O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
02.07.2019

SEKTORLAR NIMA BILAN BAND?

Aholiga qulay turmush sharoiti yaratish, ularning muammolarini o‘z joyida hal etish, fuqarolar bilan yanada yaqinroq bolish maqsadida sektorlar faoliyati yolga qoyilgan edi.

Davlatimiz rahbarining 2019 yil 8 yanvardagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boyicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoshimcha chora-tadbirlar togrisida”gi qarori va 17 yanvardagi «Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida»gi farmoni ijrosi doirasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Poytaxtimizning Mirzo Ulugbek tumani 2-sektori hududida 12 MFY, 77 xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati, 11 umumta’lim maktabi, 16 maktabgacha talim, 3 tibbiyot muassasasi, 2 kutubxona, 104 maishiy xizmat uyi, 12 sartaroshxona, 28 dorixona, 301 sanoat va 27 qoshma korxona, 916 kichik biznes subekti, kollej, muzey, madaniyat va istirohat bogi, mehmonxona, tez tibbiy yordam shoxobchasi, sport majmuasi, dehqon bozori faoliyat korsatadi.

Mirzo Ulugbek tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boyicha sektorlar shtabi tarkibiga kiritilishi lozim bolgan idora va tashkilotlarning namunaviy royxati tasdiqlangan. 2-sektor shtabi kotibligiga tuman prokurorining katta yordamchisi Davronbek Egamberdiyev belgilangan hamda turli idora va tashkilotlarning 30 nafar vakillari ishchi guruh azosi sifatida biriktirilgan.

Sektor xududida joylashgan barcha mahallalarda mahalla fuqarolar yigini raislari, profilaktika inspektorlari va mahalla posbonlari ishchi guruh azosi sifatida biriktirilib, vazifalari, uyma-uy yurish, fuqarolar bilan suhbatlashish, sorov otkazish hamda aniqlangan muammolarni tizimli ravishda tahlil qilish tartibi belgilangan.

Har bir ishchi guruh azosiga sektor xududida joylashgan mahallalar biriktirilib, ishchi guruh azosi ozining funksional vazifalaridan kelib chiqqan holda mazkur mahalla hududida yashovchi fuqarolarda aniqlangan muammolarni zudlik bilan bartaraf etish choralarini korishi, ushbu mahallada joylashgan ijtimoiy obektlarning ahvolini doimiy ravishda organib borishi Inson manfaatlari hamma narsadan ustun tamoyili asosida amalga oshirilmoqda.

Sektor rahbari tashabbusi bilan sektor hududida yashovchi 9 nafar kam taminlangan fuqaro uy-joy bilan taminlandi. Ularga Mirzo Ulugbek tumani, Azamat MFYda qurilgan zamonaviy kop qavatli uylardan xonadonlar ajratib berildi.

Aholi bilan bolgan uchrashuvlarda Ulugbek MFY shahar markazidan taxminan 30-50 kilometr uzoqlikda joylashgani, hududda tez tibbiy yordam xizmati punkti mavjud emasligi, tez tibbiy yordam 30-40 daqiqada yetib kelishi fuqarolarda noqulayliklar tugdirayotgani haqida etiroz boldi.

Sektor shtabi tomonidan Ozbekiston Respublikasi Sogliqni saqlash vazirligiga yollangan xatlar natijasida, mazkur hududda joylashgan 2-sonli respublika klinik shifoxonasida tez tibbiy yordam punkti hamda doimiy ravishda faoliyat olib boradigan maxsuslashtirilgan Damas avtomashinasi va shifokorlar ajratilishiga erishildi.

– Homiy tashkilotlarning komagida 32 ijtimoiy himoyaga muhtoj oilaga yordam korsatildi, deydi Mirzo Ulugbek tumani prokurori, 2-sektor rahbari T.Normuhamedov. Hududdagi 504-sonli maktabgacha talim muassasasida tamirlash ishlari olib borildi. Bu kabi say-harakatlar natijasida qulay shart-sharoitlar yaratilgan mazkur muassasa tarbiyalanuvchilar uchun munosib sovga boldi. Fuqarolarning uy-joy, tibbiyot, moddiy yordam, ishga joylashtirish, kadastr, ichimlik suvi, gaz boyicha, bank krediti, pensiya muammolari, issiqlik taminoti, obodonlashtirish masalalariga oid shikoyatlari, takliflari eshitilib, hal etish choralari korilmoqda.

Organishlar davomida hududda zamonaviy avtoturagohlar, bolalar maydonchasi, oqova suv quvurlarini ornatish, asfalt yotqizish, uylarning tom qismini mukammal tamirlash, atrofiga beton trotuar yotqizish, yertolalarni mukammal tamirlash kabi masalalar kotarilgan.

Amalga oshirilishi kerak bolgan ishlar yuzasidan sorovnoma otkazilib, Ozbekiston Respublikasining Mahalliy davlat hokimiyati togrisidagi qonunida belgilangan vakolatlar hamda davlatimiz rahbarining qaror va farmonlaridagi talablar asosida xalq deputatlari Toshkent shahar Mirzo Ulugbek tumani Kengashining sessiyasi muhokamasiga qoyildi.

Bu kabi say-harakatlar aholi farovonligini taminlash maqsadida amalga oshirilmoqda. Har bir tashkilot, tuzilma aniq maqsad sari odilona harakat qilsa, kozlangan natijaga erishiladi.

Barno MELIQULOVA,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: