O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
11.06.2019

ENDOUROLOGIYA NIMA?

Mazkur yo‘nalishda zamonaviy texnikalardan foydalanish borasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

Asilbek GAYBULLAYEV, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti urologiya hamda andrologiya kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor:

— Bir necha yillardan beri institutimiz boshchiligida bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda urologiyaning dolzarb muammolariga bagishlangan anjumanlar otkazib kelamiz. Shu kabi tadbirlarimizning navbatdagisi siydiktosh kasalligi, prostata bezi xavfsiz giperplaziyasi bilan ogrigan bemorlarda endourologik kamjarohatlik operatsiyalar otkazish hamda urologik kasalliklarni lapraskopik operatsiyalar yordamida davolash masalalariga bagishlanadi. Sababi, hozirgi kunda ushbu holatni amaliyotda qollash Ozbekiston uchun eng dolzarb ish bolib turibdi. Xalqaro konferensiya 14-15 iyun kunlari Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahridagi Salomatlik akademiyasi xususiy klinikasida otkaziladi.

Anjumanda Buyuk Britaniya, Rossiya, Pokiston, Turkiya, Xitoy, Hindiston, Vetnam va boshqa mamlakatlardan urologiya sohasida dunyo boyicha kozga koringan olimlar ishtirok etadi. Tadbir davomida U-Merge va Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti ortasida ozaro hamkorlik boyicha Memorandum imzolanadi. Ushbu tashkilotning mutaxassislari endourologiyaning dolzarb masalalari boyicha ma’ruza oqiydi. Bundan tashqari, xorijlik va mahalliy shifokorlar birgalikda Salomatlik akademiyasi klinikasida 10 ta murakkab endourologik operatsiyani bajarib, mahorat darslarini otkazishadi.

Anjuman qatnashchilari ushbu operatsiyalarni ekran orqali togridan-togri kuzatib boradilar va kerak bolsa, jarrohlarga va moderatorlarga savollar bilan murojaat qilishlari mumkin. Yosh doktorlar ichkarida bolayotgan voqealarni xuddi operatsiya xonasida bolganidek korib his qila olishi uchun sharoit yaratilgan.

Ushbu klinikada men ham operatsiya otkazganman. Shuningdek, Ozbekistondagi boshqa klinikalarda ham dotsent Nazir Alijonov kabi yetakchi shifokorlar bir nechta murakkab operatsiyalarda ishtirok etishdi. Mahalliy doktorlar ham hozirda barcha yonalishlar boyicha endourologik operatsiyalarni ozlari uddalashmoqda. Urologiya sohasi boyicha Kitob tumanida qilinayotgan davolash ishlari majmuasi Toshkent shahrida qilinayotgan ishlar bilan teng, desak xato bolmaydi. Oz ornida Toshkent shahridagi davolash ishlarining majmuasi yetakchi xorijiy davlatlarda korsatilayotgan tibbiy xizmatlar bilan deyarli bir xil darajada. Bazi bir noyob, nihoyatda kamyob asbob-uskunalarimiz bolmaganligi hisobiga biroz tafovut bolishi mumkin. Lekin umumiy olganda katta farq yoq.

Endourologiya deyilganda faqatgina buyrakdagi toshlarni tushunib qolmang, uning ichiga prostata bezini xavfsiz giperplaziyasi degan kasalliklar ham kirib ketadi. Oxirgi vaqtda dunyo tajribasida bu sohaga ham yangiliklar kirib keldi, lazer usuli bilan davolash yolga qoyilgan. Ozbekistonda ham bu usul amaliyotda qollanila boshlandi. Tadbir vaqti shifokorlarimizga lazer orqali operatsiya qilish jarayonini ham korsatib beramiz.

Lapraskopik davolashlar endoskopik davolashlar qatoriga kiradi. Bunda katta kesma qilmasdan organizmda uchta kichkina kesma qilib, qorin yoki qorin orti pardasi boshligi orqali ichki azolarga kirib, buyrakdagi operatsiyalar amalga oshiriladi. Ozbekistondagi kop klinikalarda ananaviy katta kesma bilan qilinadigan operatsiyalardan bosqichma-bosqich lapraskopik operatsiyalarga otilmoqda. Mazkur holat urologiyaning nihoyatda tez shiddat bilan rivojlanib kelayotgan yonalishlaridan biriga aylanmokda.

Bu ishlarni oddiy misol bilan tushuntiradigan bolsam, bemor shifoxonaga keldi, belidan kesdik, toshni oldik, toshni olgandan keyin buyrakni joyiga qoydik, uni tikib chiqdik, kesma bilan yara necha kunda bitadi? Shifoxonadan chiqish uchun 10 kun kerak. Ikki oyda bemor ishga borishga moyil boladi, 3 oyda yara bitadi. Shuningdek, kesma bolgandan song bazi bir odamlar sogligini yoqotishi mumkin. Nogironlik ham olish ehtimoli yoq emas. Bu davrda bemor qancha mablag, vaqt ketkazadi? Endourologik davolaydigan bolsak, bemor 3 kunda uyiga chiqib ketadi. Bozorda yuk tashuvchi bolmaydimi, 5 kundan keyin ishga yaroqli boladi. Bundan qancha narsa yutyapmiz? Bu dard bilan ogriganlar soni qancha? Davlatning pulini saqlab qolyapmizmi? Bu bitta tosh xastaligi, boshqa kasalliklarda ham xuddi shunday jarayon ketmoqda.

Xalqaro konfrensiyani Qashqadaryoda otkazishimizning birinchi sababi, mazkur yutuqlarni mamlakatimizdagi urologlarga korsatish va targibot qilishdir. Endourologiyaning rivojlanayotganligini, shu sohani yaxshi tushunmayotgan, bilmayotgan doktorlarimiz ham korsin, bilsin, tushunsin, shunga intilsin. Chunki ertangi kunimiz endourologiyaga bogliq bolib turibdi. Dunyo mamlakatlarida 100 foiz bemorlarning 97-98 foizi endourologik, endoskopik zamonaviy kam jarohatlik yoli bilan operatsiya qilinadi. Uzogi bilan 5 foizi ananaviy operatsiyalar hisobiga togri keladi. Togri, doim ananaviy tarzda qilinadigan operatsiyalar bor. Tashqarida bolgan azo uchun, varikoselle, uretra torayishi va boshqa shu kabi muolajalarda endoskop ishlatishning keragi yoq. Lekin bu yerda odam tanasining ichkarisida boladigan operatsiyalar togrisida gap ketmoqda.

Anjumanda har bir doktorda xorijlik hamkasblari bilan gaplashish, ular bilan tanishish imkoniyati boladi. Albatta, bu yonalishda yaxshi mutaxassislar faqat chet elda emas, balki, bizda ham dunyo tan olgan shifokorlarimiz bor, ular ham shu jarayonda zamonaviy usullar bilan qatnashadi. Kerak bolsa, xorijlik olimlarning ozi yurtdoshlarimizni klinikalariga oqishga yoki ishga chaqirsin. Yoki Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti orqali U-Mergening guruhiga azo bolib, uning darslarida qatnashishi mumkin. Bizning eng katta yutugimiz U-Merge darslarini Ozbekistonda otkazayotganimizdir. Mazkur darsning birinchisi Shahrisabzda bolib otadigan bolsa, shu yilda boshqa viloyatlarda ham U-Merge mutaxassislari bilan hamkorlikda bir nechta darslarni tashkil qilishimiz mumkin.

Shu vaqtga qadar Ozbekistonda tibbiyotning boshqa yonalishlarida ushbu ishlar yolga qoyilgan bolishi mumkin. Lekin endourologiya sohasida birinchi marta qilinmoqda. Bu biz uchun juda ham kerak. Chunki hozirgi kunda, Ozbekistonda kopgina xususiy klinikalar ochilmoqda va ularda endourologik operatsiyalar amalga oshirila boshlandi. Ularga maslahat, yol-yoriq kerak. Ayrimlarida yaxshi ishlarni qilish imkoniyati bor, lekin bir qancha savollari yigilib qolgan. Ana shu savollarga shunday tadbirlar orqali togridan-togri javob olinishi mumkin. Bu ishlar sohamizning rivojlanishiga, tezlashishiga xizmat qiladi. Mana, menda sharoit yoq, tumanda yashayman, bizda buni qilib bolmaydi, degan notogri tushunchalarga barham berishimiz kerak. Qayerda bolishidan qati nazar, bunday amaliyotlar mahalliy aholiga qancha katta yordam berishi mumkinligini doktorlarimiz korishsin.

Mazkur anjumanni homiy tashkilotlar yordamisiz otkaza olmas edik. Shuningdek, ushbu ishlarning boshida Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahar, Kitob tumani hokimligi, Sogliqni saqlash vazirligi, Qashqadaryo viloyati sogliqni saqlash boshqarmasi va albatta Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti rahbariyati turibdi. Ular tashkiliy ishlarga bosh-qosh bolmoqda. Bizning ishimizga investitsiya kiritgan investorlarimizga ham minnatdorlik bildiramiz va keyingi ishlarida zafarlar tilab qolamiz.

Hukumatimizning Ozbekistonga xorijdan kirish vizalarini kop davlatlarga ochib qoygani bizga yengillik boldi. Faqat bitta-ikkita davlatlarga viza qilib beryapmiz.

Konferensiya bolib otgach, albatta uning natijalari bilan batafsil ortoqlashamiz.

«Ozbekiston ovozi» muxbiri

Shahboz SAIDOV yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: