O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31 1
11.06.2019

PREZIDENTDAN RAMAZON TUHFASI

Inson o‘z uyiga ega bolmaguncha, chin halovat nimaligini bilmaydi. Uyli-joyli bolish – har bir odamga shaxs sifatida ulgayish, har bir oila uchun esa soglom muhit yaratish imkoniyati degani. Boshqacha aytganda, uyi bor inson chin ma’noda ozodlikka erishadi, u endi mayda tashvishlardan balandroq orzu-maqsadlar sari intiladi. Zotan, insonning hayotga intilishini, jamiyatga, davlatga va kelajakka ishonchini mustahkamlaydigan birlamchi omil ham, har bir oilaning eng gozal xotiralari ham aynan uy-joy bilan bogliqdir.

Ayniqsa, bir insonning, bir oilaning Toshkent shahrida oz uy-joyiga ega bolishi juda katta voqea. Buning uchun bir inson necha yillar davomida tinmay ishlashi, rozgoridan orttirib, mablag jamgarishi lozim. Chunki poytaxt oz nomi bilan poytaxt-da. Bu yerda, tabiiyki, mamlakatimizning boshqa hududlariga nisbatan uy-joy narxi anchayin baland. Boz ustiga shu yirik megapolisning ozida muqim boshpanali bolishni istaganlar kop.

Prezidentimizning virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga Toshkent shahridan yollanayotgan murojaatlar tahlili ham, davlatimiz rahbari topshirigi asosida poytaxt aholisi muammolarini organish boyicha tuzilgan Respublika ishchi guruhining 2018-2019 yillardagi faoliyati ham bu hayot haqiqatini keragicha isbotlab berdi. Shu manoda poytaxtimizning barcha tumanida ijtimoiy uylar barpo qilinishi, ayniqsa, Sirgali tumani «Choshtepa» mahalla fuqarolar yigini hududidagi 30 gektar maydonda 3 ming 696 ta xonadonni oz ichiga olgan 66 ta 7 qavatli zamonaviy uy-joy qurilishi Toshkent shahrida uysizlik tufayli juda ogir-murakkab sharoitda ilojsiz kun kechirib kelgan yuzlab nogironligi bor yoki yakka-yolgiz insonlar, sagirlikning ogir iztiroblarini boshidan otkazgan koplab fuqarolar, ogir ijtimoiy holatlarga tushib qolgan xotin-qizlarning eng birlamchi hayotiy muammosini hal qilishda nihoyatda ulkan tarixiy loyiha bolish bilan birga, hatto eng rivojlangan davlatlar tajribasida ham juda kam kuzatiladigan yuksak insonparvarlik namunasidir.

Bir etibor bering: 2019 yilning otgan 5 oyi davomida Toshkent shahrida uy-joyga ota muhtoj, ogir turmush sharoitidagi 300 dan ortiq inson doimiy foydalanish huquqi asosida uy-joy bilan taminlandi, yani 300 dan ziyod oilaning eng birlamchi hayotiy muammosi hal boldi, har lahza ogir tegirmon toshidek yelkasida yuk bolib kelgan eng katta dard-u tashvishi aridi.

Davlatimiz rahbari topshirigi asosida muqaddas ayyom muborak Ramazon hayiti arafasida Toshkent shahridagi uy-joyga juda muhtoj, ogir vaziyatga tushib qolgan, nogironligi bor fuqarolar, boquvchisini yoqotgan, yakka-yolgiz ayollardan 450 nafariga, shuningdek, Ozbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshidagi ilmiy-tekshirish institutlari hamda oliy talim muassasalarida ilmiy tadqiqot olib borayotgan 50 nafar yosh olimlar oilalariga jami 500 nafar insonga Sirgali tumanining Choshtepa massividan 1 xonali uy-joylarning Prezident sovgasi sifatida berilishi mamlakatimizdagi yuksak insonparvarlik siyosatining, Xalqimiz ertaga emas, uzoq kelajakda emas, bugun yaxshi yashashi kerak, odamlar islohotlar natijasini bugun oz hayotida korishi kerak, degan buyuk goyaning yana bir yorqin hayotiy isboti boldi. Ikki kun davomida mazkur massivda 500 ta oilaga turar-joy bilan taminlangani haqidagi sertifikatlar, xonadonlar kalitlarini topshirish marosimi otkazilishi bilan Choshtepa chindan ham katta toyxonaga aylandi. Tong sahardan shom qorongisiga qadar davom etgan bu bayram ezgulik, insonparvarlik, necha yillik orzu-umidlar ushalganining yana bir tantanasi boldi.

Hali Vatanimiz tarixida bolmagan voqelik bitta massivning ozida 500 ta uy-joyning Prezident sovgasi sifatida taqdim etilishi shiddatli taraqqiyotga erishishning, barqaror, kuchli va insonparvar jamiyat barpo etishning mustahkam zamini bolib xizmat qiladi. Chunki oz uyiga ega bolgan kuni inson yangidan hayotga kelgandek boladi, yangi uy unga katta marralar sari nihoyatda kuchli ilhom baxsh etadi, qalbida ertangi kunga, qonunlarga va davlatga ishonch mustahkamlanadi. Shu bois ham bir umrlik orzulariga erishgan insonlarning tili-yu dilida faqat va faqat shukronalikni, baxtiyorlikni, oz hayotidan rozilik ifodasini korish mumkin.

24 yil avval mirobodlik Zilola Xudoyberdiyeva va turmush ortogining boshiga katta tashvish tushadi: 1995 yilda qaynotasi ularning Quyliq-2 mavzesidagi uyini boshqa birovga sotib yuborgach, er-xotin dastlab 12 yil davomida hali u, hali bu qarindoshining uyida yashab keladi, biroq 2007 yili Zilola Xudoyberdiyevaning turmush ortogi ham vafot etgach, ayol uch farzandi bilan kochada qoladi. Yana 12 yil davomida muqim turar joyning yoqligi, ijarama-ijara sarson-sargardonliklar, topilgan boshpanada kun kechirishlar oqibatida Zilola opa 2018 yili katta farzandini tuproqqa qoyadi. Ana shunday taqdirning achchiq sinovlari girdobida qolgan bu ayolga osmon olis yer qattiq bir sharoitda Prezident sovgasi sifatida bir xonali uy ajratilishi Zilola Xudoyberdiyeva va ikki farzandi taqdirini butkul ozgartirib yubordi. Bu ularning hayotida qiyinchiliklar ortidan kelgan yengillik, tundan song otgan tongning gozal bir mujdasi edi. Uysizlik va uyli bolish ortasidagi tafovutni esa bu ayol juda yaxshi anglaydi.

Yakkasaroylik 50 yoshli Dilfuza Madrahimova oddiy oqituvchi. Yoshlarga talim-tarbiya berish, bir harf orgatish mashaqqatining ozi har qanday insonni holdan toydiradi. Uning ustiga 9 yildan beri yolgiz farzandi bilan ijarama-ijara yurish azobini ham tasavvur qilsangiz, bu ayolning chindan ham qirqta joni borligiga amin bolasiz. Biroq bu ayolni hayotning oqildiziga mahkam boglab turgan asos uning qalbida shu ogir kunlardan qutilish umidining chogday yonib turgani, ezgulikka intilib yashaganida edi, desak, adolatdan boladi. Mana, necha-necha tonglarni oqartirgan duolar bugun ijobat boldi. Prezidentimiz asos solgan xalq bilan muloqot tizimi Dilfuza Madrahimova hayotiga nur, qalbiga halovat olib kirdi. Ezgulik, shukronalik, mehr-oqibat tantanasi Ramazon hayiti arafasida tuhfa qilingan bu turar-joy endi uning oz uyi, oz olan toshagi.

45 yoshli Fotiha Latfulina ham nogironligi bor farzandi bilan kop yildan beri uy-joysiz, baraklarda kun kechirib kelgan. Qavmu qarindoshidan bir roshnolik kormagan ayolning bosh urib borgan manzili Prezident Xalq qabulxonasi boldi. Toshkent shahrida otkazilgan ommaviy qabullarda nihoyat uning muammosiga ijobiy yechim topildi. Yangi uy Fotiha Latfulina hayotiga yangi mazmun, katta maqsadlar olib kirdi.

Yakkasaroylik Gulnoza Qoraboyeva turmush ortogi vafotidan song bir farzandi bilan ota uyiga qaytadi. Bu xonadonda esa ulardan tashqari yana ikki oila 6 kishi istiqomat qilardi. Yangi, zamonaviy turar joydan unga va farzandiga yashash uchun xonadon ajratilishi bilan yana bir garib kongil obod boldi.

Davlatimiz rahbari hamisha har bir masalaga ilm nuqtai nazaridan yondashishni takidlab, olimlarga kuchli motivatsiya berish uchun ularning turmush sharoitini yaxshilashga doimiy etibor qaratib kelmoqda. Aslida ham ilm qilish igna bilan quduq qazish degani. Olim insonning turmushidan kongli toq bolsa, ishida unum va baraka boladi. Buning foydasi esa butun Vatanga tatiydi.

Shu manoda kuni kecha Sirgali tumanining Choshtepa massivida Ozbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshidagi ilmiy-tekshirish institutlarida, oliy talim muassasalarida ilmiy izlanishlar olib borayotgan 50 nafar yosh olimlar oilalariga 50 ta uyning Prezident sovgasi sifatida taqdim etilgani mamlakatimizda ilmu marifat egalari, bilimli insonlar tom manoda qadr topayotganining yana bir amaliy ifodasi boldi. Bu yilgi Ramazon hayitini oz uyida nishonlayotgan yosh olimlarning esa ilmga ishtiyoqi, innovatsiyaga intilishini oshirish bilan birga, el-yurtimizga sadoqat va fidoyilik bilan xizmat qilishga ham undamoqda.

Orol Normatov Ozbekiston Fanlar akademiyasining Ozbek tili, adabiyoti va folklori institutining doktoranti. Garchi bu yorug olamni kora olmasa-da, borliqni qalb kozi bilan anglayotgan bu yigit xalqimiz manaviyatining azaliy va abadiy mezonlari mujassam xalq ogzaki ijodini, davlatimiz rahbari tabiri bilan aytganda, insoniyatning bolalik qoshigi bolgan folklor sanati ilmini zamon tafakkuri va qarashlariga uygun rivojlantirish yolida xizmat qilmoqda. 2-guruh nogironi bolgan Orol Normatov va uning oilasini kop bora qiynagan katta muammo uy-joy masalasi edi, xolos. Ijarama-ijara sarson-sargardon yurishlar ilm qilish nari tursin, oddiy mehnat faoliyatiga ham salbiy tasir korsatishi tayin. Shunda ham tinmay ijarama-ijara sargardon yurgani holda ham ezgulik rishtasini mahkam tutish, xalqimizning ming yillik milliy qiyofasi bolgan folklor sanatini saqlash qolish va rivojlantirish yolida xizmat qilish uchun inson qanchalik kuchli, qanchalik ruhan soglom bolishi kerakligini anglash qiyin emas. Shu bois Orol Normatov ozi va oilasiga Prezident sovgasi sifatida berilgan yangi uy quvonchini Vatan ichra mojaz vatanli bolish baxtini tariflab tugatolmaydi.

Savobli va xayrli amallar bir-biriga ulandi. Katta dasturxon yozilib, Choshtepadagi yangi massivda ilk iftorlik otkazildi. Dasturxonga osh tortildi. Imkoniyati cheklangan fuqarolar va ularning oilalariga esdalik sovgalari topshirildi.

Yangi xonadonlar egalariga ezgu niyatlarini ulashish uchun kelgan nuroniylar duosi, ezgu niyat va orzularning esa oq tomiri bitta: bu buyuk va muqaddas Vatanda hech kim etibor va gamxorlikdan benasib emas. Bugun mamlakatimizdagi katta ozgarishlar pallasida har qancha ogir, murakkab va mashaqqatli bolmasin, muqim boshpanasiga ega bolmagan, ayniqsa, mehnatga layoqati cheklangan va nogironligi bolgan odamlarning uy-joy taminoti bilan bogliq muammolari kompleks hal qilinayotgani yuzlab oilalar, minglab insonlar qalbiga ezgulik, gozallik va mehr nihollarini qadamoqda. Shunda tarix sinovlaridan otgan osha mashhur hikmat ong-qalbimizda jarang sochgandek boladi: xalq uyli bolyaptimi, demak, hammasi joyida.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: