O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
11.06.2019

KECHIRIMLILIK XALQIMIZGA XOS FAZILAT

Kechirimlilik, bag‘rikenglik, insonparvarlik — ozbek xalqiga xos azaliy qadriyatlar hisoblanadi. Bugun ham ana shu, ozimizga xos bolgan tamoyillar asosida, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan olamshumul ishlar amalga oshirilmoqda. Hayotda adashgan, bilib-bilmay xato qilgan, qilmishidan pushaymon bolgan minglab odamlar kechirilmoqda, afv etilmoqda, oilasi, yaqinlari bagriga qaytarilmoqda.

Muborak Ramazon oyida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirigiga binoan, ulkan ahamiyatga ega «Mehr» insonparvarlik operatsiyasi amalga oshirildi. Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolar hududidan 156 nafar vatandoshimiz, asosan ayollar va bolalar maxsus aviareysda vatanga qaytarildi. Ozga yurtga borib qolib, ogir kunlarni, fojialarni boshidan otkazgan, vatanga qaytishni yaratgandan iltijo qilib soragan bu insonlar hayoti saqlab qolindi. Bugun ularga har tomonlama yordam korsatilmoqda. Ularning jamiyatga moslashib, ijtimoiy faol shaxsga aylanishlari, boshpana va ish bilan ta’minlanishlari boyicha barcha chora-tadbirlar korildi. Bolalarga talim berish masalasiga alohida etibor qaratilmoqda. Bu ishlar yurtimizda inson omiliga oliy qadriyat sifatida qaralishi, har bir inson etibor va ehtiromda ekanining tasdigidir.

Shu orinda, otgan ikki-uch yil ichida mazkur yonalishda amalga oshirilgan ishlar haqida qisqacha toxtalib otsak orinli boladi, deb oylayman.

2017 yil dekabr oyida Konstitutsiyamizning 25 yilligi arafasida elon qilingan Farmon bilan mamlakat tarixida ilk marotaba 2 ming 700 nafar mahkum, jumladan, jazoni ijro etish koloniyalaridan 956 nafar turli sharoitlar tufayli jinoyat sodir etgan, qilmishidan chin kongildan pushaymon bolgan, tuzalish yoliga qatiy otgan, yashash joyi va jazoni ijro etish muassasasida ijobiy tavsiflangan shaxslar afv etildi.

2018 yil 12 iyunda Ramazon hayiti munosabati bilan elon qilingan afvga oid Prezident Farmoni bilan ozodlikdan mahrum etish jazosini otayotgan 226 nafar fuqaro afv etildi.

Vatanimiz Mustaqilligining 27 yilligi arafasida Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Ozodlikdan mahrum etish jazosini otayotgan, qilmishiga chin kongildan pushaymon bolgan va tuzalish yoliga qatiy otgan bir guruh shaxslarni afv etish togrisidagi Farmoniga imzo chekildi.

Ushbu farmon bilan qilmishiga chin kongildan pushaymon bolgan va tuzalish yoliga qatiy otgan, ozodlikdan mahrum etish jazosini otayotgan 261 nafar fuqaro afv etildi.

Farmonga muvofiq, 215 nafar shaxs jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilinib, oilasi va yaqinlari bagriga qaytarildi. Shuningdek, 46 nafar shaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirildi.

Afv etilganlarning 5 nafarini 60 yoshdan oshgan shaxslar, 135 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.

Bu yil esa muborak Ramazon hayiti munosabati bilan hamda Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 23-bandiga asosan bilib-bilmay jinoyat sodir etgan, hozirgi vaqtda qilmishiga chin kongildan pushaymon bolgan va tuzalish yoliga qatiy otgan ozodlikdan mahrum etish jazosini otayotgan 575 nafar fuqaro afv etildi. Afv etilgan shaxslarning 361 nafari jazodan toliq ozod qilinib, ota-onasi, farzandlari va yaqinlari bagriga qaytariladi. Shuningdek, 214 nafar shaxsning ozodlikdan mahrum etish jazo muddatlari qisqartiriladi. Afv etilganlarning 7 nafarini 60 yoshdan oshgan shaxslar, 6 nafarini ayollar, 1 nafarini chet el fuqarosi tashkil etadi.

Ramazon hayiti arafasida Zangiota tumanida joylashgan ayollar jazo otayotgan muassasada otgan sayyor sud majlisida jami 19 nafar ayol jazodan ozod etilib, uyiga – oilasi bagriga qaytarilgani, bundan tashqari, 20 nafar ayol yopiq turdagi jazoni ijro etish muassasasidan manzil-koloniyasiga otkazilganini qayd etish lozim.

Afv etilgan, kechirilganlarning ijtimoiy hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shugullanishi, soglom turmush tarzini yolga qoyib, jamiyatda munosib orin topishi uchun barcha chora-tadbirlar korilmoqda. Mahalliy hokimiyat vakillari, keng jamoatchilik, ozini ozi boshqarish organlari, diniy soha xodimlari ular bilan dildan suhbat otkazib, muammolari bilan yaqindan tanishib, amaliy komak berishmoqda. Shuningdek, bu xayrli ishda muborak Haj amalini ado etib qaytgan yurtdoshlarimiz ham ularga manaviy maslakdosh bolishmoqda.

Xulosa qilib aytganda, bu yurtda inson aziz, uning qadr-qimmati har narsadan ustun. Bugun afv etilganlarni, kechirilganlarni har jihatdan qollab-quvvatlash, ularga komak berish zamirida bir haqiqat mavjud. U ham bolsa, hayotga kelgan har bir inson umrini mazmunli otkazsin, ganimat fursatlarni huda-behudaga sarflamasin, yurtiga, yurtdoshlariga sodiq bolib, oz vatanida baxtli hayot kechirsin. Zero, oliy qadriyatning yorqin namoyoni sifati chiqarilgan ushbu farmonning mohiyatida ham ana shu ulug maqsad, ezgu goya mujassam.

Nuriymon ABULHASAN,

Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boyicha qomita raisi orinbosari.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: