O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
18.06.2019

OQ YOL, LEYTENANTLAR!

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yongin xavfsizligi institutida institutning bitiruvchilariga diplom va leytenant unvonlari topshirilishi munosabati bilan tantanali marosim bolib otdi. Unda Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati, bitiruvchilarning ota-onalari, institutning professor-oqituvchilari va keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Tadbirda sozga chiqqan Favqulodda vaziyatlar vaziri, general-leytenant Tursunxon Xudayberganov, Institut boshligining orinbosari, polkovnik Dilshod Toxtamuratov Ozbekiston Respublikasining «Ta’lim togrisida»gi va Yoshlarga oid davlat siyosati togrisidagi qonunlari, Prezidentimizning sohaga oid farmon va qarorlari har tomonlama yetuk, bilimli, masuliyat va burchni chuqur his qiladigan hamda oz kasbini sevib ardoqlaydigan oliy malumotli mutaxassis kadrlarni tayyorlashda muhim huquqiy asos bolib xizmat qilayotganligini takidlashdi. Bitiruvchi leytenantlarga kelgusidagi sharafli va masuliyatli kasbida muvaffaqiyatlar tilashdi.

— Saf maydonida harbiy liboslari ozlariga yarashib turgan navqiron yigitlarni korib, ular orasida oglim ham borligidan gururlandim, deydi bitiruvchi kursantning onasi Dilfuza Zayniddinova. Oglim jonajan Vatanimiz, muhtaram Prezidentimiz va xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilishiga ishonaman.

Bugun biz, yosh ofitserlarning quvonchimiz cheksiz, deydi bitiruvchi kursant Rustam Ahmedov. Bizni voyaga yetkazgan ota-onalarimizga, talim-tarbiya bergan ustozlarimizga, barcha shart-sharoitlarni yaratib bergan hurmatli Prezidentimizga minnatdorligimni bildiraman. Vatanimiz tinchligini saqlash, xalqimizning tinch-osuda hayotini asrash, el-yurtimizning moddiy boyliklarini himoya qilish yolida bor kuch va imkoniyatimni, olgan bilimlarimni ishga solib, sadoqat va shijoat bilan xizmat qilaman.

Oglimning hayotidagi quvonchli kunda qatnashish uchun Navbahor tumanidan yetib keldim, deydi bitiruvchi kursant Nizomiddin Shukurqulovning otasi Farhod Hakimov. Turmush ortogim Sayyoraxon bilan tort nafar farzandni tarbiyalab, voyaga yetkazdik. Farzandlarimiz orasidan Nizomiddin yoshligidan harbiy bolishga qiziqardi. Mana, bugun ozi orzu qilgan sharafli va masuliyatli kasb egasi bolganidan juda xursandman. Uning ustozlariga, mana shunday malakali kadrlarni tayyorlab berayotgan oliy talim muassasasi professor-oqituvchilariga rahmat aytmoqchiman.

Toshtemir XUDOYQULOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: