O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
04.06.2019

TIBBIYOTNING TARAQQIYOTI KIMLARGA VA NIMALARGA BOGLIQ?

Milliy matbuot markazida Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan «Tibbiy ta’limdagi islohotlar — tibbiyot sohasining taraqqiyot mezonlaridan biri» mavzuida matbuot anjumani otkazildi.

Tadbirda Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan sogliqni saqlash tizimini tubdan isloh etish, xalqimizga tibbiy yordam korsatish ishlarini xalqaro darajaga olib chiqish borasida keng kolamli islohotlar amalga oshirilayotganligi, xususan tibbiyotning birlamchi tizimidan tortib, ixtisoslashgan markazlarida yangi texnologiyalar tatbiq etilayotgani hamda dunyo ilm-fani va tibbiyot yutuqlaridan keng foydalanilib kelinayotgani takidlandi.

Prezidentimizning 2019 yil 6 maydagi Tibbiyot va farmatsevtika talimi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari togrisidagi qarori tibbiy talim tizimini yangi bosqichga kotarish, sohada yechimini kutayotgan ustuvor vazifalarni ijro etishda muhim huquqiy asos bolib xizmat qilmoqda, dedi Sogliqni saqlash vaziri orinbosari Elmira Basitxonova. Ushbu hujjat bilan tibbiyot oliy talim muassasalarida 2019/2020 oquv yilidan klinik psixologiya, biotibbiyot muhandisligi, dori vositalarini standartlash, sertifikatlash va sifat menejmenti kabi bir qator yangi talim yunalishlar ochiladi. Shuningdek, endilikda tibbiyot kollejlarida ham oqitish muddatlari 3 yildan 2 yilga qisqartirilib, feldsher-laboratoriya ishi, feldsherlik ishi va tibbiy-ijtimoiy ishi kabi yangi talim yonalishlarida malakali orta tibbiyot kadrlar tayyorlanadi. Yana shuni aytish mumkinki, bugungi tadbirimizda 53-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida Toshkent pediatriya instituti qoshidagi akademik litsey oquvchilari qatnashib, faxrli orinlarni, yani oltin, kumush va bronza medallarini qolga kiritishgan. Ular bilan biz, ota-onalari faxrlanadi. Ular bundan keyin ham xalqaro olimpiadalarda ishtirok etib, Vatanimiz bayrogini balandlarga kotarishiga ishonamiz...

2019/2020 oquv yilidan boshlab, respublikamizning tibbiyot oliy talim muassasasalari va filiallarida Rossiya, Germaniya, Koreya Respublikasi, Turkiya, Hindiston kabi xorijiy davlatlarning 20 dan ortiq bakalavriat, magistratura va klinik ordinatura mutaxassisliklari boyicha qoshma dastur asosida xalqaro fakultetlar hamda yangi oquv yilidan Rossiyaning N.I. Priogova nomidagi Rossiya tibbiyot universiteti filialini tashkil etish rejalashtirilgan, dedi Vazirlikning fan va talim bosh boshqarmasi boshligi Oktam Ismailov. Shuningdek, 2019/2022 yillarda Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti va tibbiyot oliy talim muassasalarida bosqichma-bosqich oquv-simulyatsion markazlar tashkil etish hamda 2020 yildan boshlab, har yili tibbiyot oliy talim muassasalari talabalari va tibbiyot kollejlarining oquvchilari orasida klinik fanlar boyicha Ibn Sino nomidagi xalqaro tibbiyot olimpiadalari, shu bilan birga yosh olimlar orasida Ibn Sino nomidagi xalqaro ilmiy tanlovlar otkaziladi. Bundan tashqari, bugungi kunda respublikamizda tibbiyot sohasi uchun 7 oliy tibbiy talim muassasasi hamda ularning 4 filialida malakali kadrlar tayyorlanmoqda. Jumladan, otgan yili Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filiali ochilishi, Fargona filialida qabul jarayonining qayta tiklanishi hududlardagi tibbiyot muassasalarini malakali kadrlar bilan taminlash imkoniyatlarini kengaytirdi.

Shu taqlid talimdagi islohotlar, tibbiyot sohasining taraqqiyoti haqidagi maruzalar tugab, jurnalistlar ozlarini qiziqtirgan savollarini birin-ketin bera boshladi.

Men vazir orinbosariga quyidagicha savol bilan murojaat qildim.

Ozingiz takidlaganingizdek, xalqaro fan olimpiadalarida akademik litsey oquvchilari ham qatnashib, ozining aqli va bilimi bilan koplab davlatlar orasidan faxrli orinlarga sazovor bolib, yurtimiz bayrogini balandlarga kotarishmoqda. Bu kabi yutuqlarni sportchilarimizda ham korishimiz mumkin. Ularning bu yutuqlari munosib taqdirlanadi va ular nufuzli musobaqalarda yurtimiz bayrogini yanada balandlarga kotarishga bor shijoati bilan harakat qilishadi. Ularni ana shunday ozgina etibor, ozgina ragbat yanada ruhlantiradi. Togri, Prezidentimizning 2019 yil 3 maydagi Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari togrisidagi qarorida xalqaro olimpiadalar goliblari va ularning oqituvchilari eng kam oylik ish haqining quyidagi miqdorlarida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanishi belgilangan. Unga muvofiq, 1-orin (oltin medal) uchun – 500, oqituvchisiga 450 baravari; 2-orin (kumush medal) uchun 300, oqituvchisiga 250 baravari; 3-orin (bronza medal) uchun 200, oqituvchisiga 150 baravarligi korsatib otilgan.

Men nima demoqchiman, 53-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida yurtimiz akademik litsey oquvchilari faxrli orinlarni egallagani munosabati bilan oquvchilarni ragbatlantirish borasida vazirlik biror chora rejalashtirganmi?

Siz sport bilan ilm ortasida farq borligini, yani ikkalasi boshqa-boshqa yonalish ekanini yaxshi tushinasiz, deb oylayman. Ozingizga yaxshi malumki, sportchilarimizning xalqaro sport musobaqalarda qolga kiritgan yutuqlari uchun ularga kvartira yoki avtomobil beriladi. Agarda shuni nazarda tutayotgan bolsangiz, biz bu xalqaro olimpiadalarda faxrli orinlarni qolga kiritgan oquvchilarga avtomobil yoki kvartira bera olmaymiz. Bundan tashqari, ular hali ilm yonalishida kop yutuqlarga erishadi. Chunki, boya aytganimdek, sportdan farqli olaroq ilm yonalishi davomli hisoblanadi. Yana shuni aytishim mumkinki, xalqaro olimpiadalarda litsey oquvchilarining qatnashishi hamda ular oltin, kumush va bronza medallarini qolga kiritishining ozi ular uchun ragbat ekanligini yaxshi tushinib olishlari kerak. Bundan ularning ota-onalari, ustozlari ham juda xursand bolishgan va faxrlanishgan. Qolaversa, ularning mana shunday matbuot anjumanlariga taklif qilinishi ham ragbat hisoblanadi...

Togri, sport bilan ilm ortasida katta farq bor. Ammo har ikkalasi ham Vatan shanini himoya etadi. Lekin sportda osmirlar, yoshlar terma jamoalari muvaffaqiyatga erishsa, alohida ragbatlantiriladi. Fan, musiqa sohalarida esa xalqaro tanlovlardagi galabalar biroz kamtarona nishonlanadi. Ehtimol, ular qaysi xalqaro olimpiadalarda goliblikni qolga kiritsa, oliy oquv yurtlariga oqishga kirishida imtiyozga ega bolishini aniq belgilab qoyish kerakdir. Har holda ragbat qancha yuqori bolsa, kishi shuncha ruhlanadi, shunga yarasha intiladi. Bir soz bilan aytganda, tibbiyot sohasi taraqqiyoti ham aynan istedodli yoshlarga bogliq, deb oylaymiz.

Toshtemir XUDOYQULOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: