O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
02.07.2019

UCH YILLIK YURISPRUDENSIYA TALIMI YONALISHI BOYICHA

diplom hamda «leytenant» maxsus unvoni beriladi

Milliy matbuot markazida Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filiali oldiga qo‘yilgan vazifalar va bu borada amalga oshirilayotgan ishlarga bagishlangan matbuot anjumani bolib otdi.

— Prezidentimiz joriy yil 10 yanvar kuni Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 7-sonli Ichki ishlar bolimiga tashrif buyurib, profiliktika inspektorlari faoliyati samaradorligi va ularning kasbiy mahoratini oshirish, ragbatlantirish masalalariga toxtalib otgandi, deydi Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filiali direktori orinbosari Ixtiyor Jorayev. Shuningdek, davlatimiz rahbari profilaktika inspektorlari va ularning yordamchilarini oqitish va ularni qayta tayyorlash boyicha Toshkent davlat yuridik universitetining maxsus bolinmasi Ixtisoslashtirilgan filialini tashkil etish zarurligini ta’kidlagandi.

Shundan song huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini taminlash sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga doir qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi qaror bilan Toshkent shahri va Toshkent viloyatining huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini taminlash sohasida yuridik kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash boyicha Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filiali tashkil etildi.

Filialning asosiy vazifalari yurisprudensiya sohasida bazaviy va amaliy kasbiy tayyorgarlikni taminlashga qaratilgan oquv rejalari va dasturlari asosida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini taminlash sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash hamda talim oluvchilarning psixologik tayyorgarligi, huquqiy, siyosiy madaniyati va huquqiy ongini oshirishning samarali tizimini yaratish, shuningdek, yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ilmiy-tadqiqot, shu jumladan, xorijiy mamlakatlardagi muassasalar bilan ozaro samarali idoralararo hamkorlikni chuqurlashtirishdan iboratdir.

Joriy yildan boshlab filialda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini taminlash soha mutaxassisligi boyicha yuridik kadrlar davlat grantlari boyicha, maxsus uch yillik bakalavriat dasturi asosida tayyorlanadi. Qabul kvotasi esa yiliga 255 kishini tashkil etadi. Bundan tashqari, maxsus olti oylik dastur asosida ham oliy noyuridik malumotga ega bolgan kadrlar qayta tayyorlanadi. Qabul kvotasi har olti oyda 50 kishidan iboratdir.

Qolaversa, filialda oqitish toliq davlat grantlari asosida amalga oshirilib, bakalavriatni tamomlagan bitiruvchiga Yurisprudensiya talimi yonalishi boyicha diplom hamda leytenant maxsus unvoni berilib, Ichki ishlar vazirligi yoki Milliy gvardiya tizimida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini taminlash tizimida kamida 5 yil ishlab berish majburiyati yuklanadi.

Yana shuni aytish mumkinki, filialga qayta tayyorlash dasturi boyicha oqishga Ichki ishlar vaziri va Milliy gvardiya qomondoni tavsiyalari asosida oliy noyuridik malumotga ega bolgan amaldagi xodimlar va harbiy xizmatchilar belgilangan tartibda egallab turgan lavozimi va pul taminoti saqlab qolingan holda qabul qilinadi.

Filial tashkil etilganligiga qisqa vaqt bolishiga qaramay xorijiy davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun kadrlar tayyorlaydigan va qayta tayyorlaydigan talim muassasalari va markazlariga tanishuv tashriflari bolib otdi.

2019 yil may oyida Belarus Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi va uning tarmoqlari tajribasi chuqur organildi. Akademiya bilan Ixtisoslashtirilgan filial ortasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Shuningdek, joriy yilning iyun oyida Turkiya Politsiya Akademiyasining kadrlar tayyorlash tajribasi organildi. Tashrif natijasiga kora, hamkorlik memorandumi imzolashga kelishildi. Shu bilan birga Turkiyaning Havelsan kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan simulyatsiya-modulyatsiya va trening texnologiyalari sohasidagi mahsulotlari bilan tanishildi. Shu asosda, filialda zamonaviy kompterlashtirilgan simulyatsiya-modulyatsiya markazini tashkil etish yuzasidan texnik topshiriqni hamkorlikda ishlab chiqish boyicha tegishli takliflar berildi. Ushbu yilning iyul oyida esa Rossiya Federatsiyasiga, sentabr oyida Belgiya va Gollandiya talim muassasalariga tanishuv tashrifi bolib otishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, tadbirda filial professor-oqituvchilari bilan hamkorlikda master-klass darslarini otkazish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun kadrlar tayyorlaydigan va qayta tayyorlaydigan xorijiy talim muassasalari va markazlari professor-oqituvchilarini jalb qilish, xorijiy talim muassasalari va markazlarida otkaziladigan konferensiya, seminarlarda filial oqituvchilari ishtirokini taminlash hamda filialda otkaziladigan konferensiya va boshqa tadbirlarga xorijiy talim muassasalari va markazlari professor-oqituvchilarini taklif qilish borasida amaliy ishlar qilinayotganligi takidlandi.

Toshtemir XUDOYQULOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: