O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
02.07.2019

4 MING 335 LOYIHAGA 692,4 MILLIARD SOM IMTIYOZLI KREDITLAR AJRATILDI

Natijada respublika bo‘yicha 25 mingga yaqin yangi ish orni yaratildi

Milliy matbuot markazida «Yoshlar — kelajagimiz» jamgarmasi tomonidan matbuot anjumani bolib otdi.

Prezidentimizning 2018 yil 27 iyundagi Yoshlar kelajagimiz Davlat dasturi togrisidagi farmoniga asosan jamgarma tashkil etildi, deydi Ozbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining birinchi orinbosari, Yoshlar kelajagimiz jamgarmasi ijrochi direktori Bunyodbek Bahrombekov. Jamgarmamiz otgan yil davomida bir qator ishlarni amalga oshirdi. Xususan, yoshlar tadbirkorligini har tomonlama qollab-quvvatlash, yangi ish orinlari yaratish va yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida bugungi kunga qadar jamgarma mablaglari hisobidan 4 ming 335 loyihaga jami 692,4 milliard som miqdorida imtiyozli kreditlar ajratildi. Natijada respublika boyicha 25 mingga yaqin yangi ish orni yaratilishiga erishildi. Yana shuni alohida aytib otmoqchiman, ushbu Davlat dasturining ahamiyatga molik jihati shundaki, yosh tadbirkorlar tomonidan olinadigan kredit qiymatining 50 foizigacha jamgarma tomonidan bevosita kafilliklar berish amaliyoti yolga qoyilgan. Otgan vaqt mobaynida dastur doirasida 46 nafar yosh tadbirkorning 15,9 milliard somlik loyihalariga jamgarma kafilligi taqdim etilib, ularning tadbirkorlik faoliyatini boshlashlariga komaklashildi.

Dasturning yoshlarga berayotgan yana bir imkoniyati, bu shubhasiz, minglab yoshlarni oz bagriga jalb qilib, ularni tadbirkorlik sohasidagi bilimlarini oshirish bilan bir qatorda bandligini taminlashga xizmat qilayotgan respublika boyicha 19 Yosh tadbirkorlar kovorking markazi hamda 125 Yoshlar mehnat guzari kompleksi tashkil etilib, foydalanishga topshirildi. Ushbu markaz hamda kompleksni ishga tushishi natijasida 1 ming 814 yangi ish orni yaratildi. Bundan tashqari, joriy yilning yakuniga qadar yana 35 Yosh tadbirkorlar kovorking markazi hamda 200 Yoshlar mehnat guzari kompleksi foydalanishga topshiriladi va ularda ham 6 mingga yaqin yangi ish orni yaratiladi.

Yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, goyalari va loyihalarini royobga chiqarishga komaklashish va qollab-quvvatlash, band bolmagan yoshlarni mehnat bozorida talab yuqori bolgan mutaxassisliklar va biznes yuritish konikmalariga oqitish, shuningdek, yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida jamgarmamiz va Ozbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan Tadbirkorlik sirlari, Biznes-reja tuzish, Tadbirkorlik subektini davlat royxatidan otkazish, Kredit va soliq siyosati kabi mavzularda 507 ta biznes-seminar tashkil etilib, ularda 13 ming nafardan ortiq yigit-qizning bilim va malakalari oshirildi, deydi Yoshlar kelajagimiz jamgarmasi ijrochi direktori orinbosari Ilyos Rahimov. Bundan tashqari, dasturning mazmun-mohiyatini yoshlar orasida keng targib etish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi yoshlarni hududlardagi yirik va samarali faoliyat korsatayotgan tadbirkorlik loyihalari bilan tanishtirish maqsadida joylardagi 858 yirik ishlab chiqarish korxonasi, texnopark va sanoat zonalariga biznes-sayohatlar tashkil etildi. Ularga 30 ming nafardan ortiq oz tadbirkorligini boshlash istagidagi yoshlar jalb qilindi. Shu bilan birga dastur doirasida imtiyozli kredit olib, tadbirkorligini yolga qoygan 522 nafar yosh tadbirkor ishtirokida respublikamizning 63 tuman va shaharida ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar savdo yarmarkalari tashkil etildi va mahsulotlarining xaridorgirligi yanada oshishiga, koplab korxonalar bilan shartnomalar tuzilishiga imkoniyat yaratildi.

Tadbirda, shuningdek, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish borasida 2018 yilning oktabr oyida birinchi Ozbekiston Rossiya yoshlar biznes-forumi otkazilgani, unda hamkorlikning ustuvor vazifalari sifatida ikki mamlakatning yosh ishbilarmonlari ozaro tajriba almashishi bilan birga, qoshma biznes-loyihalarini amalga oshirish, yangi korxonalar tashkil etish, axborot texnologiyalari kabi sohalar boyicha hamkorlikni yolga qoygani oz samarasini korsatayotgani togrisida ham malumotlar berildi.

Matbuot anjumani songida jurnalistlarni qiziqtirgan koplab savollarga javob berildi.

Toshtemir XUDOYQULOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: