O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
02.07.2019

ISLOM SIVILIZATSIYASI MARKAZI ISLOM MARIFATI MUJASSAM MASKAN

Davron MAXSUDOV, O‘zbekiston xalqaro islom akademisi dotsenti, tarix fanlari nomzodi:

Songgi yillarda mamlakatimizda diniy-ma’rifiy sohada qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Imom Buxoriy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Ozbekiston xalqaro islom akademiyasi, Mir Arab oliy madrasasi, Hadis ilmi maktabi, kalom, fiqh, aqida, hadis, tasavvuf maktablarining ochilib, faoliyat yuritayotgani va ayniqsa, Islom sivilizatsiyasi markazining bunyod etilayotgani yurtimizda din, diniy qadriyatlar, azaliy ananalarimizni ilmiy, marifiy asosda organishga qaratilgan harakatning yorqin namunasidir.

Bular orasida yurtimiz tarixida ilk bora qad rostlayotgan Islom sivilizatsiyasi markaziga xalqimiz va hatto xorijliklarning ham qiziqishi ortib bormoqda. Shunday ekan, Islom sivilizatsiyasi qanday markaz, nima ishlar bilan shugullanadi, bu yerda talim beriladimi yoki faqat tadqiqotlar amalga oshiriladimi kabi bir qator savollarga javob berishga hamda uning mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari nimalardan iborat ekanligi, kelajakda insonlar manaviy yuksalishi, marifiy takomili uchun nimalar bera olishi kabi mulohazalarga aniqlik kiritishga harakat qilsak. Zero, inson va jamiyat manaviy takomili uchun muhim rol oynaydigan mazkur Markaz faoliyati haqida jamoatchiligimiz xabardor bolishga, albatta haqli. Shu orinda takidlash lozimki, hali Markazda qurilish ishlari davom etmoqda va binoning foydalanishga topshirilishi 2020 yilga moljallangan. Shunday ekan, istiqbolda boladigan ishlar boyicha fikrlar bildiriladi va ular asosan yonaltiruvchi xarakterga egaligini ham eslatib otish kerak.

Shu jihatdan, Islom sivilizatsiya markazining mohiyati xususidagi mulohazalarni quyidagi maqsadlarni ozida mujassam etgan jihatlar orqali yanada bilish mumkin.

Birinchidan, Bugungi shiddat bilan ozgarib borayotgan bir davrda barcha masalalarni, shu jumladan, diniy talimotni ham ilmiy asosda organish muhim sanaladi. Sodda qilib aytganda, ilm, marifatsiz «uzoqqa bora olmasligimiz» aniq. Aslida ulug zotlarning avlodlari sanalgan ushbu millatning bundan boshqa chorasi yoq, desak ham xato bolmaydi.

Shu manoda, Islom sivilizatsiya markazi ilmiy maskan sanaladi. Chunki bu yerda muntazam ravishda ilmiy izlanishlar olib boriladi. IX-XI asrlarda Xorazmda Dorul marifa va hikma va Bagdodda Bayt ul-hikma, yani Donishmandlik uyi kabi ilmiy markazlar bolgan. Ushbu Markaz ham ular kabi ilm va hikmat uyi hisoblanadi. Markazda ajdodlarimizning asarlari tadqiq qilinadi, tarjimalari amalga oshiriladi, tahlil qilinadi. Markazning ulkan kutubxonasida islom olamining noyob durdona asarlari va ularning elektron hamda faksimil nashrlari jamlanadiki, ularni organish asosiy vazifa bolib qoladi.

Ushbu maqsadda Ozbekistonning eng yetakchi olimlari, mutaxassislari, ilmiy izlanuvchilari, hatto xorijning yetuk allomalari jalb qilinadi. Ozbekiston xalqaro islom akademiyasi ilmiy izlanish olib borayotgan tadqiqotchilarning maskaniga aylanishi, shubhasiz. Uni Imom Buxoriy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlaridan qanday farqi boladi, degan savol tugilishi tabiiy. Javob sifatida aytish mumkinki, mazkur xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlarida asosan hadisshunoslik bilan shugullanilsa, Islom sivilizatsiya markazida barcha sohalarda, jumladan, Quronshunoslik, tafsirshunoslik, hadisshunoslik, siyratshunoslik (Paygambar alayhissalom hayot yollarini organish), islom huquqi (fiqh), aqida, tasavvuf, islom tarixi, arab tilshunosligi kabi bilimlar keng organiladi. Bundan tashqari, arxitektura, fizika, kimyo, falakiyotshunoslik, minerologiya, tibbiyot, farmokologiya kabi yonalishlarda ham ilmiy izlanishlar olib boriladi. Chunki ajdodlarimiz asarlarining salmoqli qismini ham ushbu sohalar tashkil etishini eslatib otish darkor. Lekin masalaning yana bir jihati shundaki, ham falakiyotni bilib, manba oqiy oladigan, tibbiyotchi yoki farmatsevt bolib, qolyozmalardan kerakli muolajalarni oqib organadigan mutaxassislarni bugungi kunda topish qiyin. Shunday ekan, kelajakda mazkur ilmlardan boxabar va qolyozma manbalarini mutolaa qila oladigan kadrlarga ham ehtiyoj ortib boradi. Demak, bu borada ham chuqurroq oylashimiz va kelajakda soha mutaxassislarini tayyorlash boyicha choralarni belgilashimiz kerak boladi.

Markazda tariximiz bilan bogliq koplab ashyolar va vizual materiallar yigilgani bois Islom akademiyasining yuqori kurslarida tahsil oluvchi mutaxassislikka doir fanlarning amaliy mashgulotlarini shu yerda otkazish maqsadga muvofiq sanaladi. Bu, bir tomondan, olingan nazariy bilimlarni mustahkamlashga komaklashsa, ikkinchi tomondan, tarixiy materiallarni koz bilan korish va foydalanish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, Markazda islomgacha bolgan davrga oid ashyolar ham joy olgani uchun arxeologlar, milliy kiyim va hunarmandchilik mahsulotlarimiz joylashgani sababli etnologlar, hunarmandlar, qadimiy yodgorliklarning maketlari borligi uchun arxitektorlar bu yerdan koplab amaliy malumotlarni olishlari mumkin. Qoyingki, Markazda orta asrlar xattotligi, naqqoshligi, sanati va hatto oshxona va kulinariyasi ham orin egallaydi. Albatta, bular tashrif buyuruvchilarga otmishimizning hali kop ham malum bolmagan qirralari haqida tasavvurlar uygotsa, yana sohaning bolajak mutaxassislariga amaliy mashgulot maskani ham bolib qolishi, shubhasiz.

Ikkinchidan, tarixda otgan buyuk allomalarimiz – Imom Buxoriy, Abu Mansur Moturidiy, Muso Xorazmiy, Ibn Sino kabi buyuk siymolar yurtimiz nomini dunyoga tanitgan shaxslardan hisoblanadi. Musulmon dunyosining motabar manbalarida ham Buxoro, Samarqand, Fargona, Urganch, Shosh kabi qadim shaharlar ulug olimlar yurti sifatida kop bora tilga olinadi. Jumladan, Buxoro Islom dinining minorasi, Samarqand yer yuzining eng gozal shahri, deyiladi. Arablarning etirofiga kora, Xorazmlik Zamaxshariy bobomizsiz arab tili unutilishi ham mumkin edi. Muso Xorazmiy sanoq tizimini kashf qilmaganida bugungi yuksak texnologiyalarni ham tasavvur qilish amri mahol bolib qolardi. Bahouddin Naqshband qol va qalb bir vaqtning ozida ikki ishni bajarib, bir maqsad sari intilishi borasidagi sof goyani ilgari surmaganida tasavvufiy talimot bunchalik xalqchil va tushunarli bolmay qolarmidi? Ibn Sinoning tibbiyot sohasidagi xizmatlarisiz bugungi ilgor Garb meditsinasi har qanday kasallikka davo topa olarmidi? Moturidiy bobomiz sof aqidani musulmonlarga yetkazmaganida bugungi musulmon jamiyatida oqim va toifalar qarashlariga yetarlicha javob berilmay qolarmidi? Movarounnahrda chuqur ildiz otgan hanafiylik mazhabi esa, Abu Hafs Kabir Buxoriy, Abu Zayd Dabusiy, Burhoniddin Margiloniy ilmiy merosi bilan mustahkam ilmiy asoslarga ega boldi. Qoyingki, bunday misollarni ketma-ket keltiraverish mumkin.

Oz navbatida, buni islom olamining mashhur olimlari ham etirof etmoqda. Mashhur Al-Azhar universitetining rektori Ahmad Toyyib janoblari oz yurtlaridagi kutubxonalarni Buxoriy, Moturidiy kabi zotlarning kitoblarisiz tasavvur qilib bolmasligi etirof etgan bolsa, Fan, talim va madaniyat masalalari boyicha Islom tashkiloti ISESCO sobiq bosh direktori Abdulaziz at-Tuvayjriy 2017 yilda Toshkentdagi ilmiy majlislarning birida Islom dini arab diyorida paydo bolsa ham, biroq uning ilmiy asoslari ajam xalqlari, jumladan movarounnahrlik olimlar tomonidan amalga oshirilganini takidlagan edi. Bir soz bilan aytganda, Ozbekiston zamini islom ilm-fani va madaniyatining qadimiy beshiklaridan biri hisoblanadi. Biroq otgan salkam bir asrlik davr mobaynida biz ushbu bebaho merosdan uzoqlashtirildik, ulug ajdodlarimiz kimligini bilmadik, ananaviy qadriyatlarimiz begona bolib bordi. Shunday bir paytda ulkan merosni anglash, xalqimizga, ayniqsa, yoshlarimizga yetkazish, tushuntirish, undan namuna olish masalasi dolzarb bolib qoldi. Bunyod etilayotgan ushbu Markazda otgan salkam bir yarim ming yillik meros qolyozma asarlar, elektron taqdimotlar, filmlar, eksponatlar orqali taqdim etiladi. Bu ham marifatni targib qilishning zamonaviy korinishlaridan biridir.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev takidlaganidek: Xalqimizning ana shunday boy tarixiy, ilmiy, manaviy merosini har tomonlama organish, jahon afkor ommasiga keng tanishtirish, eng muhimi, islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini chuqur ochib berish maqsadida biz azim poytaxtimiz Toshkent shahrida Ozbekistondagi Islom madaniyati markazini barpo etishga qaror qildik.

Mazkur maqsadlar ijrosi uchun Markazda noyob qolyozmalarga ega fond tashkil etilishi ham kozda tutilgan. Qolyozmalarni saqlash va kelajak avlodga yetkazish uchun restavratsiya qilish, tiklash, nusxa olish va kopaytirish bolimi ham ish yuritadi.

Uchinchidan, globallashuv davrida turli oqim va toifalar kopayib borayotgan bir paytda Markaz yoshlarga buyuk otmishdan namuna olishga yordam bersa, yana bir tomondan, bu yerda sof islom talimotini targib va tashviq qiladigan kitoblar, tarjimalar, internet malumotlari tayyorlanadi hamda xalqimizga yetkaziladi. Bu yerda kitob dokonlari, kutubxona, matbaa mahsulotlari tashrif buyuruvchilarga xizmat qiladi.

Markaz faoliyati, ilmiy kitob va jurnallar, olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari boyicha malumotlar, islom olami va sohadagi yangiliklarni yorutuvchi turli shakldagi doimiy nashr ishlarini amalga oshirish uchun eng zamonaviy uskunalar majmuasidan iborat nashriyot ham xizmat korsatadi. Bundan tashqari, yirik xalqaro anjumanlar, respublika va xorijlik olimlar bilan ilmiy seminarlar tashkil etish, xalqaro qorilar musobaqasi va boshqa tadbirlar otkazishga rejalashtirilgan, eng zamonaviy texnologiyalar asosida jihozlangan salkam besh yuz kishiga ega konferensiya zali ish yuritishi rejalashtirilgan.

Hozirda Markaz xalqaro aloqalarni yolga qoyish, turdosh xorijiy tashkilotlar bilan munosabatlar ornatish maqsadida bir qator xorijiy muassasalar bilan hamkorliklarni boshlagan. Islom hamkorlik tashkilotining KOMSTEK, ICESCO, IRCICA tarkibiy tuzilmalari, Oksford islom tadqiqotlari markazi, Saudiya Arabistoni axborot va arab-rus tadqiqotlari markazi kabilar bilan aloqalar ornatilgan.

Muxtasar aytganda, Prezident qarorida takidlanganidek, bu joyni Jaholatga qarshi marifat shiori ostidagi ilmiy, marifiy maskan, deyish mumkin. Demak, Islom sivilizatsiya markazida ham oquv, ham ilmiy tadqiqot, ham noyob kitoblar majmui va buyuk otmishimizning namunalari taqdim etilgani sababli uni bilim, talim, tarbiya, muzey, ulkan kutubxonaga ega marifat maskani, deb atash munosib boladi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: