O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
04.06.2019

XOLISLIK, HAQQONIYLIK, HALOLLIK

Bugungi hayotda ommaviy axborot vositalari xodimlaridan shunday faoliyat yuritish talab etiladi

Hayot shiddat bilan o‘zgarib bormoqda. Kechagi yangilik bugun eskiryapti, tezkorlik birinchi oringa chiqdi. Bugungi axborot davrida jurnalistning eng muhim vazifasi aholiga axborotni tez va xolis yetkazishdir. Axborotni tanlash, tayyorlash, aholiga yetkazishda xatoga yol qoymaslik, birinchidan, jurnalist bilimi, malakasiga bogliq. Ikkinchidan, OAV faoliyati, jurnalist erkinligi, haq-huquqlarini tartibga soladigan qonunlarga bogliq. Bu masalalarda mamlakatimizda yutuqlar bilan birga muammolar ham oz emas.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan otkazilgan «OAV sohasida milliy qonunchilikni yanada takomillashtirishning dolzarb masalalari» mavzuidagi konferensiyada shular haqida batafsil soz yuritildi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va senatorlar, davlat hamda xojalik boshqaruvi organlarining rahbarlari, mas’ul xodimlari, shuningdek, xorijiy tashkilotlar, diplomatik korpus vakillari, jurnalistlar ishtirok etdi.

— Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimizda axborot va soz erkinligini taminlash, mamlakat media-bozorini rivojlantirish orqali ommaviy axborot vositalarini tom manodagi tortinchi hokimiyat darajasiga yetkazish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini taminlash borasida keng kolamli islohotlar amalga oshirilmoqda, dedi Agentlik direktori Komiljon Allamjonov. Buni keyingi ikki yil mobaynida respublikamizda ommaviy axborot vositalari va jurnalistlarning samarali hamda erkin faoliyat yuritishlarini taminlashga yonaltirilgan bir qator qonun hujjatlari qabul qilinganida ham korish mumkin.

Prezidentimizning joriy yil 2 fevraldagi Axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni yanada rivojlantirishga oid qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi farmoniga muvofiq, Ozbekiston matbuot va axborot agentligi negizida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tashkil etildi.

Agentlik zimmasiga Ozbekiston Respublikasining axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish borasida alohida maqom hamda vakolat berildi. Xususan, fuqarolarning soz va axborot erkinligiga doir konstitutsiyaviy huquqlarini taminlash, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish, media-bozorda mulkchilik shaklidan qati nazar, barcha turdagi OAV uchun teng sharoit yaratish va albatta, jurnalistlar huquqlarini himoya qilish singari dolzarb masalalar Agentlikning asosiy vazifasi sifatida belgilandi.

Agentlik tomonidan ushbu vazifalar, 2019-2020 yillarda Ozbekiston Respublikasi axborot va ommaviy kommunikatsiyalarni yanada rivojlantirish dasturi ijrosini taminlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, otgan davr mobaynida xalqaro reytinglarda soz erkinligi va OAV faoliyati boyicha mamlakatimizning mavqeini yaxshilash, media-ombudsman lavozimini joriy etish, sud organlari va jurnalistlar ortasida izchil hamkorlikni ornatishga qaratilgan normativ-huquqiy huquqiy hujjatlar loyihalari tayyorlandi.

Har bir kishi va har qanday ommaviy axborot vositasi axborotni izlash, olish va uni tarqatishda yaratib berilgan erkinlik va imkoniyatdan togri foydalangan holda, axborot sohasiga oid qonun hujjatlariga rioya etish masuliyatini ham unutmasligini eslatib otamiz.

Bugungi kunda mamlakatimizda keng kolamli ozgarishlar, xalqning munosib hayot kechirishiga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va demokratik islohotlar jadal amalga oshirilmoqda, dedi Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori orinbosari Saida Mirziyoyeva. Bu ozgarishlar mazmun-mohiyatini xalqimizga, keng jamoatchilikka va dunyo hamjamiyatiga xolis, ishonchli, tezkor va tolaqonli yetkazib berishda, shak-shubhasiz, ommaviy axborot vositalari, ayniqsa, davlat axborot xizmatlarining samarali faoliyati muhim ahamiyatga ega.

Malumki, axborot xizmatlari davlat organlari va fuqarolar ortasidagi muloqotni amalga oshirishda ozaro boglab turuvchi koprik vazifasini bajaradi. Xalq bilan davlat ortasidagi ozaro muloqot qanchalik yaxshi taminlansa, aholining davlat organlariga bolgan ishonchi va hurmati shunchalik ortadi.

Shu orinda nima uchun matbuot amalda tortinchi hokimiyat darajasiga kotarila olmayapti, degan savolga, kop omillar qatori vazirlik va idora rahbarlarining matbuot kotibi yoki axborot xizmatlariga nisbatan etiborsiz munosabatini asosiy sabab qilib korsatish mumkin.

Bu holatlarga barham berish maqsadida joriy yilning fevral oyida Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni yanada rivojlantirishga oid qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi farmoni qabul qilindi.

Agentlik zimmasiga yana bir muhim davlat va xojalik boshqaruvi organlarining axborot xizmatlari faoliyatini yanada rivojlantirish va bu boradagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish vazifasi ham yuklatilgan.

Otkazilgan tahlillar va organishlar shuni korsatmoqdaki, ushbu sohada eng asosiy muammo bugungi kunda yagona davlat axborot siyosati togrisidagi konseptual hujjatning mavjud emasligidir.

Hozir ushbu hujjat tayyorlanmoqda. Ammo uni amalga oshiruvchi axborot xizmatlarining faoliyati bugungi islohotlar talabiga javob beradimi? Ular ishini yanada faollashtirish va takomillashtirish uchun nimalar tosiq bolmoqda? Bu savollar dolzarb bolib qolmoqda.

Afsuski, ularning ish yuritish tartibi, axborot tarqatish usul va mexanizmlari zamon talablariga mutlaqo mos emas, desak xato bolmaydi.

Yana bir eng asosiy masalaga etiboringizni qaratishni istar edim. Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklarida axborot xizmatlari faoliyati deyarli olib borilmayapti. Ish hajmlarining kopligi va qoshimcha topshiriqlar bilan bandligi sababli axborot xizmatlari faoliyati qoniqarsiz ahvolda qolib ketmoqda.

Bundan tashqari, 10 dan ortiq respublika darajasidagi davlat tashkilotlarida hamda 200 ga yaqin tuman va shahar hokimliklarida haligacha axborot xizmatlari faoliyati tashkil etilmagan. Umuman olganda, davlat tashkilotlarida axborot xizmatlariga yetarlicha shtat birliklari ajratilmagani sababli ishlar nihoyatda sust olib borilmoqda, ularning mavqei hanuz pastligicha qolmoqda.

Kopgina davlat organlarining rahbarlari ushbu muhim masalaga jiddiy etibor qaratmayapti, axborot xizmatlarining moddiy-texnik bazasi yaratilmagan, shtatlar malakali mutaxassislar bilan toldirilmagan.

Qolaversa, Prezident yoki Hukumat tomonidan qabul qilinayotgan farmon va qarorlar, dolzarb tashabbuslar hamda dasturlarning asosiy mohiyati va tafsilotlari aholiga tolaqonli yetkazib berilmayapti, xorijda ham tahliliy jihatdan yetarlicha yoritilmayapti.

Agar har qaysi davlat organlari rahbarlari oz ishi samaradorligini taminlamoqchi bolsa, albatta, birinchi galda ommaviy axborot vositalari vakillari bilan faol muloqot qilishi talab etiladi. Buning uchun axborot xizmatlari ishini tubdan takomillashtirish lozim.

Axborot xizmatlari rahbarlari va xodimlari malakasini muntazam oshirib borish, ularga sohaga oid zamonaviy tendensiyalar va bilimlarni yetkazib berish maqsadida Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida har ikki yilda kamida bir marotaba malaka oshirish kurslarida oquvlarini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Bir soz bilan aytganda, ushbu ishlarning ijrosi ochiq va adolatli demokratik jamiyatda aholining axborot maydonidagi faolligini, siyosiy va huquqiy bilimlarini oshirishga xizmat qiladi.

Konferensiyada mavzuga oid qator maruzalar tinglandi. Jumladan, Mintaqaviy muloqot xalqaro nodavlat tashkiloti filiali (Sloveniya)ning Ozbekistondagi mintaqaviy idorasi rahbari Petra Goryup Davlat organlarining ommaviy axborot vositalari bilan hamkorligi: Yevropa mamlakatlari tajribasi, Ochiq malumotlar kompaniyasi (Ukraina) direktori Andrey Xorsev va boshqalarning OAV faoliyatiga oid maruzalari ham tadbir ishtirokchilari uchun qiziqarli boldi. Bahs-munozaralarda takliflar aytildi, muammolar kotarildi, ularning yechimi boyicha tavsiyalar berildi.

Ommaviy axborot vositalari faoliyati boyicha 10 ta qonun bor. Biroq, ularga sharh yozilmagan, dedi Oliy sud matbuot xizmati rahbari vazifasini bajaruvchi Olimjon Osarov. Bugun ana shu qonunlarga sharh yozishning fursati yetdi. Qolaversa, qonunchilikda bir-birini takrorlaydigan normalar bor. Sudlardan axborot olishning aniq mexanizmi yoq. Sohaga doir yuzga yaqin qonunosti hujjat ham mavjud. Taklifim shuki, ommaviy axborot vositalari sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish maqsadida Axborot kodeksini tayyorlash kerak.

Shuningdek, senator Svetlana Ortiqova matbuot xizmati xodimlari va jurnalistlar klubini tashkil etish haqida taklif bildirdi.

Konferensiyaning ikkinchi qismida Ozbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Sadulla Hakimov Ozbekiston jurnalistlarining kasb etikasi kodeksi loyihasi haqida ham batafsil malumot berib, ushbu kodeks mazmun-mohiyati, maqsadi haqida toxtaldi.

Bugun jurnalistlar uchun axborot maydoni ochiq. U axborotni odamlarga xolis, haqqoniy yetkazishi kerak. Konferensiyada bu fikr qayta-qayta aytildi. Jurnalist bilimi hamda malakasini, masuliyatini oshirish borasida hali kop ish qilinishi kerak. Bildirilgan fikr-mulohazalar, taklif va tavsiyalar mamlakatimizda soz hamda axborot erkinligini taminlashga, jurnalistlar mavqeini kotarishga, aholiga xolis axborot yetkazishga xizmat qiladi.

Ravshan SHODIYEV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: