O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
04.06.2019

TUPROQ SOGLOM BOLSA, INSON HAM SOGLOM BOLADI

Bugungi kunda respublikamizda irrigatsiya (sug‘orish) eroziyasini kamaytirish orqali tuproq unumdorligini saqlash, aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bolgan ehtiyoji va xavfsizligini ta’minlash maqsadida, qishloq xojaligi ekinlaridan mol va sifatli hosil yetishtirishda mintaqalarning tuproq-iqlim sharoitiga mos yangi navlarni yaratish, eroziya jarayonlarining oldini oluvchi resurs tejamkor agrotexnologiyalarni keng joriy qilishga alohida etibor qaratish talab etiladi.

Prezidentimizning 2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boyicha Harakatlar strategiyasida qishloq xojaligida ishlab chiqarishni izchil rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ishlab chiqarish sohasiga intensiv usullarni, eng avvalo, eroziya jarayonlarining oldini oluvchi, tuproq unumdorligini oshiruvchi zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etishga alohida etibor qaratilgan. Shuningdek, mamlakatni oziq-ovqat xavfsizligini taminlash togrisidagi Prezident farmonida ham muhim strategik vazifalardan biri sifatida belgilab berilgan.

Hozirgi kunda BMTning oziq-ovqat va qishloq xojaligi bolimi (FAO) malumotlariga qaraganda, dunyo boyicha degradatsiyaga uchragan yerlar 1964,4 million gektarni tashkil etadi, shundan suv eroziyasi tasirida 55,7 foiz, shamol eroziyasi tasirida 27,9 foiz, tuproqda ozuqa moddalari miqdorining kamayishi, shorlanish, ifloslanish jarayonlari tufayli 12,2 foiz yerlarning holati yomonlashgan.

Degradatsiya jarayonlari natijasida har yili 6-7 million gektar yer maydonlari qishloq xojaligi foydalanuvidan chiqib ketmoqda. Yer va suv resurslarining kuchayib borayotgan degradatsiyasi butun jahonning asosiy oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasiga salbiy tahdid qilmoqda. Mazkur vaziyat 2050 yilga borib 9 milliard kishini tashkil etishi kutilayotgan butun jahon aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan taminlash imkoniyatlarini chegaralab qoyish ehtimoli borligi aytilmoqda.

Hozir dunyo boyicha 1,094 million gektar yoki 56 foiz maydon irrigatsiya (sugorish) eroziyasiga uchragan. Degradatsiyaga uchragan maydonlarning asosiy qismi Osiyo, Afrika, Janubiy Amerika davlatlariga togri keladi.

Ozbekistonning sugoriladigan hududlarida irrigatsiya eroziyasiga 850,6 ming gektar va shu hududda 30 ming gektar maydon jarlik eroziyasiga chalingan bolsa, lalmikor yerlarning 746,8 ming gektari har xil darajada yuza suv eroziyasiga uchragan.

Malumotlarga kora, Samarqand viloyatining jami yer maydoni 1677,4 ming gektarni tashkil etib, shundan sugoriladigan yerlarning 129,1 ming gektari turli darajada eroziyaga uchragan. Olib borilgan tadqiqotlar shuni korsatmoqdaki, tuproqning yuvilish darajasining ortishi, sugoriladigan maydonlarda yetishtiriladigan ekinlar hosildorligining kamayishiga olib keladi. Jumladan, kam yuvilgan maydonlarda hosildorlik 10-20 foizga, ortacha yuvilganda 20-40, kuchli yuvilganda 40-60 va juda kuchli yuvilgan dalalarda esa 60-80 foizga pasayadi. Sugorish eroziyasi tufayli sugorma dehqonchilik qilinadigan tipik boz tuproqlarning har bir gektaridan, bir vegetatsiya davrida 150-200 tonnagacha tuproq va u bilan birgalikda 600-700 kilogramm gumus, 100-120 kilogramm azot, 150-160 kilogramm fosfor, 210 kilogramm kaliy elementlari ham yuvilib ketadi.

Shuning uchun ham, respublikamiz aholi soni ortib borishini hisobga olgan holda har bir kishi boshiga togri keladigan qishloq xojalik mahsulotlari hajmini kamaytirmasdan, balki oshirib borish, aholini oziq-ovqat xavfsizligini taminlash uchun har bir gektar yerdan olinadigan hosildorlikni kopaytirish — eng asosiy vazifalarimizdan biri hisoblanadi. Ayniqsa, sugoriladigan yerlarning ekologik holatini yaxshilash, tuproq unumdorligini saqlash qishloq xojaligi ekinlari hosildorligi va sifatini oshirish bilan aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bolgan ehtiyojlarini qondirish imkoniyati yaratiladi.

Tuproq rizq-rozimiz manbai bolganligi sababli, u bitmas-tuganmas bebaho xazinadir. Keyingi yillarda ekinlar hosildorligi keskin pasayib ketdi, tuproq unumdorligi kamayib borish jarayoni davom etmoqda. Xalqimizda yer taqdiri el taqdiri degan gap bor. Yer elni boyitadi, el ham yerni saqlashi, avaylab-asrashi va boyitib borishi kerak. Bu gap kopincha dehqonchilik bilan shugullanadigan fermerlarimizga taalluqlidek tuyilsa-da, aslida hammamizga birdek daxldordir.

Bugungi kunda «tuproq unumdorligini oshirish» iborasi orniga tuproqni soglomlashtirish iborasini ishlatish joiz. Tibbiyotdan malumki, tuproqning tarkibida ayrim makro va mikroelementlarning yetishmasligidan insonlarda turli kasalliklar kelib chiqadi. Masalan, tuproq tarkibida kalsiy yetishmasa, suyak va asab, yod yetishmasa, boqoq, temir yetishmasa, kamqonlik va boshqa kasalliklar kelib chiqadi. Demak, biz insoniyatni soglomlashtirishimiz uchun avvalo tuproqni soglomlashtirishimiz zarur. Xosh, tuproqni qaysi yollar bilan soglomlashtirish imkoniyatlari mavjud, uning unumdorligi deganda nimani tushunish kerak?

Unumdorlik deganda tuproqning osimliklarni osishi va rivojlanishi, hosil berishi uchun zarur ozuq elementlar, suv bilan taminlash qobiliyati tushuniladi. Shuningdek, osimliklarning ildiz qismlarini yetarli miqdorda havo, issiqlik va qulay fizik-kimyoviy muhit va boshqa barcha shart-sharoitlar bilan taminlash ham tuproq unumdorligining zimmasiga tushadi. Birinchi navbatda unumdorlikni oshirish uchun tuproqning tarkibida organik modda, yani gumusning miqdorini oshirish zarur. Buning birdan-bir manbai ekin maydonlariga har 3-4 yilda bir marta kuzgi shudgordan oldin gektariga 25-30 tonna yarim chirigan gong solib, yer haydaladi.

Mamlakatimizda bugungi kunda kop tarmoqli fermer xojaliklarini tashkil etishga katta etibor berilmoqda. Chorvasi bor fermer dalasini gong bilan taminlash imkoniyatiga ega boladi. Shu bilan birga, yerni soglomlashtiradigan ikkinchi masala almashlab ekishni yolga qoyishdir. Beda eng yaxshi almashlab ekish ekini hamda tuproqning sugorish eroziyasining oldini oladigan ekin bolib, uni tuproqning shifokori deyish orinli. Tuproqqa organik ogit berish imkoniyatlari quyidagilardan iborat. Agar fermer dalasiga gektariga 30 tonna gong solganda, ortacha 300 kilogramm azot, 150 kilogramm fosfor, 450 kilogramm kaliy, 240 kilogramm kalsiy, shuningdek, temir 2,5 kilogramm, bor 240-300 kilogramm, marganets 3 kilogramm, kobalt 15,6 kilogramm, mis 2,3 kilogramm, rux 1,5 kilogramm, molibden 30 gramm kabi mikroelementlar tuproqqa kelib tushadi. Ushbu tadbirni qollash orqali biz tuproqni soglomlashtiramiz, tuproq osimliklarni soglomlashtiradi, osimliklar esa oz navbatida insoniyatni soglomlashtiradi. Tuproqni soglomlashtirishning yana bitta yoli sugorish eroziyasining oldini olishdir. Sugorish eroziyasi deganda tuproqning ustki unumdor qatlamining notogri sugorish natijasida yuvilib ketishidir. Bu oz navbatida tuproqni yillar davomida oriqlatib kasallantiradi. Bu kasallikning davosi esa bugungi kunda keng joriy etilayotgan tomchilatib sugorishga otishdir.

Tomchilatib sugorish natijasida 40-50 foizgacha suv tejaladi, suvni filtratsiyasi va buglanishi kamayadi, daladan oqava suv chiqmaydi, tuproq zichlashib ketmaydi. Eng muhimi, sugorish eroziyasining oldi olinadi, ogitlarni tuproqqa suv bilan berish orqali ogitlarning samaradorligi 25-30 foizga oshadi, har qanday notekis joylarda ham qollab, hosildorlikni 50 foizgacha oshirish imkoniyatlari paydo boladi.

Tomchilatib sugorish bogdorchilikda, sabzavotchilikda, paxtachilikda muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. 2018 yilda Ishtixon tumanidagi Ishtixon nurli davr fermer xojaligi tomonidan tomchilatib sugorish texnologiyasi asosida paxta yetishtirilganda hosildorlik gektariga 29 sentnerdan 45 sentnerga oshgan. Oddiy usulda sugorishga nisbatan tomchilatib sugorilganda har gektaridan 5 million somdan ziyod sof daromad olingan. 2019 yilda Samarqand viloyatida paxtachilikda 3400 gektar maydonda tomchilatib sugorishni joriy qilish rejalashtirilgan. Ushbu yangi agrotexnologiyaning qollanilishining ozi ham tuproqni soglomlashtiradigan asosiy tadbirlardan biri hisoblanadi.

Qadimdan ham bizning ota-bobolarimiz dukkakli ekinlarni sevib istemol qilgan. Bu ekinlar qatoriga qimmatli oqsil va moyga boy bolgan soya osimligi ham kirib keldi va katta maydonlarga ekilmoqda. Bu mahsulotlar insonning oqsil va mikroelementlarga bolgan talabini qondirishda asosiy rol oynaydi. Bundan tashqari, dukkakli osimliklar har gektar tuproqqa ortacha 250-400 kilogramm sof biologik azotni toplab uni soglomlashtirishga xizmat qiladi. Demak, oqsilga boy dukkakli osimliklar tuproqni ham, osimlikni ham, insoniyatni ham davolashga birdek xizmat qiladigan ekindir.

Xulosa qilib aytganda, tiriklik va tirikchilik manbai bolgan ona tuproqni avaylash-asrab, uni muhofaza qilish, undan oqilona va samarali foydalanish bugungi kunning eng dolzarb masalasidir. Respublikamizda oziq-ovqat xavfsizligini taminlash, kelajak avlodlarimizga soglom, unumdor tuproqni qoldirish hammamizning burchimizdir. Tuproqni soglomlashtirish bu insoniyatni soglomlashtirish bilan barobar qiymatga ega bolgan eng ezgu ishdir. Bu borada yerlardan samarali foydalanish, tuproq unumdorligini saqlash, qayta tiklash va oshirish boyicha yuqorida takidlab otilgan tadbir va tavsiyalarni amalga oshirish muhim ahamiyatga ega.

Shodi XOLIQULOV,

Mingjigit ABDURAHIMOV,

Samarqand davlat universiteti professorlari.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: