O'zb  
 
18.06.2019

BOLALARNING ILTIMOSI BILAN OTA-ONALARIGA QONGIROQ QILAMIZ, KELIB FARZANDINI KORIB KETISHINI SORAYMIZ

Qo‘rgontepa tumanidagi Muruvvat nogiron bolalar internat uyidagi katta oila haqida.

Muassasaga borganimizda eshik oldida qorovulni uchratdik. Ozimizni tanishtirib, «rahbarning xabari bor», deyishimizga qaramasdan, ichkariga oshiqdi. Direktorga kelganimizni aytib chiqdi. Xurshida Xalilova bizni ochiq chehra bilan kutib oldi.

Hovlidan boshlab gozal manzara kasb etgan Muruvvat uyi ozoda, shinam, qulay sharoitga ega. Kichik favvoralar, manzarali va mevali daraxtlar, bino ichidagi son-sanoqsiz gullar musaffo havoni ta’minlash bilan birga, kishiga zavq beradi. Har bir devorga ertak qahramonlariyu, tabiat manzaralari rasmi tushirilgan. Tarbiyaviy ahamiyatga ega iboralar, turli eslatmalar ham etibordan chetda qolmagan.

— Muassasamiz 2016 yilning may oyida Sogliqni saqlash vazirligi tasarrufiga otkazildi, deydi Xurshida Xalilova. Osha vaqtda bu yerda qator muammolar yigilib qolgan edi. Tamirlash, sharoitni yaxshilash, issiqlik taminoti va yana boshqa masalalarda tub ozgarishlar amalga oshirildi.

Muruvvat uyidagi bolalarning xastaligi bir xil emas. Bu yerda aqli zaiflar, shizofreniya DSP va daun sindromlari, epilepsiya, jismoniy nuqsoni bor va yana boshqa turdagi tashxislar qoyilgan 4 yoshdan 18 yoshgacha bolgan ogil-qizlar bor. Shunisi ham muhimki, ularning ozlari 3 toifaga bolinadi: yotuvchi, yuruvchi va emaklovchi bolalar. Ularning har biri bilan alohida shugullanib, xarakteridan kelib chiqib, muomala qilinadi, parvarishlanadi. Aksincha bolishi ham mumkin emas.

Muassasamizda sharoitlar yuqori darajada tashkil etilishi bolalarning sogligi, kayfiyatiga tasir qiladi. Shuni inobatga olgan holda, binolar sanitar, gigiyena talablariga mos ravishda qayta tamirlandi, issiq suv, 24 turdagi dori-darmon hamda zarur barcha vositalar bilan taminlandi. Oshxonalar zamonaviy anjomlar bilan jihozlandi. Shu bilan birga, oquv xonalari, kutubxona bor. 3-sinfgacha ogil-qizlar oqitiladi. Homiylar va tuman hokimligi komagida badminton, futbol, basketbol va voleybol uchun moljallangan sport maydonchasi qurildi, stol tennisi bolajonlar ixtiyorida. Oquv sensor va kompyuter xonalari tashkil qilindi. Bu ham bolaga meyoriy hayot kechirishi uchun yordam beradi, deb oylayman.

Turli mashqlar, rasm, sanat, hunarmandchilik darslari otkaziladi. Bazi tarbiyalanuvchilar tuman va viloyat miqyosidagi tadbirlarda ishtirok etib, yaxshi natijalarga erishib kelmoqda. Ikki yildirki, muassasamiz jamoasi paralimpiya musobaqalarida qatnashib, sovrinli orinlarni qolga kiritmoqda. Zulayho, Madina ismli qizlarning raqsi kopchilikning olqishiga, etirofiga sazovor bolmoqda. Ayrim tarbiyalanuvchilar oz qollari bilan turli narsalar yasaydi, kompyuterda ishlay oladi. Ular ulgayib, jamiyatda hamma qatori hayot kechirish imkoniyatiga ega. Masalan, bu yil tananing beldan pastki qismida falajlik tashxisi bilan muassasamizda yashovchi 3-4 nafar ogil-qizni kollejga joylashtiramiz. Chunki ular oqiy oladi. Hunarmandchilik yoki qolda bajariladigan boshqa kasb-hunar egasi boladi. Bu biz uchun juda quvonarli. Har bir yutuq, har bitta ragbat barchamizni birdek hayajonga soladi, xursand qiladi.

Bizdan esa faqat va faqat ishlash, vijdonan, yurakdan ishlash talab qilinadi. Hamisha yuqori sergaklik, hushyorlik, masuliyat va javobgarlik talab etiladi. Mana shuni xodimlarga tushuntirishga harakat qilaman. Aksariyat bolalar jiddiy nuqsonlar bilan tugilgan. Ularning hayoti nima bilan tugashi bizga qorongu. Tibbiyot, fan, inson ojiz bolgan sabablarga kora, bolalar olimi kuzatiladi. Biroq otgan 2-3 yildagi qilingan ozgarishlar, sharoitning yaxshilanishi, etibor va gamxorlikning ortishi sababli aynan ushbu holat 30-40 foizga kamaydi, deb ayta olaman.

Togri, qilinadigan ishlar kop, zimmamizda masuliyat katta. Bolaning hayotiga biroz bolsa-da mazmun, yangilik, quvonch olib kirishga harakat qilyapmiz. Ota-onalarning ham kongli toq. 330 oringa moljallangan muassasada hozirda 300 nafardan ortiq bola yashaydi. Ularga qanchalar yaxshi sharoit qilinmasin, mehr berilmasin, ota-ona, oilaning orni boshqa. Afsuski, buni barcha ota-onalar ham togri anglamaydi. 35-40 foiz bolaning yaqinlari kelib, xabar oladi. Boshqalari esa tashlab qoygan. Yillab bolasi bilan qiziqmaydigan insonlarga qoyil qolmayman. Kop hollarda bolalarning iltimosi bilan ota-onalarga qongiroq qilamiz, kelib farzandini korib ketishini soraymiz. Bazida ota-onalar bolam ozib qolibdi, yaxshi qaralmabdi, deb shikoyat qiladi. Shunda avval ularni etirozsiz eshitib, keyin buning sabablarini tushuntirishga harakat qilamiz. Farzandining qanday tashxis bilan yotganini eslatib, ota-onasi, yaqinlariga ichikib yoki kasali xuruj qilganda mana shu holat kuzatilayotganini aytamiz.

Otgan yili Toshkentdan 4 yoshli Fotima va Zuhra siam egizaklari olib kelindi. Ularning sher aytishi, raqs tushishi kishini hayron qoldiradi. Yaratganning qudratini qarangki, bu ikki qizning hamma azolari ikkitadan. Rossiya, Isroil mamlakatlaridagi mutaxassislar bilan gaplashdim. Koplab xalqaro tashkilotlarga sorovlar yubordik. Afsuski, ularni jarrohlik yoli bilan davolab bolmas ekan. Hattoki suniy azolar qoyish haqida ham bosh qotirdik, xalqaro mutaxassislar bilan maslahatlashdik. Biroq bu ham samarasiz boldi. Demak, bu holatda biz ham, tibbiyot ham ojiz. Ularni doimiy etiborda tarbiyalash, parvarishlashdan boshqasi qolimizdan kelmaydi...

Bilasizmi, men birinchi marta bu yerga kelganimda ishni nimadan boshlashni, qanday ishlashni bilmay boshim qotgan. Hattoki, qolimdan kelmaydi, degan xayollar ham bolgan. Chunki bu yerda qilinishi kerak bolgan vazifalar kolami katta, kop ishlab, kam dam olish kerak edi. Mana, shukrki, hammasi sekin-asta bir maromga kelyapti, kundan-kunga yangi goyalar ham tugilyapti. Qisqa qilib aytganda, Muruvvat uyimiz mening ikkinchi oilamga aylandi. Qayerda bolsam ham bolalar haqidagi oylar tark etmaydi. Har birining muammosini, ehtiyojini unutmaslikka, ularga yechim topishga harakat qilyapman.

Xurshida Xalilova muassasadagi ozgarishlar haqida suhbatdan song bolimlar, u yerdagi bolalar bilan tanishishga taklif etdi.

Bolajonlarning hammasi u kishiga talpinganini korib, mehrning kuchiga qoyil qoldik. Bir tanada joylashgan ikki qalb, ikki inson Fotima va Zuhraning oz tilida aytgan qoshigidan faqatgina bu mening onam sozlarini tushuna oldik. Olqishlaganimizni korgan murgak qalblarning kozlarida quvonch porladi.

Bolimlarni aylanib yurar ekanmiz, yolaklar bolalarning togaraklarda ustozlari yordamida oz qollari bilan yasagan turli-tuman narsalar, buyumlardan iborat korgazmalar bilan bezatilganini kordik. Shu vaqt bizga hamroh bolayotgan xodimlar orasidan kimdir gapira oladigan bolalarimiz ham bor, dedi va bizni ularning yoniga boshladi.

Ismim Usmonali, Baliqchidanman, dedi yotogida otirgan bolakay. 2006 yilda tugilganman va shundan buyon bu yerda yashayman. Ona-tili va adabiyot, matematika, fizika darslarini yaxshi koraman. Eng sevimli tarbiyachim esa Rano opa. Men yana advokatlik kasbini yoqtiraman. Sanashni, sher aytishni organdim. Samir, Diana, Shahriyor, Rayhona yaqin ortoqlarim. Ular bilan topishmoq aytish oyinlarini oynaymiz.

Usmonali sabzi haqidagi topishmoq hamda ushbu sabzovotning foydali xususiyatlari togrisida bilganlarini aytib berdi. Savollarimizga javob berar ekan, qollari bilan oyoqlariga yopilgan choyshabni oynar, hayajondan entikib qoyardi. U kabi yana bir qancha bolalar bilan suhbatlashishga, ularning kayfiyatini kotarishga harakat qildik. Ayrimlari bilan yaqin ortoq ham bolib oldik. Masalan, Umida Yoldosheva 1991 yilda dunyoga kelgan ekan. 4 yoshida uni qoshni Qirgiziston bilan chegaradosh hududdan topib olib, muassasaga keltirishgan. Unga shizofreniya tashxisi qoyilgan. Deyarli butun umri Muruvvat uyida otgan bu qizni barcha taniydi. Tarbiyachi va enagalar dastyorimiz, yordamchimiz, deb maqtashdi.

Umidaning aytishicha, tushlarida hamisha onasini koradi. Soginchini koz yoshlari bilan aritishga harakat qiladi. Sher yodlash, raqsga tushish, sport bilan shugullanish orqali ovunadi. Ayrim vaqtlarda ozi ham sher yozarkan.

Ishqda erib ketgan mening bu konglim, Hasrat terib ketgan mening bu konglim, Butkul qarib ketgan mening bu konglim, Onajon, men sizni qaylardan izlay.

Umidaning yozganlaridan bir nechtasini oldik. Matbuotda chop etishga yordam qilishga vada berib, u bilan xayrlashdik.

Muruvvat uyida tarbiyalanuvchilar xilma-xil tabiatli, turli hududlardan kelgan, xastaliklari ham bir-biriga oxshamaydi. Lekin bu masalada har birining opasi, singlisi, akasi yoki ukasi, va albatta, oyisi bor. Demak, ular yolgiz emas, ular katta bir oila.

Zilola UBAYDULLAYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: