O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31 1
04.06.2019

SALOMATLIGIMIZ OZ QOLIMIZDA

Yoki sog‘lom turmush tarziga amal qilmaslik kasalliklarga sabab bolishi haqida

Statistik ma’lumotlarga kora, deyarli har ikki ayoldan birining hayotida hech bolmaganda bir marta peshob yollari infeksiyasi kasalligi uchrab turadi. Kopincha sistit yoki piyelonefrit korinishida kechadi.

Qovuqda yalliglanishga sababchi bolgan bakteriyalarning kopi ichaklarda yashaydi. Ammo peshob chiqarish kanali tashqi teshigining anatomik jihatdan qovuqqa yaqin joylashuvi tufayli bakteriyalar qovuq ichiga kirib, u yerda yalliglanishni keltirib chiqaradi. Shu orinda aytish joiz, qovuqqa infeksiya tushishiga shamollash yoki shaxsiy gigiyena qoidalarining buzilishi sabab boladi.

Mazkur kasallikning alomatlari kuzatilganda suyuqlik ichishni kopaytirish zarur. Ayniqsa, mors yoki otlardan damlamalar tayyorlab ichilsa yana ham yaxshi boladi. Suyuqlik qanchalik kop chiqib ketsa, bemor infeksiyadan shunchalik tez forig boladi.

Qovuq sohasida quruq issiqdan foydalanish mumkin. Lekin shifokor bilan albatta maslahatlashgan maqul. Dori vositalarini qabul qilishdan oldin ham urolog yoki terapevtga murojaat qilish talab etiladi. Davo uchun preparatlarning miqdori va qollash tartibini shifokor belgilaydi. Sistitning alomatlari odatda, 2-3 kunda yoqoladi, butunlay sogayish 5 kunda kuzatiladi.

Sistit vaqtida davolnmasa piyelonefrit rivojlanishi xavfi yuzaga keladi. Bunda infeksiya yuqoriga kotarilish yoli bilan buyraklarga tarqaladi. Tana haroratining kotarilishi hamda bel sohasidagi ogriqlar piyelonefritning oziga xos belgilari hisoblanadi.

Bu orinda darhol shifokorga murojaat qilish kerak. Bazan, hatto urologiya bolimida davolanish zarur boladi.

Shu orinda diqqatingizni muhim bir masalaga qaratmoqchiman. Turli dori vositalarini oz bilganicha qollash bemorlarning ahvoli yanada ogirlashishiga olib keladi.

Inson tanasi Ollohning marhamati bilan benuqson, mukammal yaratilgan. Biz juda kop kasalliklarni paydo bolishi va surunkali davom etishiga ozimiz sababchi bolamiz. Eng avvalo soglom turmush tarziga amal qilish, togri ovqatlanish, sport bilan shugullanish natijasida juda kop kasalliklarni bartaraf etsa boladi. Unutmang, salomatligimiz avvalo oz qolimizda.

Sobir BABATAYEV,

1-Respublika klinik shifoxonasining oliy toifali shifokor-urologi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: