. Barcha onalar nomidan ularga oq yol, xizmatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

Tantanali marosim bilim yurti shaxsiy tarkibining jangovar paradi, korgazmali chiqishlari, badiiy jamoalar konserti bilan bayramona otdi.

Toshqul BEKNAZAROV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: