O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
04.06.2019

YASHIL IQLIM JAMGARMASI IQLIM OZGARISHLARI OLDINI OLISHGA YORDAM BERADI

O‘zbekiston Milliy matbuot anjumanida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi «Yashil iqlim jamgarmasi bilan hamkorlikni rivojlantirish» mavzuida matbuot anjumani va davra suhbati otkazdi. Tadbirda respublika vazirlik va idoralari vakillari, olimlar va jurnalistlar ishtirok etdi.

Ma’lumki, iqlim ozgarishi zamonamizning eng global tahdidlaridan biriga aylangan. Jahon meteorologiya tashkiloti malumotlariga kora, kuzatuvlar tarixidagi eng iliq 20 yil songgi 22 yilga, eng issiq tort yil esa oxirgi tort yilga togri kelgan. Iqlim ozgarishining boshqa faol belgilarini ham kuzatish mumkin. Dengiz sathining kotarilishi, muzliklarning erishi, yer kurrasining barcha mintaqalarida kuzatilayotgan ekstremal meteorologik hodisalar (suv toshqini, qurgoqchilik va boshqalar) bunga dalildir.

Ozbekistonda ham otgan asrning ortalaridan iqlimning muntazam isib borishi kuzatilmoqda va har 10 yilda ortacha yillik harorat +0,29 darajaga oshib bormoqda.

– Yashil iqlim jamgarmasi (YaIJ) global miqyosdagi tashabbus bolib, u kam-uglerodli va iqlimiy barqaror rivojlanishni moliyalashtirish orqali iqlim ozarishi masalalarini hal etishga qaratilgan. Jamgarma rivojlanayotgan mamlakatlarda issiqxona gazlari ajratmalarini qisqartirishga hamda himoyaga muhtoj hamjamiyatlarning iqlim ozgarishining muqarrar oqibatlariga moslashishiga yordam berish maqsadida 2010 yil Kankun shahrida 194 mamlakat hukumatlari tomonidan tashkil etilgan. Bosh qarorgohi Koreyaning Songdo shahrida joylashgan. Ozbekistonda YaIJ bilash ishlash uchun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi vakolatli organ hisoblanadi.

Matbuot anjumanida YaIJga taqdim etish uchun 3 ta loyiha tayyorlangani, bular milliy moslashish rejasini ishlab chiqish, qishloq xojaligini agrometeorologik taminlash va iqlimga bogliq tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish masalalari bilan bogliqligi aytildi. Shuningdek, YaIJ bilan hamkorlik, YaIJ mablagini olish uchun loyihaviy takliflar ishlab chiqishda milliy tashkilotlarga komak berish, iqlim ozgarishlarining salbiy oqibatlarini yengillashtirish hamda iqlim ozgarishiga moslashish boyicha xalqaro tajriba va mavzuga oid boshqa masalalar muhokama etildi.

Munozaralar davomida ishtirokchilar fikr almashib, OAV vakillari savollariga javob olishdi.

Dildora YOLDOSHEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: